2. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha o‘rnatilgan tartiblarni buzgan holda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish tushuniladi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita o‘bekti etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish tartibini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyatning predmeti: 1) etil spirti; 2) alkogolli mahsulotlar; 3) tamaki mahsulotlari hisoblanadi.
Etil spirti - bu organik birikmalar tarkibiga kiruvchi vodorod va uglerodning birikmasidan tashkil etilgan suyuqlikdir. Etil spirti sanoatda tarkibida qand (shakar) bo‘lgan moddalardan enzimlar va achitqilar ta‘sirida paydo bo‘ladi.
Alkogol mahsuloti - konyak spirti yoki tozalangan etil spirtidan, vino materiallari va (yoki) tarkibida spirt bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, hajmidagi etil spirtining ulushi bir yarim foizdan ortiq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotidir.
Tamaki mahsuloti - tamakidan yoki uning o‘rnini bosuvchi narsadan tayyorlangan har qanday mahsulotdir. Tamaki mahsulotlari odatda katta bargli paslenov oilasiga kiruvchi bargli o‘simlikdan tayyorlanadi, biroq ular uning o‘rnini bosuvchi narsalardan ham tayyorlanishi mumkin.
Tahlil qilinayotgan jinoyat o‘bektiv tomondan etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarishda yoki muomalaga kiritishda ifodalanadi.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda ixtisoslashmagan korxonalar (maishiy yoki kichik sexlar sharoitida) tomonidan qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan tegishli litsenziyasiz etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |