O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
3. Chet el valutasini yashirish
Chet el valutasini yashirish jinoyatining sodir etilishi natijasida respublikaning ichki valuta bozori barqarorligi sohasidagi manfaatlarga zarar yetkaziladi va valuta ayirboshlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni buzadi hamda davlatning valuta imkoniyatlari pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga, chet el valutasini yashirish davlatimiz pul birligi barqarorligiga putur yetkazadi, tadbirkorlik faoliyati tarmoqlarini kreditga, resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish imkonini bermaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjeti uchun valuta mablag‘larini shakllantirish tartibini buzadi. Shundan kelib chiqib, ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning bevosita o‘bektini chet el valutasini muvofiqlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarining valutaga bo‘lgan ehtiyojlarini ta‘minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Jinoyat predmeti O‘zbekiston Respublikasida vakolatli banklar hisobvaraqlaridan ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lgan chet el valutasi; chet el davlatida erkin muomalada bo‘lgan va to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan banknot shaklidagi chet el valutasi; chet eldagi hisob raqamida turgan chet el valutasi yoki xalqaro pul birliklari hisoblanadi. Valuta qimmatliklarini ushbu jinoyat predmeti deb topish uchun yana bir asos - bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar hisobvarag‘iga O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklari tomonidan o‘tkazilishi shartligidir. O‘zbekiston Respublikasining “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 2003-yil 11 dekabr yangi tahrirdagi qonunining 11-moddasiga muvofiq, chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli banklar hisoblanadi. Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar chet el valutasidagi tushumni majburiy tartibda sotadilar. Korxonalar majburiy sotishni tovarlar va xizmatlar eksportidan olingan chet el valutasidagi tushumdan amalga oshiradi. Jinoyat o‘bektiv tomondan respublikaning vakolatli banklaridagi hisobvaraqlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valutasini yashirib qolishga qaratilgan faol harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi. Chet el valutasini yashirish - bu chet el valutasidagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankida yoki boshqa vakolatli sub‘yektida saqlash majburiyatini bajarmaslikdan iborat bo‘lib, oddiy harakatsizlik, chet el valutasini xorijdan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankiga o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma bermaslik, bank hujjatlarini imzolamaslik, xorij valutasini xorijiy bankdagi hisob raqamida saqlash kabi yo‘llar bilan sodir etiladi. Shuningdek, xorijiy valutani yashirish faol harakatlar, masalan, uni boshqaga o‘tkazish, kelib tushgan foydani pasaytirib ko‘rsatish, mablag‘larni boshqa hisob raqamga o‘tkazish, yashirish kabilar orqali sodir etilishi mumkin. Naqd chet el valutasini yashirish deganda, olingan naqd mablag‘larni belgilangan muddatda xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirmaslik, tovar va mahsulot sotish joylarida tegishli tarzda buxgalterlik va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan mablag‘lar mavjudligi tushuniladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling