O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Xorazmshohlarning davlat boshqaruvi
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy hayot.
Xorazmshohlarning davlat boshqaruvi. Anushteginiylar davrida davlat boshqaruvi ham avval boshqargan sulolalar boshqaruvidan farq kilmagan. Ularda ham davlat boshqaruvi iki tizimdan: dargox va devondan iborat bo‘lgan. Dargoxda Xorazmshohlarning vazifalarini bajaruvchi bir necha lavozimlar mavjud bo‘lgan. Devonlar faoliyati ham xuddi saljuqiylar va G‘aznaviylar davlati kabi 5ta devondan iborat bo‘lgan. Fakatgina ularda yana bir devon bo‘lib uning nomi xos deb yuritilgan,bu maxsus devon bo‘lib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan mashgul bo‘lgan.
Xorazmshohlar qo‘shini haqida gapirilganda, bu qo‘shin o‘z davrining eng qudratli lashkariga ega bo‘lgan. Sulton Muhammad ixtiyorida 600 ming otlik askar bo‘lgan. Mugullar bosqini arafasida Xorazmshohlar taxminan 600 ming otlikni o‘z kul ostida birlashtirgan. Oliy hukmdorning maxsus shaxsiy qo‘shini ham bo‘lgan. Bu gvardiya 10 ming kishini tashkil qilgan. Bu jangchilarni paxlovonlar deyishgan. Madaniy hayot. Xorazmshohlar davrida fan va madaniyat rivoji a’lo darajada bo‘lgan. Ayniksa, sulton Takash va Alouddin Muhammad davrida madaniy hayot ravnak topgan. Xorazm she’riyat maktabining deyarli barcha vakillari saroy shoirlari edi. Xorazmshohlarning barcha namoyondalari keng bilimli kishilar edi. Ular san’atni kadrlaganlar, nazmda ijod qilib, musika asboblarida kuy chalishni bilganlar. Bu zamonda madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan tuldirish, iste’dod soxiblarini jalb qilish va nodir manbalarni asrash kabi odatlar rivojlangan. Xorazmshohlar davrida olimu-fo‘zalolarga xomiylik ko‘rsatilib, mamlakatda ilmu-fan bilan shugullanishga shart-sharoit yaratib berilgan edi. Bu yurtda ko‘plab matematiklar,yuldo‘zshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf kabi olimlar o‘z saloxiyatlarini namoyon qilib faoliyat yuritganlar va Xorazm shon-shuxratini olamga tanitganlar. Xorazmda Beruniy ma’lumotiga ko‘ra, yangi Avesta kalendaridan foydalanishgan. Xorazmliklarda quyosh kalendari bo‘lib, u 365 kun, 12 oydan iborat bo‘lgan. Har bir oy 30 kun bo‘lib, o‘ziga xos nomlar bilan atalgan. Qolgan 5 kuni oxirgi oyga qo‘shilgan.Lekin unda qo‘shimcha 6 soat inobatga olinmagan61. In the countries of Central Asia, the Persian, Sogdian and Khwarazmian calendars were known from ancient times. All these were solar calendars in which the year was composed of 12 months of 30 days. Five days were added on at the end of the year or after thetenth month, so that the year had 365 days Xorazmshohlar davlati mamlakatni boshqarishda, tashki va ichki siyosatida, ilm va ma’rifat ravnaki yo‘lida olib borgan sayi-harakatlari bilan tariximiz zar varaqlarida o‘chmas iz qoldirdilar. Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling