Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Download 123.68 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MAVZU. AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
- 1. Agrobiznesda innovatsiyalarni tarqatish tizimi.
1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI IQTISODIYOT FAKULTETI OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI KAFEDRASI AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH fanidan MAʻRUZALAR MATNI Bilim sohasi: 200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Taʼlim sohasi: 230000 - Iqtisod Taʼlim yoʻnalishi: 5233300 - Agrobiznes va investitsiyaviy faoliyat Samarqand – 2022 24 3-MAVZU. AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH Reja 1. Agrobiznesda innovatsiyalarni tarqatish tizimi. 2. Agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorijiy tajribalari. Tayanch iboralar: Innovatsiya. Qishloq xoʻjaligida innovatsiyaviy faoliyat. Dehqonchilikda innovatsiyaviy texnologiyalar. Chorvachilikda innovatsiyaviy texnologiyalar. 1. Agrobiznesda innovatsiyalarni tarqatish tizimi. Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi bilimlar, nou- xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qoʻllash bilan bogʻliq, shuningdek yuqori bozor salohiyatiga ega boʻlgan yangi vazifalarni bajara oladigan yangi mahsulotlar yaratish yoki destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yoʻkotish maqsadini oʻz oldiga qoʻygan faoliyat yoki faoliyat natijasidir. Ya’ni,innovatsiyalarni gʻoyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki ijtimoiy- iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin. Demak, “innovatsiya” soʻzi “yangilik” (“novatsiya”) va “yangilik kiritish” (innovatsiya) ma’nolarini anglatadi. Innovatsiyalar toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlar rivoji oʻz tarixiga ega boʻlib, klassik, neoklassik maktab vakillari tomonidan izchil oʻrganilgan. Klassik iqtisodiy maktab vakili, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit (1729–1790) iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va talab bilan taklif oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash nafaqat bozor tizimi, balki narxlarni pasaytirish va sifatni yaxshilash orqali ortib borayotgan ehtiyojni qondirish bilan bir qatorda buni yangi texnologiyalarga oʻtish, ya’ni innovatsiyalar yordamida samarali amalga oshiruvchi raqobat kapitalizmning tashkiliy mexanizmi boʻlib xizmat qilishini qayd etgan. Agar iqtisodiy oʻsishni ta’minlashda korxonalar innovatsiyalardan iste’mol uchun kurash jarayonida amaliy omil sifatida foydalanayotganini hisobga olsak, Adam Smitning ushbu ta’limoti hozirgi kunda ham dolzarbligini saqlab turibdi. Innovatsiyaviy amaliyot koʻp ming yillardan buyon mavjud boʻlishiga qaramay, innovatsiyalarni ilmiy jihatdan maxsus oʻrganish faqat XX asrda boshlandi. Rus iqtisodchisi N.D.Kondratev iqtisodiyotni yuksaltirishning innovatsiyaviy yoʻli nazariyasini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdi. U innovatsiyalarni davriylikning sabablaridan biri sifatida qayd etgan. Amerikalik iqtisodchi va jamiyatshunos Yozef Alois SHumpeter Kondratev singari iqtisodiyotda innovatsiyalarning rolini oshirishga katta hissa qoʻshgan. U oʻzining ”Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asarida innovatsiyalarni iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirishning asosiy shartlari sifatida qaradi. Shumpeter “tadbirkorlikning innovatsiyaviy nazariya”sini yaratdi va iqtisodiy rivojlanishda novator-tadbirkorning rolini yuqori baholadi, “innovatsiya” atamasini 1911 yilda ilmiy atamalar qatoriga kiritdi. U quyidagi beshta oʻzgarishda tadbirkorlik ruhi bilan ragʻbatlantirilgan yangi fan-texnika omillari yigʻindisini nazarda tutadi: 25 1. Yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta’minotini qoʻllash. 2. Yangi xususiyatlarga ega mahsulotni joriy qilish. 3. Yangi xom ashyodan foydalanish. 4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta’minotidagi oʻzgarishlar. 5. Yangi sotish bozorlarining paydo boʻlishi. Demak, Shumpeterning fikriga koʻra, tadbirkorlarning roli yangi tovarlar ishlab chiqarish va eski tovarlarni yangi uslubda ishlab chiqarish uchun ixtirolardan foydalanib, yangi xom ashyo va materiallar manbalari yoki yangi bozorlarni ochib hamda sohani qayta tashkil etgan holda ishlab chiqarishni isloh qilish va inqiloblashtirishdan iborat. Oʻsha davrda temir yoʻllar qurilishi boshlanishi, elektr energiyasi ishlab chiqarish, avtomobilsozlik rivoji kabilar tadbirkorlarning yangiliklardan foyda olishga intilishiga yorqin misol boʻla oladi. Saymon Kuznetsning Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan ma’ruzasi innova- tsiyalarning iqtisodiy oʻsish bilan oʻzaro bogʻliqlik muammosiga bagʻishlangan. Unda innovatsiyalar nazariyasiga Yozef Shumpeter gʻoyalarini rivojlantiruvchi qator yangi yondashuvlar qayd etilgan, ya’ni birinchidan, Saymon Kuznets bitta tarixiy davrdan ikkinchisiga oʻtish asosini tashkil qiladigan “davriy” tushunchasini joriy etdi. Ikkinchidan, industrial davrda iqtisodiy oʻsish sur’atlarini inqilobiy jadallashtirish, uning fikriga koʻra, davriy yangilik bilan bogʻliq ilm-fanni jadal rivojlantirish oʻsishning yangi manbaiga aylandi. Iqtisodchi olimlar qarashlari asosida innovatsiyalarning mazmuni, mohiyatini anglab olgan holda aytish mumkinki, innovatsiyaviy iqtisodiyot jamiyat uchun foydali har qanday innovatsiyalardan (patentlar, litsenziyalar, nou-xau, oʻzlashtirilgan yoki shaxsiy yangiliklar, yangi texnologiyalar va hokazolar) samarali foydalanishga qodir iqtisodiyotdir. Yangiliklarni joriy etish iqtisodiy hayotdagi yanada muhim holat boʻlib bormoqda. Hozirgi tez oʻzgaruvchan sharoitda korxonalar texnik o ‘zgarishlar bilan bir qatorda, ilgʻor boʻlishlari va yangiliklarni muvaffaqiyatli tatbiq etishlari zarur. Yangiliklarni joriy etish ulaming dastlabki baholanishiga asoslanishi lozim. Bunday baholashning uslubiy asosini yaratish uchun, birinchi navbatda, jami innovatsiyaviy jarayonga ta’sir etuvchi va natijada u yoki bu innovatsiyalarning samaradorligini belgilab beruvchi omillarning majmuasini aniqlash lozim. Innovatsiyalarni paydo boʻlishining ikki yoʻnalishi • Bozor ehtiyoji, ya’ni qandaydir tovar yoki xizmatga boʻlgan talab. boshqacha aytganda, bu - bozor ehtiyojlariga beriladigan javob yoki marketing varianti hisoblanadi. Masalan, bunday oʻzgarishlar tarkibiga ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga yoki mahsulotga «tovar» koʻrinishini berishga yordam beruvchi oʻzgarishlarni kiritish mumkin. • «Kashfiyotchilik» (intellektual faoliyat)- bu odamning bozorda mavjud boʻlmagan talabni qondirishga yoʻnaltiriladigan yangi mahsulotni yaratish borasidagi intellektual faoliyatidir. boshqacha aytganda, bu - yangi bozorni yaratish faoliyatidir Rivojlanishning innovatsiyaviy tipi (ingl. Innovation model of development) – ijtimoiy ishlab chiqarishda yangi ilgʻor texnologiyalarga urgʻu berish, yuqori 26 texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish, mikro va makroiqtisodiy jarayonlarda ilgʻor tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish - texnopark , texno polis, kam energiya talab etadigan texnologiyalardan foydalanish siyosati, ishlab chiqarish faoliyatini intellektualashtirish, iqtisodiyotni softlashtirish va servislashtirish bilan tavsiflanadi. Innovatsiyaviy menejment - Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha boʻlib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi. Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni boʻlib, unda innovatsiyaviy mahsulot amaliy qoʻllanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Mamlakatlar raqobatdoshligini baholashning koʻrsatishicha, korxonalar rivojlanishining asosiy strategiyasi boʻlib, quyidagi tamoyillarga asoslangan boshqaruv siyosatini amalga oshirish xizmat qiladi: - tabiiy va iqlim resurslardan oqilona foydalanish; - jamgʻarilgan boyliklardan oʻz oʻrnida foydalanish; - investitsiyalarni faol jalb qilish; - innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash. Innovatsiyaviy menejmentning eng muhim amaliy vazifalaridan biri - innovatsiyaviy jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini shakllantirishdir va u quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi: - innovatsiyaviy menejmentning tegishli nazariy bazasini ishlab chiqish; - innovatsiyaviy menejment sohasida mavjud muammolarni yechish uslublarini asoslash; - innovatsiyaviy jarayonlar samaradorliginibaholash uslubiyoti va ularga ta’sir koʻrsatish vositalarini ishlab chiqish. Innovatsiyaviy jarayonni uchta mantiqiy shaklga ajratish mumkin: oddiy korxona ichidagi (natural), oddiy korxonalararo (tovar) va kengaytirilgan. Innovatsiya diffuziyasi - bu shunday jarayonki, uning vositasi yordamida innovatsiya, vaqt mobaynida, ijtimoiy tizim a’zolari oʻrtasida kommunikasion kanallar orqali uzatiladi. Innovatsiyalar sifatida tegishli xoʻjalik yurituvchi subʼyekt uchun yangi boʻlgan gʻoyalar, predmetlar, texnologiyalar va h. xizmat qilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda diffuziya - bir marta oʻzlashtirilgan va foydalanilgan innovatsiyani yangi sharoit yoki joylarda tarqatishdir. Yangi mahsulotlarning oʻziga xosligini tadqiq etgan holda, innovatsiyaviy faoliyatni boshqarishni tashkil etish boʻyicha bir qator cheklashlarni ifodalash mumkin: - ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal shaklini barpo etishni murakkabliligi; - innovatsiyaviy va kundalik ishlab chiqarish jarayonining sifat farqi; - innovatsiyaviy jarayonning turli bosqichlarida turli xil boshqaruv tizimlarini qoʻllash zaruriyati; - bozor ehtiyojlariga adekvat javob qaytaradigan, innovatsiyaviy faoliyatni boshqarishning egiluvchan tizimini barpo etish zaruriyati. 27 3.1-rasm. Korxona innovatsiyaviy faoliyatini boshqarish tizimi Download 123.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling