O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 1-masala Somoniylar
- 2-masal a
22.Mavzu: Qoraxoniylar davlati.
Mavzu rejasi: Qoraxoniylar davlatining tarixining o‘rganilishi Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi. Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti. Adabiyotlar: Кочнев Б. Д., Нумизматическая история Караханидского каганата (991—1209 гг.). Москва «София», 2006, 3-56 стр. Гунгур Э. Тарихда туркий давлатлар Т.: 2003, 3-56 betlar. Кошевар В. Г. О хронологии правления восточных караханидов во 2-й пол. XI в. // МИАК, Вып. 4. — Бишкек, 2009. 35-47 betlar. 1-masala Somoniylar - 910-asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi sulolasr Somoniyning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi bo‘lmish Somonxudot ismi bilan bog‘liq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (X-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlog‘idan, alMukaddasiy (X-asr) ning maʼlumotiga ko‘ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan bo‘lgan. "Saʼdiya" nomli asar (XVII-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, uning asl ismi Arquq bo‘lib, u Farg‘onadan Termizga ko‘chib kelgan va u yerda Somon nomli qishlog‘iga asos solgan.O‘rta asrlarda Buxoro, Farg‘ona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo‘lganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi bo‘lganligidan dalolat beradi. Ko‘pchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga ko‘ra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Cho‘bin (VI-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi bo‘lgan. Baxrom Cho‘binning kelib chiqishi eftaliylar bilan bog‘lik U sosoniylarga qarshi ko‘zg‘olon ko‘tarib (590 y.) mag‘lubiyatga uchragandan keyin Farg‘onaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha o‘sha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham o‘zlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamg‘as kabi) turkiy ismlari bo‘lgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabg‘u (yaʼni Somonxudot) turkiylarning O‘g‘uzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan. O‘rta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va o‘g‘lining ismini amirning sharafiga Asad ko‘yadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ug‘illari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays ko‘zyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farg‘ona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va harbiy kuch to‘plab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo‘riqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni o‘ziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning to‘ng‘ichi bo‘lgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sug‘dning katta qismini, shuningdek, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi. 2-masala Bu davrda Movarounnaxrning Samarqand, Farg’ona, SHosh va Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy xayotida xam asta-sekin uzgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nux, sungra Axmadboshchilik qiladi. Ular xatto uz nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Axmad vafotidan (865) keyin uning ug’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Buxoro voxasi, Naxshob (qashqadaryo), CHag’onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnaxrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini kuradi. Toxiriylar davlatining barxam topishi bilan vaziyat tubdan uzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo buladi. CHunki safforiylar Movarounnaxrga xukmronlik qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. Uz xoliga tashlab quyilgan Buxoro axli xatto safforiylarga tobe bulishni xoxlamaydi. SHaxar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr ibn Axmadxuzuriga elchilar yuboradilar. Undan Buxoroni uz qul ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga xokim qilib yuborishni suraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi. SHunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnaxrning deyarli barcha viloyatlari somonIIlar tasarrufiga utib, u uz mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr ibn Axmaduzini butun Movarounnaxrning boshlig’i deb xisoblay boshlaydi. Garchi ukalari SHosh viloyatining noibi Yoqub va Farg’ona xokimi Asadlar uz nomlari bilan chaqa. pul zarb etib, uzboshimchalik qilsalar xam, ammo u somoniylar xukmronligi tarixida birinchi bulib kumush dirxam zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilligining ramzi xisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat toxiriylargina bunday dirxamni zarb etish xukukiga ega edilar. SHunday bulsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Uziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jixatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Nasrning xazinasiga yuboriladigan xar yilgi soliqlarni turli baxonalar bilan tuxtatib quyadi. Aka-uka urtasida adovat paydo bulib, u 888 yilda jangga olib keladi. Jangda Nasr qushinlari tor-mor keltiriladi. SHuyildan boshlab Ismoil butun Movarounnaxrni birlashtirib, uning yagona xukmdori bulib oladi. Ismoil Somoniy urta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nixoyatda zukko yirik davlat arbobi edi. U Movarounnaxrni birlashtirgach, mustaxkam feodal davlat tuzishga intiladi. U uz Vatanida barqaror tinchlikni ta’minlab, uni mustaxkamlashda xukmronlik qobiliyatining nozik xususiyatlarini ishga soladi. 892 yilda Ismoil Transaksoniya va Xorazm ustidan hukmronligini o‘rnatdi. Buxoro shahri markaz qilib belgiladi59.On the death of Nasr ibn Ahmed, A.H. 279 (892), became the acknowledgedlord of Transoxiana and Khwārazm, with Bokhārā as his capital. Avvalo katta kushin tuplab, kuchmanchilar dashtiga askar tortadi. 893 yilda Taroz shaxrini fatx etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Bu SomonIIlar davrida kuchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish edi. Natijada kuchmanchi qabilalarning Movarounnaxr viloyatlariga bulgan uzluksiz bosqinlari barxam topib, utroq axoli endilikda voxalar atrofi buylab yuzlab kilometrga chuzilgan mudofaa devorlariyu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil ta’mirlab turishdek og’ir va mashaqqatli mexnatdan va tashvishdan forig’ buladi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro voxasining atrofini urab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining xar yilgi odatiy xashari xam tuxtatilib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha, Amir Ismoil uzining kuchli qushinlarini nazarda tutib, «Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bulaman», deb aytgan emish. Movarounnaxr axolisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar davlatining tabora kuchayib borishi shubxasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirilib olinadigan katta boyliklardan maxrum bulgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nixoyatda ranjitsa, ikkinchi toomndan, chuchitarxam edi. SHu boisdan xalifalik safforiylar bilansomoniylarni tuqnashtirishga va bu yosh xamda boy ikki davlatning xar ikkisini xam zaiflashtirib, ma’lum darajada uzta’sirini qayta tiklashga xarakat qiladi. Natijada 900 yilda ular urtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qul ostiga utadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga xukmdorlik yorlig’ini yuborishga majbur buladi. SHunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnaxr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos buladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnaxrni uz kuli ostidakuchli bir davlat qilib birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barxam beradi va uni uz davlatiga qushib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shaxri bulgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topadi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan bulgan xukmdorlar amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar. Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling