O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilishi


Download 1.44 Mb.
bet62/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

3. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilishi

Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bilan kurashish to‘g‘risida xalqaro Konvensiya normalari yoxud huquqiy hamkorlik to‘g‘risidagi maxsus shartnomalar orqali boshqariladi. Rivojlangan mamlakatlar va ayrim boshqa davlatlar o‘rtasidagi jinoyat ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar tuzilganligi alohida ahamiyatga kasb etadi.
Hozirgi davrda jinoyatchilikka qarshi kurashda ikki tomonlama shartnomalar borgan sari keng tus olmoqda. Ikki tomonlama shartnomalar davlatlar manfaatini va ular o‘rtasidagi aniq muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida huquqiy yordam ko‘rsa tishni o‘zining mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
a) huquqbuzarlarni qaytarib berish bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
b) sud topshirig‘i asosida guvohlarning ko‘rsatmalarini yig‘ish, ashyoviy dalillarni ko‘rib chiqish uchun taqdim etish va boshqa zarur bo‘lgan hujjatlarni ko‘rsatish borasida yordam berish.
Huquqiy yordam ko‘rsatishning birinchi turi asosiy hisoblanadi. U yetarli o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, turli bosqichlarda huquq- buzarlarni qaytarib berish to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlar bilan batafsil reglamentatsiya qilingan. Davlatlar ushbu harakatlarni o‘zaro kelishilgan holda hal qilish uchun bir-birlari bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida maxsus konvensiyalar qabul qiladilar va konvensiyalarning ko‘p qismi jinoyatchilarni qaytarib berish shartlariga tegishli bo‘ladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida huquqiy yordam ko‘rsatishning ikkinchi turi ham xalqaro shartnomalar bilan reglamentatsiya qilingan va o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:

  • bunday yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar;

  • alohida turdagi jinoyatlarga qarshi kurash olib borish maqsadida davlatlar o‘rtasida qabul qilinayotgan ko‘p tomonlama konventsiyalar;

  • tegishli yordam olish to‘g‘risida hukumatlararo va tashkilotlararo qabul qilinayotgan shartnomalar.

Quyida jinoyatchilarni qaytarib berish institutining yuridik tabiatini ko‘rib chiqamiz. Umumiy qoidaga ko‘ra, bu – xalqaro xarakterdagi jinoyatlarni sodir etgan jismoniy shaxslarni qaytarib berishdir. Boshqacha qilib aytganda, jinoyatchilarni qaytarib berish instituti deyilganda, xalqaro huquq normalariga muvofiq jinoyat- chilarni boshqa bir davlatga jinoiy jazoni ijro etish uchun qaytarib berish jarayoni tushuniladi.
Berilgan tushunchalardan ko‘rinib turibdiki, xalqaro hamkorlik asosida huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha masalalar davlatlarning vakolatlariga kiradi. Faqatgina davlat xalqaro shartnomalarni qabul qiladi, o‘zining qonunlarini tasdiqlaydi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi amaliy faoliyatini ijro etadi.
Hozirda umum e‘tirof etilgan nuqtai nazarlardan biri - jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish, jumladan jinoyatchilarni qaytarib berish davlatning mutlaq huquqidir, lekin uning majburiyati emas. Bunday nuqtai nazar davlat suverenitetini to‘la-to‘kis hurmat qilish to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy prinsipga mos keladi va davlatlararo amaliyotda o‘z isbotini topmoqda. Jinoyatchilarni qaytarib berish to‘g‘risida talab yoki huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos, agar xalqaro shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, diplomatik yo‘llar orqali yuboriladi.
Shunday qilib, jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish muammosini nafaqat ikki tomonlama huquqiy hujjatlar, balki xalqaro huquqning o‘zaro hamkorlik prinsipiga rioya qilgan holda, davlatlarning milliy qonunchiligi asosida ham hal etish imkoniyati yaratildi. Bu prinsip xalqaro munosabatlarda qadimdan amal qiladi va uni, shubhasiz, o‘zaro hamkorlik huquqi deb atasa ham bo‘ladi.
Masalan, Yevropa konvensiyasiga muvofiq, uning ishtirokchilari - Yevropa Kengashiga kiruvchi davlatlar o‘z zimmalariga o‘zaro hamkorlik asosida so‘rovnoma jo‘natayotgan tomonning sud organlari yurisdiksiyasiga kiradigan jinoyatlar uchun jinoiy ta‘qib masalalari bo‘yicha keng miqyosda huquqiy yordam ko‘rsatishni oladilar.
Konvensiyaga muvofiq, quyidagi hollarda so‘ralayotgan yordamga rad javobi berilishi mumkin:

      1. so‘rovnoma jo‘natayotgan davlat siyosiy jinoyat deb hisoblaydigan jinoyatlar bo‘yicha yordam ko‘rsatish;

      2. agar so‘ralayotgan davlatning fikriga ko‘ra, yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosni bajarish, uning suverenitetiga, xavfsizligiga, jamoat tartibiga ziyon yetkazishi mumkin deb hisoblanadigan bo‘lsa.

1959 yilgi Yevropa konvensiyasining qoidalari 1968 yilgi Xorijiy qonunchilikka taalluqli ma‘lumot to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi va unga 1978 yildagi Qo‘shimcha protokol, 1970 yildagi Voyaga yetmaganlarning repartatsiyasi to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi, 1972 yildagi Jinoyat ishlari bo‘yicha hujjatlarni berish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi, 1977 yildagi Huquqiy yordam to‘g‘risidagi arizalarni berish to‘g‘risidagi Yevropa kelishuvi, 1970 yildagi Jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining xalqaro harakatdaligi to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi hamda 1964 yildagi shartli ravishda sudlangan yoki muddatdan oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan huquqbuzarlar ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi orqali aniqlashtiriladi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling