O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
2-masala
O‘rta Osiyo xududida Somoniylar va G‘aznaviy hukmronligi davrida shimoldagi turkiy qabilalar bilan do‘stona munosabat olib borilar edi. Lekin bu davlatlarning zaiflashib borayotganidan xabar topgan turkiylar O‘rta Osiyoga hujum qila boshladilar. Ularning yo‘lboshchisi Bilga Hoqon bo‘lgan60. The first of the Uïghūr Khāns of Turkestān who plays any great part in Mohammedan history is Boghrā Khān, whose capital was Balāsāghūn, and who ruled over Kāshghar(called Urdu Kend), Khotan, Karakorum, Tarās, and Fārāb (Otrār). 996 yilda Koraxoniylar Movaronnaxr tomon yana xujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuxga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag‘oniyon, g‘uzg‘on va Xuttalon xokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuxning xam o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini talab qiladi. Bu somoniylar amirining xukmdorlik xuquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular urtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo xavzasi qoraxoniylar quliga utadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga xukmdor bulib oladi. Somoniylarga Movarounnaxrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq kup vaqt utmay qoraxoniylar Buxoroni bosib oladi. Garchi somoniylar to 1005 yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bulsalar-da, ammo 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barxam topgan edi. Shunday qilib, X asr oxirida Somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri — Koshg‘ardan Amudaryogacha chuzilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘dni uz ichiga olgan qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy Xindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha bulgan viloyatlarni qamrab olgan G‘aznaviylar davlati edi. Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o‘rtasidagi chegara deb belgilangan bulsa-da, ammo qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi deb xisoblab, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun xarakat qiladilar. Oradan ko‘p vaqto‘tmay qoraxoniylar bilan g‘aznaviylar urtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar, Balh Tus va Nishopur shaxarlari zabt etiladi. Ularning xarbiy yurishini Sulton Maxmudga qarshi bulgan Xurosonning mulkdor feodallari qullab-quvvatlaydilar. Lekin Maxmud g‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni uz davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. 1017 yilda Maxmud Xorazm ustiga lashkar tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barxamtopadi. Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi ug‘uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o‘rnashganturkman qabilalari kuchayib, uz vaqtida ularga yer berib xomiylik qilgan g‘aznaviylarga qarshi tazyiq kursatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan qoraxoniylarning maxalliy xukmdori Ibroxim Buritakin 1038 yilda Amudaryo buyi viloyatlari Huttalon, Vaxsh va Choganiyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnaxrni va Farg‘onani o‘ziga buysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi Movarounnaxrdagi qoraxoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan sung Ibroxim Tamg‘ach bug‘roxon unvoniga sazovor bo‘ladi. 1040 yilda Marv bilan Saraxs (Seraxs) oralig‘idagi Dandonakon degan joyda g‘aznaviylar bilan saljuqiylar qo‘shinlari to‘qnashadilar. Bo‘lib o‘tgan shiddatli jangda Maxmud g‘aznaviy qaqshatgich zarbaga uchraydi. Saljuqiylar g‘aznaviylar davlatining asosiy qismi xisoblangan shimoliy va g‘arbiy viloyatlarini egallab oladilar. Ular tasarrufida G‘azna, Qobul, Qandaxor va Panjob viloyatlarigina qolib, u kichik davlatga aylanadi. Sarkarda va xukmdor Tug‘rulbek zamonida (1038— 1063) Xorazm, Iroq Ajami (Iroqning Eron xududidagi qismi), Ozarbayjon, Kurdiston va Kuxiston zabt etiladi. 1055 yilda saljuqlar Bog‘dodda uz siyosiy xukmronliklarini urnatadilar. Xalifa esa faqat diniy ishlardagina mutasaddi bulib qoladi. Ray shaxri Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylantiriladi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar urtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bulsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Xorazm tomondan ular Xuttalon, Choganiyon,Jand va Savronga yurish qilib, qoraxoniylar bilan bir necha bor tuqnashadilar. Bu ikki turk davlatlari urtasida shiddatli janglar bulib utadi. Hatto 1130 yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnaxrga lashkar tortib qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishgoletadi. Natijada qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bulib koladilar. Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling