Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi»
II. MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISHGA DOIR UMUMIY TALABLAR
Download 73.22 Kb.
|
Bank ishi Malakaviy amaliyot UK (3)
II. MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISHGA DOIR UMUMIY TALABLAR
Malakaviy amaliyot hisoboti Davlat Ta’lim Standarti asosida tegishlicha talab darajasida rasmiylashtirilishi, 1-ilovada keltirilgan jadvallar ma’lumotli tarzda yozilgan bo‘lishi, tushunarli va ravon tilda bayon etilishi kerak. Amaliyot hisobotida foydalanilgan statistik ko‘rsatkichlar elektron shakldagi bank hisobotlari, nashrlari bilan birga taqdim etiladi. Amaliyot hisobotining qog‘ozini turli ko‘rinishlardagi ramkalar bilan ajratish, ko‘k siyohli ranglardan boshqa ranglardagi ruchkalar (qora, qizil, yashil va h.k) foydalanish mumkin emas. Amaliyot hisobotida umumqabul qilingan qisqartirishlar foydalanishga ruxsat beriladi, bunda albatta, orfografik qoidalarga va huquqiy-me’yoriy hujjatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, b. – bet; y. – yil; yy. – yillar va b. Malakaviy amaliyot hisoboti kirish, asosiy va xulosa qismidan tashkil topadi. Kirish qismida amaliyot maqsadi, vazifalar, o‘rganish ob’ekti, amaliyot o‘tash muddati, amaliyot davomida bajarilgan vazifalarning qisqacha mazmun-mohiyati aks ettirilishi lozim. Asosiy qismda amaliyot ob’ekti faoliyatining qisqacha tavsifi keltirilishi va uning faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar tegishli jadvallar asosida tahlil qilinishi, shuningdek, rivojlanishning asosiy istiqbolli yo‘nalishlari aks ettirilishi lozim. Xulosa qismida amaliyot davomida erishilgan natijalar va amaliyot ob’ekti faoliyatini rivojlantirishga oid qisqacha tavsiyalar aks ettiriladi. Talaba malakaviy amaliyotini o‘tash jarayonida 1-ilovada keltirilgan jadvallarni ob’ekt ma’lumotlaridan foydalangan holda mustaqil ravishda to‘ldirib boradi. Shuningdek, keltirilayotgan amaliy ob’ektiga doir statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida elektron shaklda bank hisobotlari va ma’lumotlarini taqdim etadi. Hisobot amaliyot jarayonida amaliyot o‘tash ob’ekti faoliyatiga oid jadvallarni to‘ldirish hamda tahlil etish asosida tegishli xulosalarni shakllantiradi. Amaliyot hisoboti bo‘yicha amaliyot kundaligi, amaliyot hisoboti hamda hisobot taqdimoti taqdim etilishi lozim. Amaliyot kundaligi amaliyot dasturida keltirilgan mavzular asosida bajarilgan ishlar holati talaba tomonidan qayd etib boriladi va ilmiy rahbar tomonidan tekshiriladi. Amaliyot hisoboti amaliyot jarayonida amaliyot o‘tash ob’ekti faoliyatiga oid 1-ilovada keltirilgan jadvallarni to‘ldirish hamda ularni tahlil etish asosida tegishli xulosalar shakllantiriladi. Hisobot taqdimoti dasturdagi berilgan mavzularning amaliyot ob’ekti faoliyatiga tegishli amaliy ma’lumotlar tahlili asosida yoritilishi zarur. Bunda amaliyot ob’ekti faoliyatiga oid 3 yillik ma’lumotlar tahlil qilinishi, har bir mavzu bo‘yicha amaliyot hisobotida aks ettirilgan raqamli materiallar jadval va diagramma shakllantirilishi lozim. Jadval keltirilgan so‘zlarni birxillashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. Jadval ko‘rinishida keltirilgan so‘zlar yirik axborot majmui hisoblanib, ularni yorita bilish, tizimli ravishda guruhlash, ma’lumotlarni kodlashtirish va umumlashtirish talabadan yuqori mahorat va bilim talab etadi. Ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida keltirish, uni izohlay olish iqtisodchi mutaxassisning yuqori malaka sohibi ekanligidan dalolat beradi. Har bir keltirilgan jadval, chizma va diagrammalar tegishlicha rasmiylashtiriladi, masalan, 1-jadval, 2-jadval, 1-rasm va h.k.). Hisobot taqdimotida aks ettirilgan jadvallar shunday joylashtirilishi kerakki, talaba himoya paytida uni qiynalmasdan o‘qishi, istisno hollarda boshqacha ko‘rinishda keltirilgan jadvallarni soat strelkasi bo‘ylab burgan holda o‘qiy olish imkoniyati bo‘lgan jadvallar shakllantirishga ruxsat etiladi. Malakaviy amaliyotning yakuniy bosqichi uning himoyasi hisoblanadi. Download 73.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling