O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
3-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ
XO‟JALIGINI KREDITLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‟LLARI 51 3.1. Qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish bilan bog‟liq bo‟lgan muammolar Qishloq xo'jaligi sohasida o'tkazilgan moliyaviy iqtisodiy tahlillar qishloq tumanlari hayotida kuzatilayotgan bir qator kamchiliklarning mavjudligi bu hol quyidagi holatlar, ya'ni qishloq xo'jaligida shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslik holatlari yoki tuzilayotgan shartnomalar bir tomonning manfaati asosida tuzilganligi qishloq iqtisodiy islohotlarning ayrim yo'nalishlari, ya'ni qishloqda mini sanoatni rivojlantirish sust ketayotganligi, qishloq xo'jalik sub'ektlarida moliyaviy quvvatlardan foydalanish darajasi qoniqarsiz tashkil qilinganligi natijasida korxonalar o'rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari hajmining oshib borayotganligi; qishloq xo'jalik sohasida aylanma mablag`larning aylanishi talab darajasidan ancha past ekanligi,yangi tashkil etilayotgan kichik va o'rta biznes sub'ektlari, dehqon fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilish uchun boshlang`ich sarmoyaga bo'lgan ehtiyoj yuqori darajada ekanligi, qishloq xo'jaligi iqtisodiyotiga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning yagona dasturi ishlab chiqilmaganligi, qishloq xo'jalik sub'ektlarida ishlab chiqarishni bevosita harakatga keltiruvchi asosiy vositalar eskirganligi, ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imtiyozli kreditga bo'lgan talab tijorat banklari tomonidan qisman qanoatlantirilayotganligi ,tijorat banklarining kredit-moliya muassasalariga hos bo'lmagan vazifalarni bajarishi bilan izohlanadi. Rivojlangan mamlakatlar qishloq xo'jalik sohasiga xorijiy investitsiyani jalb qilishda investorlarga imtiyozlar berish usulidan foydalanadilar. Bizning mamlakatimizda ham turli xil imtiyozlar mavjud ammo investorlar kiritgan investitsiyalarini olib chiqib ketishda turli xil konvertatsion muammolarga duch kelmoqda. Investitsion jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish jarayonida chet el investitsiyalari to'g`risidagi qonun bilan birgalikda fuqarolik va bank huquqlari bir-birini to'ldirgan holatda qatnashadi. Bunda fuqarolik huquqi mulkiy masalalar olingan hom ashyo, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmat uchun 52 to'lanadigan to'lovni mulkchilik, iqtisodiy hamda shartnomaviy munosabatlar asosida huquqiy jihatdan tartibga solsa, bank huquqi va bevosita hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank operatsiyalariga taaluqli bo'lgan huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.. Qishloq xo'jalik iqtisodiyotini sog`lomlashtirishda asosiy muammolar quyidagilar bo`lib hisoblanadi: - o'zaro qarzlar muammosini hal etish; - mahsulot sifati va uning rentabelligini oshirish; - ichki va tashqi investitsiyani qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga jalb qilish; - kichik va o'rta biznes sub'ektlarida, shu jumladan qishloq xo'jalik sub'ektlarida boshlang`ich sarmoyalarning mavjudligini ta'minlash masalasini hal etish; - mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilagan mahsulotlarni eksportga yo'naltirish asosida qishloq xo'jaligi sohasini yangi texnika va ilg`or texnologiya bilan ta'minlash; - MDH mamlakatlariga qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotish to'g`risidagi shartnomalar asosida ular bilan tegishli to'lovlarni o'tkazish to'grisida davlatlararo bitimlarni tuzish va ularning ijrosini nazorat qilish; - qishloq xo'jalik sub'ektlari mablag`larini konvertatsiyalash masalasini hal etish; - qishloq xo'jalik sohasidagi xo'jalik sub'ektlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning davlat rejasidan ortig‟ini erkin narxlarda sotish mexanizmini yaratishdan iboratdir. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyotiga xorij investitsiyasini joriy qilishda ichki investitsiya imkoniyatlardan foydalanishning samarali mexanizmini ishlab chiqish orqali qishloq xo'jalik korxonalari to'lov qobiliyatini mustahkamlash asosida natijalarga erishish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida amaldagi fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash tizimini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni ta`minlash zarur hisoblanadi. Mahsulot yetishtirish xarajatlarini qoplash va aylanma mablag`larni to'ldirishni moliyalashtirish va kreditlash yo'nalishi bo'yicha: 53 - fermer va dehqon xo'jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanma mablag`larni to'ldirish uchun kreditlar asosan yetishtirilayotgan mahsulotni garovga qo'ygan holda 12-18 oy muddatga, imtiyozli foiz stavkalari asosida, qayta moliyalashtirish stavkalaridan yuqori bo'lmagan holda berilishini ta'minlash; - fermer va dehqon xo'jaliklarini o'z mablag`lari bilan bank mablag`larini sherikchilik asosida mahsulot ishlab chiqarishga yo'naltirish hamda kreditlarning ustama foizlarini mahsulot bilan olish orqali fermer xo'jaliklarini kreditga bo'lgan talabini qondirish uchun qishloq joylarda kredit uyushmalarini tashkil etishni rag`batlantirish; - davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirilishini va ushbu mablag`lardan fermerlarni erkin foydalanishini ta'minlash asosida qishloq xo'jalik korxonalari va ularga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilashni rag‟batlantirish. Asosiy vositalarni tiklash, texnika va asbob-uskunalar xarid qilish, qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishni kreditlar bilan ta'minlash yo'nalishi bo'yicha: - xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, fermer va dehqon xo'jaliklarini uzoq muddatga ijaraga va umrbod foydalanishga yer maydoniga bo'lgan ijara va egalik huquqini hamda mol-mulkini garovga qo'ygan holda uzoq muddatli maxsus kafolatlangan yillik foizlari pasaytirilgan (9-10 foiz) kreditlash mexanizmini joriy qilish zarur. Kafolatlangan kreditlar muddatlari - resurslar sotib olish uchun 8 yil, mashina-uskunalar, texnika sotib olish, ilg`or texnologiyalarni joriy qilish, asosiy vositalarni tiklash uchun 15 yil va ko'chmas mulk sotib olish yoki qurishga 30 yil qilib belgilanishi maqsadga muvofiq. Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash va irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini ta'mirlash uchun kredit resurslari ajratish yo'nalishi bo'yicha,: - fermer va dehqon xo'jaliklari yerlarini meliorativ holatini yaxshilashga va irrigatsiya-melioratsiya tizimlarini ta'mirlashga uzoq muddatli (12-15 yil), imtiyozli (8-10%) kreditlar ajratishni ta'minlash lozim. Kreditni qaytarish 54 muddatlarini yangi o'zlashtirilgan yerlar uchun 5-yildan, meliorativ holati yaxshilangan va irrigatsiya-melioratsiya tizimlari ta'mirlangan yerlar uchun 3- yildan boshlab belgilanishi maqsadga muvofiq; 31 - yerlarning unumdorligini oshirishga yo'naltirilayotgan xorijiy investitsiyalar va uzoq muddatli kredit resurslarini fermer xo'jaliklariga to'g`ridan- to'g`ri jalb etish tizimini samarali tashkil etish lozim. Fermer xo'jaliklarni barqaror rivojlantirishga respublikamiz hukumati tomonidan alohida e`tibor berib kelindi va bir qator muhim qaror va farmonlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. . Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling