Testlar
1. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri “Iqtisodiy jinoyatchilik” tushunchasini tavsiflab beradi?
A) Iqtisodiy jinoyatchilik – bu iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni
samarali qondirishga qodirligidir;
B) Iqtisodiy jinoyatchilik – bu shaxs, jamiyat va davlatning mavjudligi va
ularning talab-ehtiyojlarining qondirilishidir;
C) Iqtisodiy jinoyatchilik – milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga
ziyon etkazadigan yoki ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan va jinoyat
qonunchiligida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki
harakatsizlik)dir;
D) Iqtisodiy jinoyatchilik – bu turli beqarorlikni, tanglikni keltirib
chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta’siridan himoya qiluvchi ichki
imkoniyatlar yig’indisidir.
2. Iqtisodiy tahdidlar qanday shakllarda namoyon bo’ladi?
A)global ekologik tahdidlar;
B)geosiyosiy va tashqi iqtisodiy tahdidlar;
C)mamlakat ichidagi tahdidlar;
D)ichki va tashqi tahdidlar.
3. Iqtisodiy jinoyatlarning umumiy tomoni nimada.
A)insonning ehtiyojlari, manfaatlariga salbiy ta’sir ko’rsatadigan
omillardan himoyalanganligi;
B)barcha jinoyatlar qasddan qilingan;
C)inson hayotiga, salomatligiga, mol-mulki va kapitaliga bo’lgan
tahdidlardan himoyalanganligi;
D)shaxs mol-mulkka va boylikka intikadi.
1. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning umumiy tavsifi
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar - bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan, milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Bu kabi jinoyatlarning sodir etilishi natijasida shaxslarga, jamoat birlashmalariga yoki davlatga moddiy zarar yetkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” deb nomlanuvchi uchinchi bo‘limiga kiritilgan barcha jinoyatlarning turdosh o‘bekti iqtisodiyot sohasidagi muhim manfaatlarni ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiy manfaatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni mazkur turdagi jinoyatlarning o‘bekti sifatida baholashda ularni ijtimoiy munosabatlar va undagi asosiy tizimning negizi kabi qaraladi. Iqtisodiyot manfaatlari moddiy ne‘matlar taqsimlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarda hamda mehnat mahsulotlarini taqsimlash sohalarida ifodalanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning o‘bektiv tomoni harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Qonun chiqaruvchi iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning zaruriy belgilari sifatida ma‘lum bir oqibatlar keltirib chiqarish shartligini belgilovchi (moddiy tarkibli) yoki bunday oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan jinoyatlarni (formal tarkibli) qayd etgan. Masalan, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning moddiy tarkibli turlarida jinoyatni tugallangan deb baholash uchun albatta qonun normasida nazarda tutilgan muayyan oqibatlarning kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarda qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har qanday holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |