O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati asoslari


Download 1.44 Mb.
bet81/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

3. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 23 maydagi PF-5446 son Farmonni imzoladi.
Biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb etish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish, shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti etib qayta tashkil qilindi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida iqtisodiy va korruptsiyaviy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi oqibatida etkaziladigan iqtisodiy zararning qoplanishini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilangan:

  • birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korruptsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • ikkinchidan, iqtisodiy va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.

  • uchinchidan, byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • to‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korruptsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

  • beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, «xufyona iqtisodiyot»ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash;

  • oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish;

  • ettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta‘minlash;

  • sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling