O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 1.44 Mb.
bet111/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Topshiriqlar

13-mavzu

Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlarga qarshish kurashish



1. Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish natijasida budjet va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlar to‘lanmaydi, sifatsiz tovarning muomalaga kirishiga sharoit yaratiladi va iste‘molchilarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkaziladi. Shu nuqtai nazardan mazkur jinoyatning bevosita o‘bekti savdo va vositachilik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Tahlil etilayotgan jinoyatning o‘bektiv tomoni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirishda ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, savdo yoki vositachilik faoliyati majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Ruxsatnomani berish, qaytarib olish va uning amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 26 noyabrdagi 407-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan.
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish deganda tadbirkorlik sub‘yektlarining vakolatli davlat organlari (hokimlik yoki adliya idoralari)da davlat ro‘yxatiga olinishi tushuniladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, davlat soliq inspeksiyalari tomonidan beriladigan “Qayd guvohnomasi” ularning ichki idoraviy hujjati bo‘lib, uning mavjud emasligi yoki muddati o‘tganligi faktining o‘zi tadbirkorlik sub‘yektlarini Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi. Biroq, shaxs tadbirkorlik faoliyati tugatilgandan so‘ng ham bunday faoliyatni davom ettirsa, u Jinoyat kodeksi 188-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning sub‘yekti bo‘lishi mumkin.
Savdo faoliyati deganda savdo sohasida iste‘molchi uchun, tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga naqd pulga tovarlar sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish tushuniladi.
Vositachilik faoliyati deganda korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar uchun tovar yoxud boshqa predmetlarni sotib olishga yoki realizatsiya qilishga ko‘maklashish yoki bunday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish hamda tomonlar o‘rtasida bitimlar tuzishda ko‘maklashish yoxud boshqa vositachilik harakatlari tushuniladi.
Bo‘yin tovlash deganda savdo yoki vositachilik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslikka qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi. Bu o‘zboshimchalik bilan savdo yoki vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanishda, ochiqdan-ochiq yoki boshqacha yo‘sinda savdo yoki vositachilik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishda, yashirin shunday faoliyat olib borishda va boshqa shu kabi usullarda ifodalanishi mumkin. Ana shu usullarning barchasi nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olishga qaratilgan bo‘ladi.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling