O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.44 Mb.
bet107/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

1. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
Iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etish mazkur jinoyatning tushunchasini o‘zida aks ettiradi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita obyektini tovar mahsulotla­rini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xiz­matlar ko‘rsatish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Aybdor shaxs iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni tovar bozoriga chiqarish yoki sotish orqali jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi.
Jinoyatning predmeti iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf­sizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar hisoblanadi.
Iste ’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar deganda mahsulotlarning iste‘mol va foydalanish xossalarini belgilab beradigan hamda uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta‘minlaydigan mezonlarga javob bermasligi tushuniladi.
Tovar - bu sotish (almashtirish) uchun mo‘ljallangan faoliyat mahsulotidir. Tovarlar belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga ko‘ra taqqoslanadi.
Bunday tovarlar oziq-ovqat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin.
Oziq-ovqat deganda oziq-ovqat xomashyosidan tayyorlangan hamda tabiiy yoki qayta ishlangan holida iste‘mol qilinadigan mahsulotlar tushuniladi.
Mazkur jinoyat obyektiv tomondan iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chi­qarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda ifodalanadi.
Ishlab chiqarish deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tushuniladi.
Saqlash deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni butunligicha aybdorning egaligida, yonida, binoda, maxfiy yerda va boshqa joylarda bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi.
Tashish deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi.
O‘tkazish deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavf­sizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni xaridorlar bilan muayyan xizmat yoki haq evaziga bajarilgan ishlar evaziga ularni almashtirish hamda ularni har qanday usulda tarqatish tushuniladi.
Ishlarni bajarish deganda shaxs yoki jamoaning uy-ro‘zg‘or va hayotiy yoki xizmat qilish sharoitlari uchun muhim bo‘lgan u yoki bu narsani qayta ishlash va yaratish bo‘yicha muayyan faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. Masalan, uy-joylar qurish, ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish va boshqalar.
Xizmatlar ko ‘rsatish deganda iste‘molchilarning talabi yoki ularning ixtiyori bo‘yicha, ularning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan muayyan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi.
Mazkur belgiga ega bo ‘lgan tovarlarni shaxs O‘zbekiston Respub­likasi hududi yoki uning bir qismidagi muomala doirasida, ya‘ni respublikaning ma‘muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelgan yoki mos kelmay­digan hududlarda amalga oshirishi mumkin.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling