O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
4. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar va ularning turlari
O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga jadal sur’atlar bilan kirib borar ekan, bugungi taraqqiyot bosqichida mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli jamiyatni barpo etish — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan ham amaldagi barcha huquq sohalarida islohotlar bozor munosabatlariga moslashtirilishi, jumladan, jinoyat qonunchiligida xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarni tubdan isloh etishni taqozo etmoqda. Fuqarolarimizning ana shu mulkiy munosabatlar yuzasidan vujudga kelgan huquq va erkinliklarini himoya qilish jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar - bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish (almashtirish), foydalanish va iste‘mol qilish hamda savdo va vositachilik faoliyatini yuritish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va sof raqobat sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Xojalik faoliyati - iqtisodiyotning moddiy ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan usullar, u yoki bu ijtimoiy jarayonda ishlab chiqarish munosabatlarining hamda maishiy va jamoa hayoti uchun muhim bo‘lgan xomashyolarning majmuini taqsimlash, maishiy hayotni yaratish uchun ishlab chiqarish mahsulotlarini muomalaga kiritish yoki xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid axborotlardan belgilangan tartibda foydalanish va muayyan ishlarni bajarish, sof raqobat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni o‘zida qamrab oladi. Mazkur turdagi jinoyatlarning turdosh o‘bektini xo‘jalik faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning bevosita o‘bekti har bir alohida turdagi jinoyatlarning qonunchilikdagi tuzilish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Xususan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.) jinoyatining bevosita o‘bektini tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish (almashtirish), foydalanish va iste‘mol qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish jinoyatining (JK 1861-m.) bevosita o‘bekti etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish sohasidagi o‘rnatilgan tartib hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim jinoyatlarning qo‘shimcha o‘bekti shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti va ularning boshqa qonuniy huquq va manfaatlari bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi aksariyat jinoyatlarning o‘bektiv tomoni harakat orqali sodir etiladi (masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.), chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.), qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (JK 191-m.) va boshq.). Ayrim jinoyatlar ham harakat yoki harakatsizlikda ifodalanadi (masalan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.), sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish (JK 186 -m.) va boshqa). Xo‘jalik faoliyati sohasidagi alohida jinoyatlar formal tarkibli jinoyat tarkiblariga taalluqli hisoblanadi. Bunday tarkibli jinoyatlarni tugallangan deb hisoblash uchun qonun normasida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomonini ifodalovchi qilmishlar sodir etilganligining o‘zi kifoya hisoblanadi (masalan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.), chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.), qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (JK 191-m.), raqobatchini obro‘sizlantirish (JK 192-m.). Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar orasida moddiy tarkibli jinoyatlar ham mavjud. Masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.), savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish (JK 188-m.), savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.). Xo‘jalik faoliyati sohasidagi aksariyat jinoyatlarning dispozitsiyasi blanketli sifatida tuzilgan. Ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyatini tushunish uchun albatta boshqa sohalarning normativ hujjatlari va qonunlaridagi qoidalarni bilish talab etiladi. Masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 5-oktabrdagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste‘mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni; chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda o‘simlik yog‘i va yog‘-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori; savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”; faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (JK 190-m.) jinoyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qaroriga murojaat qilish lozim. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarda qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash asosiy ahamiyatga egadir. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan har bir holat tahlil etilayotgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligini anglatadi. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarning sub‘yektiv tomoni faqat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadlari tahlil etilayotgan bir qator jinoyat tarkiblarining (yoxud ularning turlarida) zaruriy belgisi sifatida ko‘rsatilgan (masalan, JK 186, 1863-moddalari va boshq.). Ko‘rilayotgan jinoyatlarning sub‘yekti har qanday 16 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.) jinoyatining sub‘yekti maxsus sub‘yekt belgilariga ega hisoblanadi. Shu bois ushbu jinoyat bo‘yicha sub‘yektning umumiy belgilarini aniqlash bilan birga qo‘shimcha belgilarini ham aniqlash shartdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar quyidagilardan iborat: 1) xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (JK 186-m.); 2) etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1861-m.); 3) chigitdan olinadigan mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 1862-m.); 4) sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish (JK 1863-m.); 5) savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish (JK 188-m.); 6) savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (JK 189-m.); 7) faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish (JK 190-m.); 8) qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (JK 191-m.); 9) raqobatchini obro‘sizlantirish (JK 192-m.). Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling