O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 464.07 Kb.
bet57/97
Sana26.01.2023
Hajmi464.07 Kb.
#1125534
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
Bog'liq
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK

2-masala
XV asrda Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa qo’shni mamlakatlar bilan savdo aloqalari olib boradi. CHet ellarda turli-tuman x,unarmandchilik maxsulotlari va xom-ashyolar keltirilardi. Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo’yi va Sibir bilan muntazam savdo-sotiq qilinardi. Xitoydan, asosan ipak shoyi matolar, xususan atlas va parchalar, chinni, la’li, gavhar va mushk Hindistondan nafis oq rangli ip matolar, nil buyoqlar, xushbuy ziravorlar (muskat yong’og’i, qalampirmunchoq, dolchin va ambar) ; Erondan surp, marvarid va durlar; Rusiya, Tatariston va Sibirdan qimmatbaho mo’yna, teri va mum olib kelinar edi. Ovrupo mamlakatlaridan Samarqandga olib kelingan mollar orasida farang gazmollari, movuti, cherkas pichog’ibor edi. Ishratxona maqbarasi vaqfida Misr qatonidan tikilgan choyshab, misriy salla, Xitoy duxobasidan tikilgan choyshablar qayd etilgan.
Samarqanddan chet mamlakatlarga, xususan, Rusiya, Ta­tariston va Sibirga asosan arzon narxli ip matolar, bo’z, duxoba, shoyi gazlama, qog’oz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip) lar chiqarilgan.
Chet davlatlar bilan o’zaro savdo-sotiqni kengaytirishda temuriylarning qo’shni mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari katta rol o’ynadi. XV asrning birinchi choragida Ulug’bek va SHohruh davlatlari bilan Xitoy o’rtasida muntazam ravishda elchilar almashib turadi. Xitoy temuriylar bilan savdo qilishdan manfaatdor edi. Movarounnaxr va Xurosondan u yilqi sotib olardi. Har ikkala davlat o’rtasidagi savdo va elchilik aloqalari bu davrda yanada rivoj topadi. Deyarli har ikki-uch yilda Samarqand bilan Hirotga Xitoy elchilari, Honbaliqqa (Pekinga) esa Movarounnahr va Xuroson elchilari va savdogarlari qatnab turishgan. 1418 yilda Ardasher boshliq elchilari Xitoyda bo’ladilar. 1419 yilda bungajavoban Li-di va Jong-ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi bo’lib keladilar. Elchilar Ulug’bek va SHohruh nomiga o’zaro do’stlik munosabatlarini rivojlantirish xususidagi takliflar yozilgan maktub va katta sovg’a-salomlarni topshiradilar. 1420 yilda SHohruh va Ulug’bek 530 nafardan iborat elchilik karvonini Xitoyga jo’natadilar. SHohruh elchilari SHodixoji bilan Amir Ko’kcha, Ulug’bek elchilariga Sultonshoh bilan Muhammad baxshi boshchilik qiladilar. g’iyosuddin naqqosh kotib etib tayinlanadi. Te­muriylarning elchilari ikki yildan ortiqroq Xitoyda bo’lib, 1422 yilda o’z vatanlariga qaytib keladilar..
Movarounnahrdan Xitoyga o’sha zamonlarda ikki karvon yo’li orqali borilgan. Birinchi yo’l Toshkent, Sayram, Yettisuv va SHarqiy Turkistonning Turfan va qumulshaharlari orqali, ikkinchi yo’l Farg’ona vodiysi orqali— Xo’jand, qo’qon, Maarg’ilon, Andijon, O’sh orqali Oloy vodiysi bo’ylab borgan va SHarqiy Turkistonning Koshg’ar, Xo’ton va Yorkand shaharlari orqali o’tgan.
SHohrux bilan Ulug’bek zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo’shnichilik munosabatlari o’rnatiladi. 1421 yilda Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi. 1441—1442 yillarda SHohruh Hindistonga Bijanagar saroyiga tarixchi Abdurrazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi. U Kirmon, Ormuz va Fors qo’ltig’i orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldiradi.
SHunisi ham borki, XV asrda, xususan uning birinchi yarmida mamlakatning iqtisodiy hayotida ayniqsa xunapmandchilik va ichki savdo munosabatlarida sodir bo’lgan taraqqiyot, ma’lum darajada shu davrda o’tqazilgan pul islohoti bilan ham bog’liq edi. Ma’lumki, Ulug’bek 1428 yilda muomaladagi fulusiy pullar islohotini amalga oshirdi. Mehnatkash aholini ichki chakana savdo munosabatlariga kengroq jalb etish maqsadida Ulug’bek еngil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo’lgan talabini qondirish uchun bir vaqtning o’zida u Buxoro, Samarqand, qarshi, Termiz, Toshkent, SHoxruxiya va Andijon shaxarlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettirdi va muomalaga chiqardi. Eski chaqalar qisqa vaqt ichida yangi fuluslarga almashtirilibolingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida faqat Buxoro zarbxonasi saqlab qolinib, boshqa shahardagi zarbxonalarga barham beriladi. Xalq o’rtasida «fulusi adliya», ya’ni "adolatli chaqa" nomi bilan shuxrat topgan Ulug’bekning bu yangi mis fuluslari Movarounnahrning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to’la ta’min etadi. Ichki chakana savdodagi pul munosabatlaridagi tanqislikning fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi, o’rta asrlar zamonasida nodir va favquloddagi voqea bo’lsa-da, har xolda Ulug’bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik maxsulotlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo’l ochib bergan edi. SHu bilan birga Ulug’bek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg’a» deb yuritiladigan bojni birmuncha oshirdi.
SHunday qilib, Ulug’bek zamonida mamlakatda ichki va tashqi savdoning kengayishi xunarmandchilik maxsulotlari xajmi ortib, kasb-hunar tarmoqlarining rivojida asosiy omillardan biriga aylanadi.
XV asr boshlarida temuriy shohzodalar o’rtasida avj olib ketgan o’zaro kurashlar va vaqti-Vaqti bilan sodir bo’lib turgan harbiy yurishlar mamlakatning ichki hayotiga salbiy ta’sir etsa-da, biroq SHoxrux(1405—1447), Ulug’bek (1409—1449), Abu Sayyid (1451—1469) va Sulton Husayn (1469—1506) hukmronlik qilgan davrlarda mam­lakatda ma’lum darajada qaror topgan osoyishtalik tufayli qadim zamonlardan davom etib kelayotgan an’analar asosida ilm-fan va madaniyat yanada jonlanadi.
Bu davrda xususan Movarounnahrning poytaxti Samarqandda ham, Xurosonning markazi Hirotda ham Temur an’analari davom ettirilib, olimlaru fuzalolar, shoirlaru bastakorlar, me’morlaru binokorlar va naqqoshlaru mohir hunarmandlarning kattagina guruhi to’plangan edi. Movarvunnahrda, xususan, Samarqandda ilm-fan va sai’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy doiralari muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuxrat qazongan Ulug’bek roli va hissasi nihoyatda buyukdir. Movarounnax,r va Xurosonning boy vamadaniyati va islom dunyosining ma’naviy an’analariga suyangan hamda o’z davrining madaniy tajribalaridan to’la foydalanib, uni o’zlashtirgan Ulug’bek mamlakatning ravnaqi, ayniqsa uning ma’naviy kamolotida ilm-fanning va san’atning naqadar muhimligini yaxshi tushunardi. Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug’ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Ulug’bek o’tmishdoshlari Ahmad Farg’oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rganadi.
Mirzo Ulug’bekning farmoni bilan 1417 yilda Buxoroda, 1417—1420 yillarda Samarqandda va 1433 yillarda g’ijduvonda madrasalar bino qilinadi. Hatto Buxoro madrasasinint darvozasiga: «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir», degan kalima o’yib yozib qo’yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan Samarkand madrasasi zamonasining dorulfununi edi. Ushbu madrasalarda iloxiyat ilmlari: qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (ma­tematika) , xandasa (geometriya), ilmi xay’at (astronomiya), tibbiyot (medisina), tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi (kofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilardi. Ulug’.bekning Samarqanddagi madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo’lgan. Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonalarga bo’lingan. Tarixiy manbalarda saqlangan ma’lu­motlarga qaraganda, madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgai va ta’lim olgan. Madrasada o’sha zamonning iqtidorli olimlaridan mavlono SHamsuddin Muhammad Xavofiy еtakchi mudarris bo’lgan. O’rta asrlarning mashxur olimlari qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug’bek va uning shogirdi Alouddin Ali qushchilar turli fanlardan dars berganlar. XVI asrning mashxur adibi Zaynuddin Vosifiyning yozishicha, 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni SHamsuddin Muhammad Havofiy o’qigan ekan. Darsda olimlardan to’qson nafari qatnashgan, lekin darsning ma’nisiga Ulug’bek Mirzo bilan qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, madrasa ilmi hay’at (astronomiya) dan darsni qozizoda Rumiy bergan. Xatto fors-tojik adabiyotining klassiklaridan biri Abdurahmon Jomiy yoshlik chog’ida Samarqandga kelib, qozizoda Rumiydan bir necha marta astronomiya fanidan saboq olgan. Madrasada kamida 15—16 yil taxsil ko’rib, uning dasturi bo’yicha asosiy fanlarni to’la o’zlashtirgan va imtixonli saboqlarda o’z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga «sanad»—shahodatnoma yozib berilgan. Manna shunday diplomlardan biri Ulug’bekning Samarqanddagi madrasasida qariyb o’n olti yil tahsil ko’rgan balxlik SHamsuddin Muhammad nomiga xijriy 838 (1435) yil rajab oyining o’rtalarida qozizoda Rumiy imzosi bilan yozib beriladi. Bu еrda shuni ta’kidlash joizki, bu davrda Samarqandda Ulug’bek qurdirgan madrasadan tashqari, Xonim, Firuzshoh, SHohmalik Xojibek Mirabduvali va qutbuddin Sadr nomlari bilan atalgan madrasalar bo’lgan. Hatto Xoja Ubaydulloh Samarqandda dastlabki saboqlarni qutbuddin Sadr madrasasida olgan. Keyinchalik o’zi ham Toshkent va Kobul shaharlarida Madrasa bino qilgan.
Tеmuriylаr mаqbаrаlаr qurilishigа аlоhidа e’tibоr bеrgаnlаr. Ulаr mаrhumlаrning ruhlаri, аgаr ulаrgа to’g’ri munоsаbаt qilinsа, dоimо sulоlаgа hоmiylik qilib, qo’llаb quvvаtlаb turаdi dеb hisоblаshgаn. Аmir Tеmur hаm hоkimiyatni qo’lgа оlgаch, Kеsh shаhrini dаvlаtning ikkinchi pоytахti sаnаb, u еrdа оilаviy хilхоnа bunyod qildirgаn. U “Dоrus–sаоdаt” dеb nоmlаnib, qurilishi 20 yil dаvоm etgаn. Dоrus–sаоdаtdа mаdаrаsа hаm bunyod etilgаn. Tеmuriylаr dаvridа qurilgаn mаqbаrаlаr shаkllаnish kоmpоziciyasi jihаtdаn ikkigа bo’linаdi: Bir хоnаli vа ko’p хоnаli binоlаr. Bir хоnаli mаqbаlаrning ikki turi bo’lib, ulаrning biri chоrtоq ko’rinishidаgi binо bo’lib, ulаrning to’rt tаrаfi hаm bir хildа qurilаdi. (Ruхоbоd mаqbаrаsi), ikkinchisi esа, gumbаzli–pеshtоqli binоlаr bo’lib, ulаrning kirish qismi mаhоbаtli pеshtоq qurilаdi (Sultоn Sаоdаt, SHаmsiddin Kulоl vа bq.mаqbаrаlаr). Ulаrning go’rхоnаlаri ko’pinchа еr оstidа bo’lаdi. Ko’p хоnаli mаqbаrаlаr hаm turli murаkkаb ko’rinishlаrdа bo’lib, ulаrdа qоzоnхоnа, go’rхоnа, mаsjid, kitоbхоnа, quduqхоnа vа turli хоnаlаrdаn ibоrаt bo’lgаn (Shоhi Zindа, Ахmаd Yassаviy vа bq.mаqbаrаlаr). Temuriylar davridagi maqbaralar 3 xonadan 10 xonagacha bo‘lgan va yer ostida sag‘anasi bo‘lgan. Ba’zida maqbaralar madrasalar bilan birgalikda qurilgan: Samarqanddagi Bibixonim madrasasi, Hirotda Garhar Shod Begim madrasasi67. Memorial buildings of the Timurid period may have from three to ten rooms, including asubterranean burial vault, a ziyarat-kh¯ ana¯ , a commemorative mosque and ancillaryhujras.Their design varies: the architects intentionally avoided



Download 464.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling