O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish


Download 1.44 Mb.
bet84/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

1. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish
Moddiy ne‘matlarni taqsimlash sohasini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi xavfliroq jinoyatlarni o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari tashkil qiladi.
O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deganda huquqqa xilof ravishda o‘rnini qoplamasdan, g‘arazgo‘ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o‘zganing mulkini aybdorning o‘zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o‘tkazish tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining bevosita o‘bekti mulkini o‘zgaga tegishlilik huquqini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Shu bois mazkur turdagi jinoyatlarning predmetini o‘zganing mulki tashkil qiladi.
O‘zganing mulki deganda o‘zgaga tegishli bo‘lgan ashyolar, pullar va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi (qo‘lga kiritilishi, mulkni qo ‘lga kiritish bilan teng bo ‘lgan) hujjatlar tushuniladi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida mulk davlat, xususiy, aralash, ommaviy va boshqa mulk bo‘lishidan qat‘iy nazar, u o‘zganing mulki deb baholanadi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshq.) ko‘rsatilgan hollarda moddiy qiymatga ega bo‘lgan narsalar (poyezd, samolyot chiptasi va boshq.) talon-toroj predmeti bo‘la olmaydi.
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlariga quyidagi belgilar xos:

  1. mulkni egallashda g‘arazli niyat (g‘arazgo‘ylik)ning mavjudligi. G‘araz niyat foyda olish, naf, manfaat ko‘rishni nazarda tutadi. Qonunga ko‘ra, g‘arazgo‘ylik deganda sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutulishga intilishda ifodalangan niyat tushuniladi;

  2. o‘zganing mulkini huquqqa xilof ravishda egallash. Huquqqa xiloflik - aybdorning mulk egasi emasligi, qilmishni sodir etishga huquqiy asosi yoki huquqining yo‘qligi. Bunday mulkni o‘z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga aylantirishga huquqning yo‘qligini anglatadi;

  3. o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishning navbatdagi belgisi bu o ‘rnini qoplamaslikdir. O ‘rnini qoplamaslik deganda aybdorning talon-toroj qilingan mulk uchun ijtimoiy foydali mehnat yoki uning o‘rnini bosuvchi qiymatga ega harakatni amalga oshirmasligi, mulk qiymatidan kam haq to‘lashi tushuniladi;

  4. qilmishni o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish deb baholash uchun mulk o‘zganing tasarrufida bo‘lishi va mulk o‘zganing tasarrufidan olinganligini baholash kerak. Chunki o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatida aybdor tajovuz qilgan mulk mulkdorning tasarrufida bo‘lishi lozim.

Agar mulk muayyan tashkilot yoki shaxslar ixtiyoriga kelib tushishi kerak bo‘lgan bo‘lib, ushbu mulk mulkdor ixtiyoriga kelib tushmasdan olib qo‘yilsa, bunday qilmish talon-toroj sifatida kvalifikatsiya qilinmaydi. Bu kabi qilmish javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar sifatida baholanishi mumkin;

  1. o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatining yana bir muhim belgisi bu mulkdorga moddiy zarar yetkazishdir. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari barcha shakllarining sodir etilishida mulkdorga moddiy zarar yetkaziladi.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling