O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning o‘ziga hosligi
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning umumiy tavsifi
2. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning o‘ziga hosligi.
3. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning turlari. Tayanch so‘z va iboralar: iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, bosqinchilik, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning oqibatlari, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar, xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar, iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik, mansabdor shaxslarning iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlari, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yer bilan noqonuniy bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlik faoliyatining umumiy tartibini buzadigan jinoyatlar, noqonuniy tadbirkorlik, noqonuniy bank faoliyati, normal iqtisodiy faoliyat. 1. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning umumiy tavsifi Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar - bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan, milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Bu kabi jinoyatlarning sodir etilishi natijasida shaxslarga, jamoat birlashmalariga yoki davlatga moddiy zarar yetkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” deb nomlanuvchi uchinchi bo‘limiga kiritilgan barcha jinoyatlarning turdosh o‘bekti iqtisodiyot sohasidagi muhim manfaatlarni ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiy manfaatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni mazkur turdagi jinoyatlarning o‘bekti sifatida baholashda ularni ijtimoiy munosabatlar va undagi asosiy tizimning negizi kabi qaraladi. Iqtisodiyot manfaatlari moddiy ne‘matlar taqsimlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarda hamda mehnat mahsulotlarini taqsimlash sohalarida ifodalanadi. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning o‘bektiv tomoni harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Qonun chiqaruvchi iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning zaruriy belgilari sifatida ma‘lum bir oqibatlar keltirib chiqarish shartligini belgilovchi (moddiy tarkibli) yoki bunday oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan jinoyatlarni (formal tarkibli) qayd etgan. Masalan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning moddiy tarkibli turlarida jinoyatni tugallangan deb baholash uchun albatta qonun normasida nazarda tutilgan muayyan oqibatlarning kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning formal tarkibli turlarida esa, jinoyatni tugallangan deb hisoblash uchun qonun normasida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomonini ifodalovchi qilmishlarning sodir etilganligining o‘zi kifoya hisoblanadi. Masalan, bosqinchilik (JKning 164-m.) o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatilgan vaqtdan boshlab tugallangan deb topiladi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarda qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har qanday holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi. Iqtisodiyot sohasidagi ayrim jinoyatlarning dispozitsiyalari blanket xususiyatga ega bo‘lgan moddalardan ham iborat. Xususan, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (JK 182-m.), raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (JK 183-m.) va boshqa shu kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda boshqa huquq tarmoqlarining qonuniy hujjatlariga murojaat qilish zarurdir. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning sub‘yektiv tomoni ham qasd, ham ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladi. Tahlil etilayotgan jinoyat tarkiblarining ko‘p qismi aybning qasd shaklida sodir etilishini nazarda tutadi (JK 164-171, 173-186-moddalari va boshqalar), biroq mazkur jinoyatlar qatorida aybning ehtiyotsizlik shaklida ham sodir etadigan jinoyatlar o‘z aksini topgan (JK 172-m.). Jinoyatning motiv va maqsadlari tahlil etilayotgan bir qator jinoyat tarkiblarining (yoxud ularning turlarida) zaruriy belgisi sifatida ko‘rsatilgan (masalan, JK 164, 176, 179, 186, 1863-moddalari va boshq.). Ko‘rilayotgan jinoyatlarning sub‘yekti har qanday 16 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda, masalan, bosqinchilik (JK 164m.), tovlamachilik (JK 165-m.), talonchilik (JK 166-m.) va mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish (JK 173-m. 2-3-q.) jinoyatlari uchun 14 yoshdan javobgarlik belgilangan. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasidagi alohida turdagi jinoyatlarning sub‘yektlari maxsus belgilarga ega. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi- ning manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish (JK 175-m.), chet el valutasini yashirish (JK 178-m.), soxta bankrotlik (JK 180-m.), bank- rotlikni yashirish (JK 181-m.), savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.) jinoyatlarida sub‘yektning umumiy belgilarini aniqlash bilan birga, ularning qonun normasida nazarda tutilgan qo‘shimcha belgilarini ham aniqlash shartdir. Qonun chiqaruvchi mamlakat iqtisodiyot manfaatlariga tajovuz qiluvchi bir qator ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qiladi. Ularga o‘zganing mulki, iqtisodiyot asoslari va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni kiritish mumkin. Shu bois, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar bevosita o‘bektiga qilingan tajovuzlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida guruhlarga ajratilgan. Ular quyidagilardan iborat: 1) o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish (JK 164-169m.); 2) o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar (JK 170-173-m.); 3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar (JK 175-1852-m.); 4) xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar (JK 186-192m.). Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va mehnat mahsulotlarini taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar mazkur jinoyatlarning asl ob‘ektidir. Ayrim jinoyatlar bevosita ob‘ekt sifatida bunday ijtimoiy munosabatlarning barcha majmuasini, boshqalari esa ularning bir qismini tashkil etadi. Masalan, talon-toroj qilish - moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi. Boshqa jinoyatlar (masalan, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish (JK 186-moddasi) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga qarshi yo‘naltirilgandir. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling