O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
2. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar
Davlatga yoki fuqarolarga yetkaziladigan zarar nafaqat o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish natijasida, balki o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda egallash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ham yetkazilishi mumkin. Ularda o‘zganing mulkini to‘g‘ridan-to‘g‘ri egallash holatlari mavjud bo‘lmasa-da, ammo bu qilmishlar mulkiy munosabatlarning buzilishi va fuqarolarga jiddiy xavf tug‘diradi, korxona, muassasa va tashkilotlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning foyda va daromad olishining kamayishiga, yo‘qqa chiqishiga olib keladi. O ‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo ‘lmagan jinoyatlar - bu O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, talon-toroj belgilarining yo‘qligi holatida mulkka tajovuz qiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning bevosita o‘bekti mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning o‘bektiv tomoni shaxsning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga tajovuz qilishi mumkin bo‘lgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalanishi bilan tavsiflanadi. Qonun chiqaruvchi o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning zaruriy belgilari sifatida ma‘lum bir oqibatlar keltirib chiqish shartligini belgilovchi (moddiy tarkibli) yoki bunday oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan jinoyatlarni (formal tarkibli) qayd etgan. Masalan, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning moddiy tarkibli turlarida jinoyatni tugallangan deb baholash uchun albatta qonun normasida nazarda tutilgan muayyan oqibatlarning kelib chiqqanligini aniqlash talab etiladi. Xususan, mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish (JK 172-m.) jinoyatida shaxsni mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi, ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganligi jinoyatning tugallanganligidan dalolat beradi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning formal tarkibli turlarida esa, jinoyatni tugallangan deb hisoblash uchun qonun normasida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomonini ifodalovchi qilmishlar sodir etilganligining o‘zi kifoya hisoblanadi. Masalan, jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-m.) jinoyati mulkning jinoiy yo‘l bilan topilganligini bila turib, uni oldindan va‘da qilmagan holda olgan yoki o‘tkazgan vaqtdan boshlab tugallangan deb topiladi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat ishlari ko‘rilayotganda, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish hamda jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har bir holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning sub‘yektiv tomoni ham qasd, ham ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladi. Tahlil etilayotgan jinoyat tarkiblarining aksariyat qismi aybning qasd shaklida sodir etilishini nazarda tutadi (JK 170-171, 174-moddalari), faqat Jinoyat kodeksi 172-moddasida nazarda tutilgan jinoyat aybning ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi. Ko‘rilayotgan jinoyatlarning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Faqat Jinoyat kodeksi 173-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning sub‘yekti 14 yoshdan boshlanadi. Jinoyat kodeksi 172-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatda sub‘yektning umumiy belgilarini aniqlash bilan birga, uning qonun normasida nazarda tutilgan qo‘shimcha belgisini ham aniqlash shartdir. Ushbu jinoyatning sub‘yekti mulkni qo‘riqlash yuzasidan majburiyat yuklatilgan shaxs hisoblanadi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarning quyidagi turlari farqlanadi: 1) aldash yoki ishonchni suiiste‘mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish (JK 170-m.); 2) jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-m.); 3) mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish (JK 172-m.); 4) mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish (JK 173-m.). Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling