O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining maqsadi va vazifalari


Download 1.44 Mb.
bet5/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

3. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanining maqsadi va vazifalari
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanini o‘qitishning maqsadi – iqtisodiy va moliyaviy noaniqliklar manbai bo‘lgan globallashuv va xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash sharti sifatida iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasini keng o‘rganish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning darajalari va tahdidlarini iqtisodiyot tarmoqlariga ta‘sirini o‘rganish, innovatsiya va investitsiyalarning iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashdagi o‘rni, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning iqtisodiy o‘sishga ta‘sirini baholash, iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash sharti ekanligini ko‘rib chiqqan holda talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimni shakllantirishdir.
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanini o‘rganishning asosiy vazifalariga:

  • mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;

  • milliy iqtisodiyotni jahon bozoriga integratsiya qilish sharoitida mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta‘sir etuvchi iqtisodiy jinoyatchilik tahdidlarini aniqlash va baholash;

  • respublika iqtisodiyoti taraqqiyotining xarakterli xususiyatlarini o‘rganish va rivojlanish istiqbollarini belgilash;

  • iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi qarshi kurashish yo‘llarini belgilash;

  • iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish choralarining xorij tajribasini o‘rganish va mamlakatimiz sharoitiga mos keladigan jihatlarini qo‘llash va boshqalar kiradi.



2-mavzu. Iqtisodiy jinoyatchilikning umumiy tavsifi va turlari


1. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning umumiy tavsifi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling