O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati asoslari


Download 1.44 Mb.
bet17/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

3. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 23 maydagi PF-5446 son Farmonni imzoladi.
So‘nggi yillarda aholining turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Biznes yuritishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va institutsiyaviy mexanizmlari takomillashtirilmoqda, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari saqlanib qolmoqda, bu esa olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.
Bozor munosabatlarining bugungi rivoji hamda insofli tadbirkorlik sub‘ektlarini himoya qilish zarurati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish, “xufyona iqtisodiyot”ning shakllanish mexanizmlarini, chet el valyutasining nazoratsiz chiqib ketish kanallarini o‘z vaqtida aniqlashning shakl va usullarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, importni optimallashtirish va milliy tovarlar eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirishni ham talab etmoqda.
Shu munosabat bilan, faoliyati iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy voqelikka to‘liq javob bermayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining vazifalari, funktsiyalari va vakolatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ldi.
Biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb etish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish, shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti etib qayta tashkil qilindi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida iqtisodiy va korruptsiyaviy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi oqibatida etkaziladigan iqtisodiy zararning qoplanishini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilangan:

  • birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korruptsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • ikkinchidan, iqtisodiy va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.

  • uchinchidan, byudjet tizimi byudjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • to‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korruptsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

  • beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, «xufyona iqtisodiyot»ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash;

  • oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish;

  • ettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta‘minlash;

  • sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish;

Departament tuzilmasida:
Soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi, Valyutaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi, Iste‘mol bozorini himoya qilish bo‘limi, Tadbirkorlik sub‘ektlari huquqlarini himoya qilish va korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi negizida Iqtisodiy jinoyatlar va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi;
Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi negizida Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy-nazorat bo‘limi tashkil etilgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga:

    • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligidan bank hisobvaraqlari va yagona g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha davlat pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘liq ma‘lumotlarni so‘rab olish;

    • tezkor-qidiruv faoliyati natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarini sarflash masalalari bo‘yicha davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish;

    • davlat tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalardan, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlardan byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, ularni taqsimlashda suiiste‘molliklar va korruptsiya holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarni va tushuntirishlarni talab qilib olish;

    • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ma‘lumotlarni qabul qilish, umumlashtirish, tahlil qilish, tekshirish va saqlash, shuningdek, etarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berish, mazkur funktsiyani faqat Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasiga yuklash;

    • Departament zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan davlat organlari va tashkilotlarning ma‘lumotlar bazasidan foydalanish;

    • milliy va chet el valyutasidagi byudjetdan tashqari mablag‘larni, shuningdek, Departament organlarining depozit hisobvaraqlarida bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish huquqlari berilgan.

Departamentning hududiy tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar bo‘yicha xabarlar olish, ko‘rsatmalar va so‘rovlar yuborishga haqli emasdir.
Mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar ushbu daromadlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirgan holda Departamentning maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:

  • pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlari Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari talablari ijrosi uchun shaxsan javobgardir;

  • Qoidalarga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda Departament tomonidan, jumladan ushbu Qoidalarni tasdiqlagan organlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;

  • valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar yagona markazlashgan hisobni yuritish va qonun hujjatlariga muvofiq choralarni ko‘rish uchun zarur bo‘lgan valyuta huquqbuzarliklari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni Departamentga taqdim etishi shart;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari Departament tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt huquqbuzarlik sodir etilganligi va etkazilgan zarar hajmi to‘g‘risida Departamentning xabarini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun o‘tgandan keyingina, shuningdek, ushbu muddat davomida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar shaklidagi davlatga etkazilgan zarar qoplanmagan taqdirda, shuningdek, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish oqibatlari bartaraf etilmagan va etkazilgan moddiy zarar qoplanmaganda qo‘zg‘atiladi. Bunda mazkur talab shunga o‘xshash jinoyatlarni muqaddam sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning mansabdor shaxslariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling