V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetentsiyalari
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
Psixodiagnostik tadqiqot o’tkazish va psixodiagnostika qo’llaniladigan sohalar, eksperiment o’tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari, psixodiagnostik tekshiruv bosqichlari, psixodiagnostika va eksperiment o’tkazishning metodologik asoslari, bilish jarayonlari, intellekt, qobiliyat, shaxs, shaxslararo munosabatlarning nazariy asoslari, psixodiagnostik metod va metodikalar haqida tasavvurlarga ega bo’lishi;
- psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, maqsad, vazifalari, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining rivojlanish tarixi, psixodiagnostik metodikalar va psixodiagnostik tekshiruvlarga qo’yiladigan talablar, ya’ni validdik, ishonchlilik, to’plam reprezentativligi, bilish jarayonlari, intellekt, qobiliyatlar, shaxs, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasiga oid metodikalar, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida qo’llaniladigan proektiv metodikalar, ilmiy tadqiqotning umumiy sxemasi, ilmiy tadqiqotni loyihalashtirish, ilmiy tadqiqotdagi o’zgaruvchilar va ularni tanlash, noa’nanaviy tadqiqotlar va ularni o’ziga xos tomonlari, eksperiment natijalarini tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- psixologik tadqiqot o’tkazish, psixodiagnostik metodikalar va eksperimentning validligi hamda ishonchliligini tekshirish, psixodiagnostik metodikalarni tanlash, bilish jarayonlari, intellekt, qobiliyat, shaxs, shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi va proektiv metodikalarni qo’llash, ilmiy tadqiqotni rejalashtirish, rasmiy va norasmiy manbalar bilan ishlash, guruhlararo va guruh ichida o’tkaziladigan eksperimentni loyihalashtirish, eksperiment natijalarining statistik tahlillarini amalga oshirish, korrelyatsion boglanishlarni aniqlash hamda shu asosida diagramma tuzish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va ularni taqdimot qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
|