SUYURGOL
|
СУЮРГАЛ
|
Suyurg’ol
|
– birorhukmdor tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan shaxslarga berilgan in’om. Uning egasi davlat soliqlaridan ozod etilib, olgan daromadlaridan o’z ixtiyoricha foydalanish huquqiga ega bo’lgan.
|
TAMG’A
|
ТАМГА
|
Tamg’a
|
– savdoboji. Savdogarlardan olinadigan soliq.
|
TEMURIES
|
ТИМУРИДЫ
|
Temuriylar
|
– 1370-1507-yillarda Movarounnahr, Afg’oniston, Eron, Ozarbayjonda hukmronlik qilgan sulola. Asoschisi mashhur sarkarda va yirik davlat arbobi Amir Temur. U XIV asrning 40-yillarida Chig’atoy ulusida kuchayib ketgan feodal tarqoqlik oqibatida hokimiyat tepasiga kelgan. Samarqand va Hirot shaharlari Temuriylar davlatining poytaxti bo’lgan. 1405-yilda Amir Temur vafotidan so’ng uning saltanatini o’g’illari va nabiralari ikki qismga bo’lib idora qila boshladilar. Shohrux Mirzo (1409-1447), Ulug’bek (1447-1449) va Abu Saidlar (1451-1469) bir vaqtning o’zida ham Xuroson, ham Movarounnahrning oliy hukmdorlari bo’lishgan.
|
FAIR
|
ТИМ
|
Tim (toq)
|
– o’rta asrlarda usti yopiq bozor.
|
LAW
|
УЛОЖЕНИЕ
|
Tuzuk
|
– qonun. Turk-mo’g’ul xalqlari orasida amalda bo’lgan qonun-qoidalar.
|
|