Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


 Agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorijiy tajribalari


Download 123.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi123.68 Kb.
#1634045
1   2   3
Bog'liq
3-Mavzu. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish (1)

2. Agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorijiy tajribalari. 
Qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarini ilmiy yutuqlar, innovatsiyaviy 
texnologiyalar va xoʻjalik yuritish uslublari, ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari 
toʻgʻrisidagi axborotlar bilan qurollantirish va ularni takomillashtirish innovatsiyalarni 
tezlashtirishning amaliyot uchun muhim boʻlgan mexanizmi hisoblanadi. Agrosanoat 
majmuining xoʻjalik faoliyati yurituvchi sub’ektlariga innovatsiyaviy xizmat koʻrsatish 
hamda innovatsiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha qoʻllab-quvvatlash vazifasini hozirgi 
kunda intensiv rivojlanayotgan maslahat berish tizimiga yuklash mumkin, chunki tizim 
tomonidan axborot resurslarini shakllantirish, ilmiy-texnik yutuqlarni tarqatish va 
oʻzlashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishida 
innovatsiyalar transfertining mohiyati sifatida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar 
jamlamasi xizmat qiladi. 
Transfert (frantsuzcha transfert, lotincha transferre soʻzlaridan olingan) – 
texnologiyalar biror bir axborot kanallaridan foydalangan holda uning shaxsiy yoki 
jamoaviy tashuvchidan boshqasiga tomon harakatlanishi, demakdir. Texnologiyalar 
transferti 
innovatsiyaviy 
jarayonni 
amalga 
oshirishning, 
texnologiyalarni 
tijoratlashtirishning muhim vositasidir. Innovatsiyalar transferti majmuaviy tushuncha 
boʻlib, u zarur innovatsiyaviy mahsulotni tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
oʻzlashtirish maqsadida qishloq xoʻjalik iqtisodiyotining real sektoriga bevosita 
uzatishgacha boʻlgan izlash jarayonini oʻz ichiga oladi. 
Innovatsiyalar pirovard iste’molchigacha iloji boricha tezroq yetib borishi uchun, 
jahon amaliyoti tomonidan turli mexanizmlar ishlab chiqilgan. Ularning asosiysi - 
innovatsiyalar transferti - ya’ni ilmiy-texnik bilimlar va tajribalarni uzatish hisoblanadi. 
Ikkinchi mexanizm innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilarining ularni pirovard 
iste’molchigacha yetkazish boʻyicha mustaqil hatti-harakatlari bilan bogʻliq. Ushbu 
munosabat bilan innovatsiyalar transferti ham ilm-fan, ham amaliyot uchun yanada 
katta dolzarblikka ega boʻladi. Innovatsiyalar transferti - yangi qimmatliklarni 
tashuvchi sifatida, innovatsiyalardan foydalanish huquqini innovatsiyaviy sub’ektning 
boshqa sub’ektlariga berishdir. Innovatsiyalarning tijorat transferti yangilikni sotishdan 
daromad olish maqsadida amalga oshiriladi. Innovatsiyalarning notijorat transferti esa, 
asosan, fundamental tadqiqotlar sohasidagi yangi bilimlar bilan bogʻliq. Innovatsiyalar 
notijorat transfertiga misol tariqasida anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar, 
koʻrgazmalar; maxsus adabiyotlarning axborot massivlari, magnit tashuvchilardagi 
axborot; olim va mutaxassislar migratsiyasini keltirish mumkin. 
Transfert - innovatsiyalar oldinga harakatlanishining asosiy shakli sifatida xizmat 
qiladi va litsenziyalashtirish; patentlar, texnik hujjatlar, nou-xau, uskunalar lizingi yoki 
xarid 
qilinishiga 
oid 
texnologik 
ma’lumotlar; 
seminarlar, 
simpoziumlar, 
koʻrgazmalardagi axborot ayirboshlash; injiniring va h.larni oʻz ichiga oladi. Qishloq 
xoʻjaligi ishlab chiqarishiga innovatsiyalar transfertining iqtisodiy mohiyati - ilmiy-
texnik mahsulot ishlab chiqaruvchilar, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi 
innovatsiyaviy ta’minoti sohasida transfert harakatlarini amalga oshiruvchi tuzilmalar 
va innovatsiyalar iste’molchilari boʻlmish qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 
oʻrtasida yuzaga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar yigʻindisi sifatida 


30
namoyon boʻladi. Texnologiyalar transfertini texnologiyalarni joriy qilish bilan qoʻllab 
yubormaslik lozim, texnologiyalarni joriy qilish - bu transfert bosqichlaridan biridir. 
Birinchi navbatda fundamental tadqiqotlar, keyinchalik tajriba-konstruktorlik ishlari 
bajariladi va undan keyingina texnologiyalar joriy qilinadi. Ularning natijasi sifatida 
biror gʻoyalar, ilgari suriladigan va asoslanadigan hisobot xizmat qiladi. Bundan soʻng 
navbat amaliy ilmiy-tadqiqot ishiga keladi va uning natijasida biz nafaqat hisobot, balki 
uskuna, asbob, texnologiyaning tajribaviy namunasiga ega boʻlamiz. Amaliy ITIdan 
keyin tajribaviy-konstruktorlik yoki tajribaviy texnologik ish boshlanadi, uning natijasi 
sifatida eksperimental namuna va konstruktorlik hujjatlari komplekti xizmat qilib, bu 
hujjatlar asosida muayyan biror narsa yaratish mumkin boʻladi. Undan keyingina joriy 
qilish bosqichiga oʻtiladi. 
Texnologiyalar transferti ilmiy-texnik xizmat koʻrsatish, texnologik jarayonlarni 
qoʻllash, mahsulot ishlab chiqarish uchun ilmiy-texnik bilimlar va tajribalarni 
yetkazishdir. Bilim va tajribaning amalda yetkazilganlik mezoni ishlab chiqarish 
maqsadlari uchun taqdim etilgan texnologiyalarni faol qoʻllashdan iborat. 
Innovatsiyalar transfertining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi – innovatsiyaviy 
mahsulotni tashuvchidan (ishlab chiquvchi, mulkdor) iste’molchigacha boʻlgan 
harakatini ta’minlash boʻyicha innovatsiyaviy faoliyat uslublari va shakllari 
yigʻindisini aks ettiradigan iqtisodiy kategoriyadir. 
Innovatsiyalar transfertining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi, iqtisodiy tizim 
sifatida ikkita quyi tizimni oʻz ichiga oladi: tashkiliy va iqtisodiy. Tashkiliy tizimga 
tugallangan ilmiy ishlanmalar va boshqa innovatsiyaviy mahsulotni tanlash 
mexanizmini, innovatsiyaviy-transfert faoliyatini boshqarish va takomillashtirishni 
kiritish mumkin. Ushbu tizimga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish 
markazi innovatsiyaviy resurslarining shakllantirilgan ma’lumotlar bazasini kiritish 
muallif tomonidan taklif qilinadi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish 
markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa 
respublika qishloq xoʻjaligiga tegishli ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlar agrar 
sohada ilmiy-amaliy siyosatni amalga oshiruvchi markaz hisoblanadi. Ilmiy markaz 
tarkibiga ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy stantsiyalar, 
institutlar filiallari, tajriba xoʻjaliklari va dalalari, tayanch punktlar, markaziy apparat 
va uning hududiy boʻlimlari va boshqalar kiradi. Markaz barcha ilmiy muassasalar va 
oliy oʻquv yurtlari tomonidan amalga oshiriladigan agrosanoat majmuasi sohasidagi 
ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida xizmat koʻrsatadi. Markaz oʻz 
ishini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish 
boʻyicha Qoʻmita va boshqa vazirlik va muassasalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va 
oliy oʻquv yurtlari bilan xamkorlikda olib boradi. 
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi loyihalar tanlovi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-
ishlab chiqarish markazi tomonidan amalga oshiriladi, innovatsiyaviy ishlanmalar 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar 
rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoʻmita tomonidan tanlov asosida 
moliyalashtiriladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Ilmiy-tadqiqot institutlarining tajriba 
xoʻjaliklari va dalalarida sinovdan oʻtkaziladi. Ilmiy muassasalar tajriba xoʻjaliklari 
respublika urugʻchilik xoʻjaliklarini don ekinlari, paxta, sholi, sabzavotlar va boshqa 


31
qishloq xoʻjaligi ekinlarining elita va superelita urugʻlari bilan ta’minlaydi, xoʻjaliklar 
va fermerlarni zotli qoramol bilan ta’minlash boʻyicha ish olib boradi. 
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan yakuniga 
yetkazilgan innovatsiyaviy ishlanmalar toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish funktsiyasini 
axborot-maslahat markazlari zimmasiga yuklash maqsadga muvofiqdir. Davlat 
innovatsiyaviy siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy uslublariga innovatsiyaviy 
dasturlarni amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni yaratishni kiritish 
mumkin: Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan eng muhim loyihalarni moliyalashtirish, 
innovatsiyaviy faoliyatni ragʻbatlantirish va boshqalar shular jumlasidandir. 
Respublikada innovatsiyaviy faoliyat davlat tomonidan qonunchilik va egiluvchan 
soliqqa 
tortish, 
davlat 
va 
muassasa 
jamgʻarmalari, 
davlat 
tomonidan 
moliyalashtiriladigan yirik dasturlar orqali tartibga solinadi. Ustuvor davlat dasturlari 
boʻyicha innovatsiyaviy loyihalarni amalga oshirish mas’uliyati Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini 
muvofiqlashtirish boʻyicha Qoʻmita zimmasiga yuklatilgan. Ilmiy sigʻimga ega 
boʻlgan mahalliy innovatsiyaviy texnologiyalarni ilgari surish bilan Iqtisodiyot 
vazirligi qoshidagi texnologiyalar transferti Agentligi shugʻullanadi, mahalliy 
innovatsiyalarning Patent himoyasini esa Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk 
agentligi amalga oshiradi. eksport innovatsiyaviy yetkazib berishlar va investitsiyalarni 
jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo 
Vazirligi koʻmagi bilan amalga oshiriladi. YUqorida bayon etilganlar asosida qishloq 
xoʻjaligi ishlab chiqarishiga texnik-texnologik innovatsiyalar transfertini tezlashtirish 
uchun, qishloq xoʻjaligi boʻyicha innovatsiyalar transfertining takomillashtirilgan 
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atiga ega mamlakat sifatida 
dunyoda eng oldingi oʻrinlardan birini egallab turibdi. Bu mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligi yuqori ekanligidan darak 
beribgina qolmasdan, milliy xoʻjalikning xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashuvi 
kamayib, ishlab chiqarishning diversifikatsiyalashuv darajasi esa jadal oshib 
berayotganini tasdiqlaydi. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, ilgʻor ishlab chiqarish 
texnologiyasining amaliyotga kirib kelishi juda sust kechmoqda. Resurs xarajati 
yuqoriligicha kolmoqda. Bu, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 
agrobiznes tizimiga oʻtkazishni taqozo etmoqda. 
Mamlakatimizda koʻplab iqtisodchi olimlar tomonidan oʻrganilayotgan bu 
muammo yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin, innovatsiyaviy tadqiqotlarni 
oʻtkazish va ularning natijasini amaliyotga qoʻllash uchun “innovatsiyaviy marketing” 
usullarini oʻrganishga kam e’tibor berilmoqda. Ushbu muammoni oʻrganish va 
mamlakatimiz korxonalarida innovatsiyaviy marketing usullarini qoʻllashni yoʻlga 
qoʻyish bugungi kunda eng dolzarb va jiddiy e’tibor talab qiluvchi ilmiy tadqiqot 
yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 
Innovatsiyalar nazariyasida yangi mahsulotlarni yaratish va ularni amaliyotga 
joriy qilishda ijtimoiy - iqtisodiy omillarning ta’siri va roliga katta e’tibor berilib, 
mahsulotning bozorda tarqalishi va ommalashuvida qaysi omillar kuchli rol oʻynashi 
va istemolga ta’sir koʻrsatishi chuqur oʻrganilgan. Frantsuz sotsioligi Gabriel Tarde 
1903 yilda yozilgan “Imitatsiya qonunlari” nomli kitobida nima uchun ayrim 


32
innovatsiyalar jamiyatda tez tarqaladi, qolganlari esa e’tiborsiz qolib ketadi, dagan 
fikrni asoslab bergan. G. Tarde “S” harfi shaklida egri chiziq modelini ishlab chiqqan 
va ijtimoiy - iqtisodiy omillar ta’siri ostida ijtimoiy yetakchilik fikrini ilgari surgan. G. 
Tarde fikriga koʻra, shaxs qanchalik kosmopolitan (dunyoqarashi keng va yangilikka 
intiluvchan) boʻlsa, u jamiyatga innovatsiyaviy yangiliklarning kirib kelishiga 
shunchalik hayrihoh boʻladi. 
Qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarning tarqalish (diffuziya) kontseptsiyasi Ayova 
shtati universiteti (AQSH) professori Bryus Ryan va Nil L. Grosning 1943 yildagi 
tadqiqotlari 
– 
makkajoʻhorining 
yangi 
gibrid 
navi 
fermerlar 
oʻrtasida 
ommaviylashuviga oid tadqiqotlarida birinchi marotaba chuqur oʻrganilgan. Ikkinchi 
jahon urushi tugagandan soʻng Ayova shtatidagi universitetda ishlagan professorlar 
diqqat-e’tiborlarini qishloq xoʻjaligi muammolaridan fermerlar orasidagi insoniy 
munosabatlarga koʻproq qarata boshlashgan. Bunga yangi mahsulot turlari, turli xil 
kimyoviy dorilar va mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik mashinalari paydo boʻlishi turtki 
bergan. Biroq, ayrim fermerlar yangiliklarni qabul qilishni xohlamaganlar va eski 
usullar va vositalardan foydalangan holda ish yuritishni afzal koʻrishgan. Nil L.Gros 
ilmiy tadqiqotlarida miqdoriy usullarni qoʻllashga oid yondashuvi bilan nom qozongan 
olim boʻlgan. 
Bryus Ryan va Nil L. Gros erishgan ilmiy yangilik shundan iboratki, ular Ayova 
shtati fermerlari nima uchun yangi gibrid makkajoʻxori navini qoʻllashga qarshilik 
koʻrsatishayotganini aniqlashda sifat koʻrsatkichlariga emas, miqdoriy koʻrsatkichlarga 
koʻproq e’tibor berishgan va sababini aniqlashgan. YAngi gibrid makkajoʻxori navi 
avvalgi navlarga nisbatan afzalliklarga ega, jumladan, yashovchan, ya’ni koʻplab 
kasalliklarga chidamli boʻlgan. Biroq, yangi makkajoʻxori navining noqulayligi 
shundan iborat boʻlganki, u reproduktivlik xususiyatiga ega boʻlmagan. Bu shuni 
anglatganki, shtat fermerlari uchun makkajoʻhori donini sotib olish depressiya davrida 
qimmat tuyulgan. Natijada, yangi nav fermerlarga koʻproq foyda keltirishiga qaramay, 
urugʻining narxi tufayli amaliyotga joriy qilishga qiziqish uygʻotmagan va mahsulot 
bozorda tarqalishiga toʻsiq boʻlgan. Lekin, vaqt oʻtishi bilan yangi gibrid makkajoʻhori 
navi shtat fermerlari oʻrtasida keng tarqala boshlagan. Bryus Ryan va Nil L. Gros oʻz 
tadqiqotlarida qaysi sabablarga koʻra yangi gibrid makkajoʻxori navi fermerlar 
oʻrtasida keng tarqaldi, degan savolga javob topishgan. Ularning tadqiqotida «YAngi 
makkajoʻxori navi tarqalishida Ayova shtati fermerlari oʻrtasida ommaviy axborot 
vositalari xabarlari asosiy ta’sir kuchiga ega boʻlganmi yoki fermerlarning oʻzaro 
muloqoti natijasida tarqalgan xabarlar koʻproq ta’sir qilganmi?» - degan savol 
qoʻyilgan. Olingan natija shunday xulosa berganki, axborotning ikkala kanali ham turli 
funktsiyani bajargan. Masalan, ommaviy axborot vositalari birlamchi axborot manbai, 
ya’ni, fermerlarni yangi mahsulot turi bilan tanishtiruvchi vazifasini bajargan boʻlsa, 
fermerlarning oʻzaro muloqoti ular yakuniy qaror qabul qilishiga kuchli ta’sir 
koʻrsatgan. Bu esa shunday muhim xulosani qilishga imkon bergan: yangi 
innovatsiyaviy mahsulotni amaliyotga joriy qilishda shtat fermerlari oʻrtasidagi oʻzaro 
aloqalar asosiy rol oʻynagan, lekin xabar tarqatishda ommaviy axborot vositalariga oʻta 
bogʻliqlik yangilikni joriy etishga kuchli turtki bergan. 
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalarining innovatsiyaviy faoliyatini 
jonlashtirishda, ayniqsa, fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarishga yangiliklarni olib 


33
kirish imkoniyatlarini kengaytirishda diffuziya va kommunikatsiya nazariyalari 
xulosalaridan foydalanish shart. Chunki, nazariy yondashuvlarni bilmasdan turib 
potentsial xaridorlar bilan ishlash natija bermasligi aniq. Innovatsiyalar diffuziyasi 
nazariyasiga oid xulosalarga tayanadigan boʻlsak, respublikamizning qishloq xoʻjalik 
korxonalarida yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini ommaviylashtirishda oliy ta’lim 
muassasalari negizida innovatsiyaviy laboratoriyalarni tashkil etish va ularni kerak 
boʻlgan ofis texnikasi va mutaxassislar bilan ta’minlash lozim. Keyingi bosqichda esa, 
oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari innovatsiyaviy ishlanmalarining 5ta 
bosqichdan iborat ketma-ketlik asosidagi adaptatsiya tsiklini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish 
kerak. 
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin: 
-mamlakatimizda bilimlar iqtisodiyotiga oʻtish jarayoni qishloq xoʻjaligida ham 
agrobiznes tamoyillarini keng qoʻllashni taqozo etmoqda. Buning uchun fan va ishlab 
chiqarishning integratsiyalashuvini kuchaytirishga e’tibor qaratibgina qolmasdan, uni 
kerakli infratuzilma bilan ta’minlash zarur. Bunda oliy ta’lim muassasalari negizida 
innovatsiyaviy laboratoriyalar tashkil etishga asosiy e’tibor qaratish lozim; 
innovatsiyaviy mahsulotni ommaviylashtirishda shaxslararo oʻzaro muloqotga asosiy 
e’tibor berish kerak va tadqiqotchiga istemolchilar bilan samarali muloqot modelidan 
foydalanishni oʻrgatish zarur. Model potentsial istemolchilar bilan yuzma-yuz muloqot 
koʻrinishida tashkil etilishi eng yaxshi samara beradi, deb hisoblash mumkin. Biroq, 
buning uchun koʻrgazmali vositalardan foydalanishga e’tibor berish kerak. 
Innovatsiyaviy mahsulot yoki yangi ishlab chiqarish texnologiyasini sinovdan 
oʻtkazish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki, sinovdan oʻtmagan 
mahsulotni omaviylashtirish uni reklama qilishni ham qiyinlashtiradi. 
Innovatsiyaviy rivojlanishning metodologik bazasining majburiy elementi sifatida 
ilmtalab ishlab chiqarishning rivojlanishi darajasi va iqtisodiyotga intellektual 
resurslarni jalb etish darajasini qayd etish mumkin. 
Innovatsiyaviy faollikni 3ta daraja boʻyicha tahlil etish mumkin: 
1. Global darajada – mamlakatlarning geografik va sotsial-iqtisodiy mezonlariga 
qarab. 
2. Milliy darajada – ma’lum bir mamlakatning rivojlanganlik holati, mavjud 
muammolar hamda taraqqiyotning kuchli va kuchsiz tomonlariga qarab. 
3. Hududiy darajada – mamlakat hududlarining farqlanishiga qarab. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaviy rivojlanishi modellarining uch 
turi farqlanadi: 
1. Fanda peshqadamlikka, ilmiy ishlab chiqarish jarayonining barcha 
bosqichlarini 
qamrab 
oladigan, 
qoida 
tariqasida, 
ilmiy-innovatsiyaviy 
imkoniyatlarning mudofaa sektoridagi ulushi ancha katta boʻlgan keng koʻlamli 
maqsadli loyihalarni amalga oshirishga qarab moʻljal oladigan mamlakatlar (AQSH, 
Angliya, Fransiya)
2. Innovatsiyalarni tarqatish, qulay innovatsiyaviy muhitni yaratish, iqtisodiyot 
strukturasini oqilonalashtirishga qarab moʻljal oladigan mamlakatlar (Germaniya, 
Shvetsiya, Shveytsariya) 
3. Innovatsiyaviy infratuzilmani rivojlantirish, jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti 
yutuqlariga ta’sirchanlikni ta’minlash, fan va texnologiyalar sohasida turli 


34
sektorlarning 
harakatlarini 
muvofiqlashtirish 
yoʻli 
bilan 
innovatsiyalarni 
ragʻbatlantiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya)
Iqtisodiyotning innovatsiyaviy taraqqiyoti - bu intellektual salohiyat, ishchi va 
xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimlari, tovar yaratishdan tortib uni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgungacha barcha bosqichlar boʻlib, bundagi 
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi boʻlib xizmat qiladi. 
Bugungi sharoitda innovatsiyaviy, aynan bilimlarga asoslangan, malakali ishchi 
kuchini oʻzida mujassam etgan yuqori fan sigʻimiga ega boʻlgan texnologik iqtisodiyot 
raqobatbardosh boʻladi. 
Innovatsiyaviy taraqqiyotda innovatsiyalarning chiziqli modeli bu ishlab 
chiqilgan fundamental ilmiy gʻoyalar amaliy tadqiqotlar bilan bogʻliqda boʻlishini 
anglatadi. 
Ayni paytda innovatsiyalarning koʻp sonli manbalari modelida innovatsiyalar 
innovatsiyaviy tizimning istalgan qismida yuzaga kelishi mumkin. 
Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bevosita yuqori texnologiyalarga 
asoslangan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni 
texnik yangilash orqaligina ta’minlanishini rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi 
koʻrsatmoqda. Ma’lumki, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi turli soha va tarmoqlarda, 
mikro va makro koʻlamda oʻziga xos shakl va darajalarda namoyon boʻladi. Bu 
bosqichma-bosqich milliy mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishni, 
buning uchun real iqtisodiy sektor korxonalari hamda milliy soha va tarmoqlar 
raqobatbardoshligiga erishishni talab etadi. Demak, ta’kidlab oʻtilgan soha va 
yoʻnalishlarda barqaror oʻsishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri raqobat 
muhitini yaxshilash hisoblanadi. 
Milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishda tarkibiy oʻzgartirish va 
diversifikatsiyalash, sanoatda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab 
chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirish, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni 
modernizatsiya qilish va texnik yangilash, yalpi ichki mahsulotning energiya va 
material sigʻimini kamaytirish muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Buning uchun 
albatta, mamlakatda innovatsiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish va rivojlantirish 
zarur. Hozirda rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaviy faollikni oshirish, ya’ni, ishlab 
chiqarishga innovatsiyaviy yondashuv hisobiga sanoat korxonalarini rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratgan. Natijada muayyan tarmoqlarda sanoat ishlab chiqarishining 
samarali amalga oshirilishi evaziga innovatsiyaviy faollikni yanada kuchayishi 
kuzatilmoqda. Chunki sanoat korxonalarida innovatsiyaviy mahsulotlar yaratish va 
xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengayishi oʻz navbatida, ishlab chiqarish jarayonining 
yangi yoʻnalishlarini joriy qilish, ish oʻrinlarni tashkil etish hamda tashqi aloqalarning 
kengayishiga sharoit yaratadi. Buni sanoati oʻsib borayotgan xorij mamlakatlari 
tajribasida koʻrishimiz mumkin. 
Hozirgi davrda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish borasidagi innovatsiyaviy 
yondashuvning asosiy maqsadi, birinchidan, ishlab chiqarishni ilmiy hajmdor yuqori 
texnologiyalar asosida tashkil etish, inson kapitaliga yoʻnaltirilayotgan investitsiya va 
qoʻyilmalarning salmogʻini oshirish hamda mamlakatdagi barcha ishlab chiqaruvchi, 
xizmat koʻrsatuvchi sub’ektlar tomonidan xaridorlarni har qanday yangilikka boʻlgan 


35
ehtiyojini qondirish hisoblansa, ikkinchidan, ishlab chiqarishda qoʻshilgan qiymatni 
orttirishdan iborat. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1. Innovatsiya haqida tushuncha bering. 
2. Innovatsiya turlari? 
3. Qishloq xoʻjaligida innovatsiyaviy faoliyat nimadan iborat? 
4. Innovatsiyalarning samaradorlik koʻrsatkichlari? 

Download 123.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling