O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
2. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar
Davlatga yoki fuqarolarga yetkaziladigan zarar nafaqat o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish natijasida, balki o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda egallash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ham yetkazilishi mumkin. Ularda o‘zganing mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri egallash holatlari mavjud bo‘lmasa-da, ammo bu qilmishlar mulkiy munosabatlarning buzilishi va fuqarolarga jiddiy xavf tug‘diradi, korxona, muassasa va tashkilotlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning foyda va daromad olishining kamayishiga, yo‘qqa chiqishiga olib keladi. O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo ‘lmagan jinoyatlar - bu O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, talon-toroj belgilarining yo‘qligi holatida mulkka tajovuz qiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning bevosita o‘bekti mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning o‘bektiv tomoni shaxsning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qilishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalanishi bilan tavsiflanadi. Qonun chiqaruvchi o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning zaruriy belgilari sifatida ma‘lum bir oqibatlar keltirib chiqish shartligini belgilovchi (moddiy tarkibli) yoki bunday oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan jinoyatlarni (formal tarkibli) qayd etgan. Masalan, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning moddiy tarkibli turlarida jinoyatni tugallangan deb baholash uchun albatta qonun normasida nazarda tutilgan muayyan oqibatlarning kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi. Xususan, mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish jinoyatida shaxsni mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi, ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganligi jinoyatning tugallanganligidan dalolat beradi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning formal tarkibli turlarida esa, jinoyatni tugallangan deb hisoblash uchun qonun normasida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomonini ifodalovchi qilmishlar sodir etilganligining o‘zi kifoya hisoblanadi. Masalan, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyati mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganligini bila turib, uni oldindan va‘da qilmagan holda olgan yoki o‘tkazgan vaqtdan boshlab tugallangan deb topiladi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat ishlari ko‘rilayotganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish hamda jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har bir holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling