Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi»
I. MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 73.22 Kb.
|
Bank ishi Malakaviy amaliyot UK (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TASH VA HISOBOTINI TAYYORLASH
I. MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Malakaviy amaliyotni oʻtkazishdan asosiy maqsad talabalarning mutaxassislik fanlaridan, jumladan “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” fanidan oʻqish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va zamonga mos holda rivojlantirishdir. Shu bilan birga bank amaliyotida boʻlayotgan eng oxirgi oʻzgarishlarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini, bank tizimiga oid me’yoriy hujjatlarni chuqur oʻrgangan holda Oʻzbekiston bank tizimining rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish amaliyot maqsadi boʻlib hisoblanadi. Respublikada bank infratuzilmalari kengayib borgan sari ularning mijozlari soni va shunga mos ravishda bajaradigan operatsiyalari koʻlami hamda soni koʻpayib boradi. Demak, bank operatsiyalarini jahon andozalari talablari asosida tez va toʻgʻri bajarish, mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun bank tizimining barcha tuzilmalari, bank boshqarmalari, filiallar, minibanklar uchun yetarli darajada malakali bank xodimlari talab etiladi. Ushbu amaliyot orqali talabalar banklarda xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish tartibi, hisobvaraqlar rejasini oʻrganish, kredit, kassa operatsiyalarining hisobi, valyuta oʻtkazmalari hisob-kitob shakllari va ular orqali hisob-kitoblarni yuritish, barcha bank operatsiyalari boʻyicha asosiy buxgalteriya yozuvlarini oʻtkazish tajribasini, hujjatlar asosida operatsiyalarni rasmiylashtirish boʻyicha bilimlarni yanada yaxshiroq oʻzlashtira oladilar. Shundan kelib chiqib, amaliyotning asosiy vazifasi tijorat banklarning faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan operatsiyalar hisobini tashkil etilishni hamda ular asosida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni oʻrganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim. II. MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TASH VA HISOBOTINI TAYYORLASH Malakaviy amaliyotni o‘tash va hisobotini tayyorlash ma’lum bir ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi Davlat Ta’lim Standartida nazarda tutilgan, bajarish muddatlari va soatlari o‘quv rejada belgilanadi. Malakaviy amaliyotni o‘tash va hisobotini tayyorlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: Malakaviy amaliyot ob’ektini tanlash; Malakaviy amaliyot dasturi bilan tanishish ; Malakaviy amaliyot yo‘llanmasi va kundaligini olish; Malakaviy amaliyot ob’ekti faoliyatiga oid statistik ko‘rsatkichlar asosida 1-ilovada keltirilgan jadvallarni tayyorlash; Malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash va rasmiylashtirish; Malakaviy amaliyot hisoboti asosida taqdimot tayyorlash. Malakaviy amaliyotni o‘tash va hisobotini tayyorlashda amaliyot ob’ektiga oid ma’lumotlari bilan tanishish va ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. “Bank ishi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun malakaviy amaliyot o‘tash bo‘yicha mavzular “Bank ishi” mutaxassislik fani o‘quv dasturi doirasidagi dolzarb mavzulardan tarkib topadi. Mutaxassislik kafedra tomonidan har yili malakaviy amaliyot mavzulari xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi xususiyatlari, xususan globalashshuv jarayonida xalqaro moliya munosabatlari taraqqiyoti, global moliyaviy-iqtisodiy iqtiroz sharoitida xalqaro pul oqimlari doirasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqaro savdo va kapital oqimini tartibga solishning istiqbol yo‘nalishlari bilan bog‘liq mavzular bilan boyitilib boriladi va bakalavr ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayoni 8-semestri 9 aprel sanasidan kechikmasdan talabalar e’tiboriga havola etiladi. «Bank ishi» bakalavr ta’lim yo‘nalishi mavzulari malakaviy amaliyot dasturida keltirilgan. Malakaviy amaliyot ob’ektini tanlash yuzasidan talaba kafedra professor-o‘qituvchisidan maslahat olishi mumkin. Mazkur jarayon 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tanlagan malakaviy amaliyotini o‘tash, hisobotini tayyorlash va uni himoya qilish bo‘yicha mas’ul kafedra professor-o‘qituvchi bilan maslahatlashgan holda uni taqdim etishi kerak. Kafedra mas’ul professor-o‘qituvchisi talabalar tomonidan tanlangan malakaviy amaliyot ob’ektlarini umumlashtiradi va rahbar tayinlash uchun kafedra mudiriga taqdim etadi. Kafedra mudiri 5 ish kuni ichida talabalarning tanlagan malakaviy amaliyot ob’ektiga professor-o‘qituvchini rahbar sifatida tayinlaydi. Malakaviy amaliyot hisobotini kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida kafedra ish yurituvchisiga elektron varianti bilan taqdim etiladi. Ish yurituvchi tayyorlangan malakaviy amaliyot hisoboti bilan amaliyot buyrug‘ida keltirilgan ob’ektini solishtirgan holda ro‘yxatga oladi va bir-biriga mos kelmaydiganlarini ro‘yxatga olmaydi hamda kafedra mudiriga taqdim etadi. Download 73.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling