O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Temurning harbiy islohoti va qo‘shinining tuzilishi
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
Temurning harbiy islohoti va qo‘shinining tuzilishi. Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qo‘shinga suyanar edi. Chunki, u harbiy kuch bilan zabt etilgan mamlakatlarni va asosan viloyatlarda yashovchi xalqlarni zurlik bilan to‘tib turardi. Shuning uchun ham u harbiy isloxga, ayniqsa qo‘shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanish hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. U mamlakatda harbiy isloxot o‘tkazadi. Shu boisdan Temur manbalarda zamonasining mashhur sarkardasi va eng yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy istedodi, sarkardalik maxorati qo‘shinlarining tuzilishida, hamda Oltin O‘rda xoni To‘xtamish, Dexli sultoni Maxmud va Turkiya sultoni Boyazidlar bilan olib borgan janglarida va shiddatli maxorabalar maydonida qullagan «savko‘ljaysh» (strategiya) va jang qilish uslublari — «ta’biyato‘ljaysh» (taktikalari)da namoyon bo‘lgan.
Temur qo‘shini untalik askariy birikmalar asosida tuzilgai lashkarlardan iborat edi. Lashkar «tuman» — un minglik, «xazora»— minglik, «xuchun» — yuzlik va «ayl»— unlik birikmalariga bulingan. Tumanlarda askarlarning soni 10 ming, qo‘shinda 100 ming nafardan ortiq bo‘lgan. Temur un minglik lashkarni boshqarish uchun «tuman og‘asi», minglik bulinmalar uchun «mirixazora», yuzliklar uchun «xuchunboshi» va unliklar uchun esa «aylboshi» kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi. Ularning haq-xuquqlari, oylik maoshini belgilab beradi. Masalan, oddiy sinovnI mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2-4 ot barobarida, aylboshi qaramog‘idagi navkarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi unboshidan ikki barobarlik maosh olgan. Mingboshilarning maoshi xuchun-boshinikidan uch barobar ortiq bo‘lgan. Janglarda bahodirlik ko‘rsatib, g‘alaba. qozongan amir uchun in’omlar ham belgilab qo‘yilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa, mamlakat yoki viloyat zabt etsa u tug‘, nog‘ora, bahodurlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish xuquqi hamda biron sarxadning noibligi bilan siylangan. Bulinma boshliqlari amirlar Temurga tobe bo‘lgan qirq aymoq (qabila)dan un ikkitasi: barlos, arrin, jaloir, tulkichi, duldoy , mugul, Sulduz, tugoy, kipchok, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan. Amirlik martabasi Temur faoliyatining dastlabki yillarida unga sodiq bo‘lgan 313 nafar kishiga berilgan. Bulardan bittasi — amir ul-umaro, turttasi — beglar begi, yuztadan — mingboshi, yuzboshi va unboshi bo‘lgan. Bulardan tashqari, yana un ikki nafar kishiga birinchidan to un ikkinchi darajali amirlik unvonlari berilgan. Un ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi hisoblangan. Un ikki amirning xap biriga bittadan bayroq va bittadan nog‘ora, amir ul-umaroga bir bayroq, nog‘ora, un minglik qo‘shin, tug‘ va chortur, turt nafar beklarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortur va burg‘u (karnay) berilgan. Bu nishonlar qыshin bыlinmalarini ham farqlab turgan. Masalan, katta qizil bayroq, qshin boshlig‘i amir ul-umaro yoki beklarbegining alomati edi. Ot yeli bog‘langan nayzali o‘zun tug‘ tuman og‘asining, ikki tomonga kokillar osilgan ikki nog‘ora yuz boshining alomati hisoblanardi. Otliq suvoriy qismlarni boshqarish uchun maxsus ajratilgan otlik egalarining ikki tomoniga ikki tabl dovulosilib, jang paytlarida suvoriylarni maxorabaga solish maqsadida bong urib ular koqilgan. XV asr muallifi Abdurrazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy safarda har bir jangchi o‘zi bilan bir yilga yetadigan oziq-ovqat, kamoni bilan uttiz uqli sadoq, sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyning bitta zahira chopqiroti, urdugoxda har bir «ail»— unlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, uroq, bolta, bigiz, ikkitadan belko‘ra k, 100 ta igna, yarim man arqon, bitta oshlangan pishiq teri bo‘lishi shart bo‘lgan. Xap bir viloyat belgilangan asosiy «asl», hamda zaxira — «izofa», ya’ni rezerv qismlarni to‘plab berardi. Viloyatlar toshotar — sangandoz, devor bo‘zuvchi — manjaniq, ut otadigan — ra’dandoz va naftandoz, hamda o‘zi otar qurollarni ishlata biladigan jangchilarni tayyorlab berar edi. Askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan tovochi mansabidagi amaldorlar shug‘ullanar edi. Temur askar va askarboshliqlariga aloz^ida e’tibor beradi. Hap bir zobit (bo‘linmaning xushin yoki aylboshisi) jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda u ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo‘lishi lozim z^isoblangan. qo‘shinlar z^arbiy yurishga chiqqan vaqtda, ayniqsa intizomga qattiq rioya qilinar edi. Xap bir bo‘linmaning aylboshi, xuchun boshisi, tuman og‘asi va qo‘shin amiri o‘z o‘rnini yaxshi bilardi va unga qatiy rioya qilardi. Safarda eng oldinda har bir qo‘shin qismlari bilan «xabargiri», ya’ni «xabarchilar» deb yuritilgan ayg‘oqchi-ko‘zatuvchilar bo‘linmasi yurgan. Bunday bulinmaga eng dovyurak va botir askarlar tanlab jalb qilingan. Xabarchilar orqasidan soqchilar bo‘linmasi yo‘llangan, u «yasovul» deb atalgan. qo‘shinning asosiy qismlari oldida «manglay» — avangard qismlar harakatda bo‘lgan. Manglay asosiy kuchlardan, ba’zan esa bir necha tumanlardan iborat bo‘lgan. Manglay bilan qo‘shinning asosiy qismlari oralig‘ida esa qumondonning qarorgoxi va uning yon -atrofida zohira (rezerv) qismlar joylashgan bo‘lib, u «izofa» deb yuritilgan. Urush jarayonida jang oqibatini ana shu izofa qismlar xalqilgan. Yurish vaqtida qo‘shinlar alohida yo‘l boshlovchilar — «kuchorchilar» guruhi bo‘lib, safarda ular muhim rol o‘ynagan. Kuchorchilarni qo‘shin qismlari o‘rtasida Temurning o‘zi taqsimlab bergan. Temur qo‘shinining asosII jangovor qismi markaz, o‘ng va so‘l qanotlardan iborat bo‘lgan. Uning o‘ng qanoti «burong‘or», so‘l qanoti esa «juvong‘or» deb yuritilgan. Hap bir qanotning oldida bittadan qushimcha quriqchi manglay-avangardi, yon tomonida esa bittadan quriqchi askariy qo‘shilmalar — «kanbul»lari bular edi. Shu tariqa qo‘shin yetti qism — «qo‘l»lardan iborat bo‘lib, bulardan uchtasi: markaz, burong‘or, juvong‘orlar mustaqil; tur.ttasi: ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar edi. qo‘shinning bunday joylashtirilishining o‘ziga xos tomoni shunda ediki, uning qanot qismlari markaziy qismiga qaraganda ancha-muncha kuchli edi. Bundan shubhasiz savqo‘ljaysh (strategiya) hamda jangda turli xil muxoraba uslublari ta’biyato‘ljayshni qo‘llash maqsadi ko‘zda tutilgan. O‘rta asr muallifi Sharafuddin Ali Yazdiy qo‘shinni yetti qulga—qismga bo‘lib joylashtirish tartibini birinchi bo‘lib Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo‘llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‘shin qumondoniga bo‘yso‘ngan. Harbiy yurish vaqtlarida yo‘llarda o‘rdugoh-qarorgoh qurib to‘xtashga to‘g‘ri kelardi. Agarda urdigox dushmanga yaqinroq joyda joylashgan bo‘lsa, uning atrofiga mudofaa inshootlari «turlar», xandaqlar, «choxpar»lar — chuqur o‘ralar va «kochi» — marzalar bilan o‘rab olinar edi. qo‘shinning izofa (rezerv) qismlari qumondon urdigoxini qo‘riqlab turar zdi. Jang vaqtida ular o‘z navbatida zarur bo‘lgan joylarda jangga solinardi. Kanbullar esa dushmanning o‘ng yoki chap qanotini yorib kirishga va yon tomonlardan aylanib o‘tib, orqadan zarba berishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilardi. Kanbullar eng botir va tajribali askarlardan tuzilar edi.Qo‘shinda ayniqsa u jangga kirgan paytlarida piyoda askarlar alohida o‘rinni tutgan. Jangovar safga tizilgan piyoda qismlar otliqlardan oldinda turar va dushman hujum qilgan vaqtda choz^par va turlar — mudofaa inshootlari orqasiga yashiringan z^olda birinchi bo‘lib jangga kirardilar. Shuning uchun ham qanotdagi tuman og‘a va qo‘shin amirlari piyodalar bilan otliqlarni jangovar tartibda joylashtirishga katta e’tibor berardilar. Amir Temur har bir g‘alabasidan keyin tantanali bazm uyushtirgan. Shuningdek, harbiy yurishlarni boshlashdan oldin ham jangchilarning kayfiyatini ko‘tarish uchun tantanali bazmlarni uyushtirgan. Oliy zodagonlar uchun maxsus saroyda o‘tkazilgan. Lekin eng katta tantanalar ochiq maydonda, bog‘larda o‘tkazilgan. Asosan tantanalar Samarqand, Hirot va Shaxrisabzda o‘tkazilgan. Bayramdan oldin shaharlar chiroyli qilib bezatilgan66. Tantanali bayramlar bir oy, 40 kun, ba’zida uch oygacha davom qilgan.Careful preparations were made for these festivals: the city and its environs were decked forthe occasion, arches and tents were erected in the pleasure grounds and pavilions, summer-houses and other temporary structures were provided. All the artists available in the city,plus others from outside, were mobilized: singers, musicians, actors, dancers and circusperformers and also wrestlers, strongmen, horsemen and archers. The programmes of theperformances were arranged by k ¯ arfarm ¯ ans (folk-theatre producers) and bak ¯ aw ¯ uls (orga-nizers of military and sporting contests and entertainments). The magnitude of the taskfacing the organizers becomes apparent when we remember that important festivals couldlast for a month or 40 days. Shunday qilib, Temur zamonasining kuchli va eng jangovar qo‘shinini tashkil qiladi. Askar boshliqlari vanavkarlarini qarshilik ko‘rsatuvchi kuchga nisbztan beshavqat ruhida tarbiyalashga muvaffaq bo‘ladi. O‘z qo‘shinini u turli-tuman jangovar qurol- yarog‘lar, o‘t va tosh otar — ra’dandoz, manjaniq vz o‘ziotar kabi qurollar bilan qurollantirdi. Janglarda muxoraba qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘lladi. Bu qo‘shin bilan u ro‘y bergan har bir qarshilik va norozilikka qurol kuchi bilan keskin zarba beradi. Yoki kutilgan xavf ro‘y bermasdan turib uning oldini olish choralarini ko‘radi. Temur qo‘shinini Jahongir, Sayfuddin va Pirxusayn barloslar, Oqbug‘a, Usmon Abbss, Muhammad Sultsn Kamariy, Tibon bazhodur Urisbug‘a, Hamza So‘do‘z, Amir Murizoda, Muhammad qazg‘on, Sariq Atka va Mo‘zaffar Uchqora kabi janglarda shuhrat topgan mahoratli sarhanglari boshqaradi. Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san’ati va davlat boshqarish uslubiga bag‘ishlangan maxsus asar aytilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shu^rat topadi. Bu asar shaxsan Temurning og‘zidan yozib olingan deb hisoblanadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko‘rsatgan alohida xyazmatlarini takdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi. Xofizi Abro‘ning yozishicha, Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanaqa bilimni qadrlagan. Temur davlat ishlari uchun hamma narsaning foydali tomonlarIIni olishga harakat qilgan. U davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir masalani hal etishda, shu soha bilimdonlari va ulamolar. bilan maslahatlashardi. Odatda u tibbiyot, matematika, astronomiya, tariH adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek, teologiya va din sohasidagi mashHur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Bunday suhbatlarda podsholikka oid muhim ishlar haqida so‘z yuritishardi. Masalan, 1403 yilda Boilkan shahrida u ulamolarning majlisini chaqirib, unda nutq so‘zlagan. Mamlakat hamda fuqarolarni boshqarishda turli xil inshootlar va jamoat binolarini qurishda unga olimlarva fo‘zalolar o‘z maslahatlari bilan ko‘maqlashishlarini so‘ragan. Temur saroyida ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Baxruddin Axmad, Mavlono Nug‘monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqalar xizmat qilardi. Temur ilm-fanning: riyoziyot, handasa, me’morlik, astronomiya, adabiyot, tariH musiqa sohalarining rivojiga katta e’tibor berar edi. Shunday bo‘lsa -da, o‘z reja va maqsadlarining ro‘yobga chiqishida Temur ko‘proq mulkdor zodagonlar va harbiy jangchilar orasida shuhrat topgan taqvodor rhoniylar tabaqasi vakillariga suyanadi. U Imom Sayyid Barakani o‘zining piri deb hisoblaydi. Sayyid Baraka Temur «qilich bilan nimaniqi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shularni toat-Ibodat hamda fatvolar berib duogo‘ylik bilan mustahkamlab berishga harakat qiladi». Temur mamlakat aholisining taqvodor qismi o‘rtasida o‘z nufuzini oshirish maqsadida Islom mazhablarn o‘rtasidagi ba’zi bir kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalanadi. Viloyatlarda kamsitilgan mazHab taqvodorlarini himoya ostiga olib, hatto aybdorlarni qattiqqo‘llik bilan jazolaydi. V.V.Bartoldning yozishicha, «Suriyada Alini va uning avloddarini ximoya qilganligi va buning uchun suriyaliklar tomonidan chinakam shia atalgan Temur, Xuroosnda sunniy ta’limotini tiklagan. Mozandaronda payg‘ambar choryorlarining qabrlarini oyoq osti qilgan shIIa darvishlarini jazolagan". Bu davrda Samarqandda yangi ko‘rkam va muhtasham binolardan tashqari turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad ko‘taradi. Temur mamlakatda, xususan uning poytaxti Samarqandda hunarmandchilikni kengaytirishga alohida e’tibor beradi. Ispan elchisi Klavixonning yozishicha, u hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Aksincha, Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir to‘quvchilari, Hal abning mashhur paxta yigaruvchi korxonalari, Anqaraning movut tuuvchi korxonalari, Turkiya va Gurjistoning zargarlari, xullas, kasb- hunar sohasida qaysi shaharda qancha hunarmandlar bor bo‘lsa, hammasi Samarqandga ko‘chirilib olib kelingandi. O‘sha davrda shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar istiqomat qilardi. Klavixonning ma’lumotiga ko‘ra Samarqandda 150 mingdan ziyodroq aholi yashagan. Shahar maydoni Ispaniyaning Shibliya (Sevilya) shahridan kengroq bo‘lgan. LekII uning bu ma’lumotida shahar arki bilan qal’a, ya’ni ichki shahar qismlarigina ko‘zda tutilgan xolos. Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari, Samarqand atrofida o‘zining xeshu aqrobalariga atab ko‘pgina go‘zal bog‘lar k,urdirdi. Mohir me’mor, tajribali sohibkorlarning aql- zakovati, mehnati-yu mahorati bilan barpo etilgan Bog‘idilkusho, Bog‘ichinor, Bog‘ibihisht, Bog‘ibaland, Davlatobod, Bog‘inav, Bog‘ishamol kabi chorbog‘lar va ulardagi go‘zal ko‘shklar o‘sha davr bog‘dorchilik san’atining namunalaridandir. Manbalarda ta’rif etilishicha, shahar atrofi o‘sha vqtlarda Samarqandning eng go‘zal va zng hashamatli qismi hisoblangan. Bu yerda kengligi bir yarim-Ikki chaqirimga chuzilgan bog‘lar va ulardagi sayrgoxlardan tashqari, arkoni davlatning o‘yin-kulgi qiladigan joylari — ishratxonalar va xilvatxonalar joylashgan. Shaharning sharq tomonida Bog‘idilkusho joylashgan. Manbalarda ta’rif etilishicha, uning tashqi hovlisida podshox saroylari bo‘lib, unda qurollangan askarlar turgan, ichkihovlida esa, tug‘lar bilan bezatilgan olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli Temurning mehmonlari qabul qiladigan oltin taxtli qarorgoxi bo‘lgan. Bu hovlilarning tashqarisida girdiga olma va chinorlar o‘tkazilgan hovo‘zlar, ularning suvi shodravoni — favvorasida qizil va sariq olmalar qalqib yyna6 turgan. Shaharning janubida Bog‘ibixisht — u go‘zal me’moriy uslubda qo‘rilgan saroyi va quvonchni oshiruvchi bog‘i bilan mashhur bo‘lgan. Sharafuddnn Ali Yazdiyning ta’riflashicha, u Tabrizning sof oq marmaridan bino qilinib, atrofi Xandaq bilan ixota etilgan. Bog‘ningbir tarafida hayvonot bog‘chasi ham bo‘lgan. Temur bu saroyni vorislaridan biri Mironshohning qiziga hadya qilgan edi. U bu nevarasini juda ham sevgan. Bo‘sh vaqtlarida u nevarasining Bog‘ibixishtdaga xilvatxonasida (ermitaj) bulardi. Bog‘ichinor ham shaharning shu qismida edi. Bog‘da ko‘rkam chinorlar qad ko‘targan, so‘lim yo‘llar salbshaklidagi qasrga olib borardi. qasrning tashqarisi Shom nakqqoshlarining mohirona ijodi bilan, ichkarisi go‘zal surat va lavhalar bilan ziynatlangan qimmatbaho buyumlar (og‘ir kumush qubbalar, taxtlar va boshqa maishiy ashyolar) bilan liq to‘la edi. Bog‘ishamolva Bog‘inav saroylari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, har tomoni bir yarim ming qadam edi. Zamini qayrag‘och va filtishidan ishlangan koshinli edi. Samarqand va uning atrofidagi shoxona saroy va bog‘larda tantanali marosimlar — to‘ylar, izdaxomlar, sayllar va shoxona mehmondorchiliklar o‘tkazilgan. Ayniqsa shahar atrofidagi bog‘larda tashkil etilgan izdaxom va sayllar nihoyatda gavjum bo‘lib, ularda Samarqand aholisining deyarli hamma tabaqa vakillari davlatmandlaru faqir-fuqarolar ishtIroq etgan. Tantanali izdahom tartibidan tortib, a’yonlarning to‘yona liboslarigacha katta e’tibor berilgan. Masalan, rasmiy marosimlarda amir ul-umaro, beglar begilar, amirlar, no‘yonlar, sardorlar, ulus, tumanot va quchunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab podshoning so‘l tomonidan, sayyidlar, qozilar, ulamo, fo‘zalo, mashoyiH ulug‘ va oliy tabaqadagi kishilar podshoning o‘ng tarafidan o‘rin olganlar. Devonbegi hamda vazirlar — taxt ro‘baro‘sidan, kalontarlar (shahar hoqimi), qad xudolar (qishloq oqsoqoli), vazirlarning orqasidan joy olganlar. Bahodurlar, qilichboz yigatlar va qorovullar taxt orqasidan o‘rin olganlar. Garchi Temur saltanati taxtini qanchalik inqiroz va harobalikka uchragan xonadonlar hamda mamlakatlar zaminiga qo‘rgan bo‘lsada, ularning tantanavor marosimlari va urf-odatlarini qabul qilib, o‘z saroyida taraqqiy ettirgan. Masalan, saroy xodimlari boshiga shoqilali burk, egniga oltin yqa bilan bezatilgan o‘zun qizil qabo kiyar edilar. qaboning yoqasi bo‘yinni qisib turadigan, yengsiz bo‘lib, orqa etagi juda o‘zunligi uchun uni maxsus joriyalar ko‘tarib yurishgan. Ularning soni ba’zan o‘n besh kishiga yetardi. Yuzlariga esa hijob tutganlar. qizil movutdan dubulg‘aga o‘xshash uchli qalpoq usti qizil yoqut, zabarjad durlar bilan bezatilgan. Ayollar Kichik Osiyoning qimmatli javoxiri-yu Isfixon, Multon, Ganja, Damashq, Brussa, Venesiya zargarlarining nafis zebi-ziynatlari bilan o‘zlariga oro bersalar, erkaqlar noyob toshlar bilan bezatilgan qurollar va kamarlar taqibyurganlar. Ispaniya elchisi Klavixoni Konigil mavzeida bo‘lib o‘tgan shaxona izdahom ayniqsa hayratda qoldirgan. Kanigilda 10—15 ming chodir o‘rnatilib, izdaxomda saroy axli, vazir-Vo‘zarolardan tashqari, aholining turli tabaqa vakillari qatnashgan. Klaviko chodirgohda mansabdor shaxslarning lavozimi bo‘yicha chodirlarning joylashtirilish tartibi, jixozi, bezaqlari, hamda ularning turlari xaqida yozadi. Uning ta’riflashicha, bu yerda doirasimon oddiy kichik o‘tovlardan tortib, arabiy va ibrohimiy chodirlari, eroniy sarpardalar o‘rnatilgan. Chodirlarning ayrimlari nihoyatda katta, to‘rtburchak shaklda bo‘lib, eni 100 qadam, balandligi uch nayza bo‘yi, 12 dona oltin ustida to‘tib turilgan. Podsho harami xotin-qizlari uchun ham alohida chodirlar tiklangan. Ular sariq rangda, ipak bilan chatilgan oltin naqshli bo‘lgan, tashqarisiga uqalar tutilgan, eshik va derazalar ipak tizimchalar bilan tortib qo‘yilar edi. Chodirgoh bazmida qiziqchilar, muqallidlar, dorbozlar bilan bir qatorda kashmiriy ko‘zboylog‘ichlar ham qatnashgan edi. qizig‘ishundaki, izdahomda xonimlar hijobsiz ishtIroq etardilar. Malikalar «izn om» — ommaga ruxsat etilgan, bazmlar uyushtirib va ularga izdahomdagilarni chorlardilar. Unda erkaqlar, hattoki nasroniy elchi ham qatnashgani ta’rif etiladi. Shunday qilib, Temur o‘z davlatining tuzilishi, qonun-qoidalarini tartibga solish bilan bir vaqtda oliy dargoh hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan an’analarni turli xil yangi shoxona marosimlar bilan boyitdi. Bu davrda Movarounnahrning de.qonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaytiriladi. Yangi-yangi qishloqlar barpo etiladi. Ibn Arabshohning xikoya qilishicha, Temur o‘z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Damishq (Damashq), Misr (qohira), Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samarqand kattaligi, go‘zalligi, hamda tevarak -atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi. Shu bilan birga bu davrda Movarounnaxr shaharlarida, ayniqsa uning poytaxtida savdo va hunarmandchilik g‘oyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari bino qilinadi. Shahar bilan dehqonchilik vohalari va chorvador ko‘chmanchi aholi o‘rtasida savdo aloqalari kengayadi. Shaharlar mol ayrboshlash savdosida muhim rol o‘ynaydi. Bu paytlarda Samarqandda savdo va Hunarmandchilik juda kam rivoj topganligi ispan qiroli Genrix III elchisi Gonzales de Klavixoni xayratda qoldirgan edi. Samarqand bozorlarida bug‘doy va guruchning mo‘lligi va arzonligi haqida gapirib, Klavixo shahar hunarmavdchiligi mahsulotlarini qayd qilib o‘tadi. «Bu yerning boyligi faqat yemaqliklarning mo‘l-ko‘lligidagana emas, balki o‘zida ko‘plab ishlab chiqariladigan ipak matolar: atlas, kimhob, Har xil ip va jun to‘qima mollar, mo‘ynali va ipaqli po‘stinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar, hamda boshqa mollarning serobligidadir» deb ta’kidlaydi elchi. Bu shaharda oldi-sotti uchun qulay maxsus savdo rastasining mavjud emasligi tufayli, podsho shahar bo‘ylab, katta ko‘cha chiqarishnII, uning ikki tomoniga mol sotish uchun rasta va do‘konlar qurishni buyurdi. Bu ko‘cha shaharning bir chetidan boshlanishi va butun shahar orqali o‘tib, ikkinchi chetigacha borib yetishi kerak edi. Podsho bu ishni o‘zining ikki mirzosiga topshirdi. Mirzolar ishga kirishdilar. Podsho ko‘rsatib bergan yo‘nalishda ko‘cha o‘tqazila boshladi. Ko‘cha yo‘nalishidagi uy-joylar, kimniki bo‘lishidan qat’i nazar, buzib tekislandi. Uy egalari ham bu axvolni ko‘rib bor-yo‘qlarini olib boshqa joylarga ko‘chib ketaverdilar. Bir guruh odamlar bo‘zish ishlarini tugatishi bilanoq boshqa birlari ishni davom ettirishi uchun shu ondayoq yetib kelishar edi. Ko‘chani keng olib, uning x;ar ikki tomoniga savdo do‘konlari qurishdi, har bir do‘kon oldida oq toshlar bilan qoplangan baland kursilar o‘rnatildi, Barcha do‘konlar juft-juft qilib bir-biriga tutashtirildi. Ko‘chaning tepasi zsa boshdan-oyoq tim qilib ravoqsimon shaklda yoyildi. Yorug‘lik tushishi uchun unga qator darchalar o‘rnatildi. Do‘konlar qurib bitirilishi bilanoq ularga savdogarlar o‘rnashar va turli-tuman mollarni sotishga kirishardilar, ko‘chaning har yer, Har yerida hovo‘zlar kovlangan bo‘lib, ular suvga to‘ldirib qo‘yilgandi. Bu yerda ishlayotganlar maoshni shahar hisobidan olar edi. Ana shu ishga boshliq bo‘lgan kishi qancha odam talab qilinsa, o‘shancha kishini ishlatishi mumkin edi. Kundo‘z kuni ishlagan kishilar kech kirishi bilan uy-uylariga ketishar va ularning o‘rniga kechasi ishlash uchun boshqalari kelishar edi, ayrimlari uylarnibo‘zar, boshqalari esa yer tekislar va uchinchilari qurilish bilan band edi. Bunday katta qurilishni yigirma kundan ozroq muddatda amalga oshirilgani shubhasiz kishini hayratga soladi" deb hikoya qilgan edi Klavixo. Ispan elchisi tashqi savdoda ham Samarqandning katta o‘rin tutganini qayd qilib, «Rus va Tatariyadan charm va surp, Xitoyda juda yaxshi to‘qilgan ipaqliklar, Ayniqsa dunyoga dong‘i ketgan atlaslar olib kelinadi. Ular ichida eng qimmatlisi sidirg‘a jujunchalardir. Bundan tashqari yana Xitoydan tashqi dunyoning boshqa yerlarida topilmaydigan mushk hamda la’l, brilliant, gavhar, ravoch va ko‘plab ziravor va dorivorlar keltiriladi. Hindistondan bu shaharga oliy navli turli-tuman mayda attorlik mollari: muskat yong‘og‘i, qalampirmunchoq, zanjabil, anbar, dolchin va Iskandariyaga olib borilmaydigan boshqa turli narsalar keltiriladi». O‘sha davr muarrixi Ibn Arabshoxning yozishicha, Samarqandga chet mamlakatlardan, xususan Xurosondan ma’danlar, Xind va Sinddan yoqut, olmos; Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar; o‘zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. Chet mamlakatlardan Samarqandga olib kelingan mollarning miqdori naqadar ko‘p bo‘lganki Klavixoning bu shaharda bo‘lgan vaqtida Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganidan faraz qilish mumkin. Shubhasiz, bu davrda Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan O‘rta Osiyo orqali Yaqin Sharq, va Ovrupo mamlakatlariga yo‘nalgan asosiy xalqaro savdo «Buyuk ipak yo‘li»ni egallab savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlar ko‘radilar va Sharq bilan g‘arb o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor beradilar. Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling