O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Turizmni rejalashtirishning tamoyillari


Download 60.25 Kb.
bet4/8
Sana09.02.2023
Hajmi60.25 Kb.
#1182265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi isoqov

2. Turizmni rejalashtirishning tamoyillari
Turizmni rejalashtirish hamisha muayyan gcogralik hududga bog'liq bo'lib, bu hududlar turistlik faoliyat uchun qiziqish uyg'otishi va turistlik imkoniyatlar hamda o‘ziga xos xususiyatlar va lavsiyalarga, turistlik resurslarga boy bo‘lmog‘i kerak. Turizmni rejalashtirish lurizmga bog'liq bo‘lmagan o‘zga hududlardan alohida ajralib turishi va muayyan turistlik rejalarni amalga oshirish, ularni nazorat qilish, bu islilarning kelajagini bashorat qilish yoki o‘zgarishini ko‘ra bilish kabi aniq siyosatni olib borish imkoniyatlariga ega bo‘lishi lozim. Turistlik muhitni rejalashtirishning mohiyati turizmni rivojlantirish uchun foydalanishga yaroqli bo'lgan hududni va sharoitlarni yaratish, hududga xos turistlik imkoniyatlar va infrastrukluraga tayanishdan iboratdir.
Turistlik hududlar quyidagi turlardan iborat:
1.Turistlarni jalb qiluvchi serquyosh o'lkalar va plajiar tashkil qilish imkoniyatlari va sharoitlarga boy “tropik” ta’sirga ega bo'lgan hududlar turi.
2. Ob-havosi yoqimli, sport mashqlari va o'yinlari o'tkazish imkoniyatlariga ega tabiat va qo‘l mehnati bilan shug'uLbuiishga boy qishloqlar bo'lgan tabiati kam o'zgargan hududlar turi.
3. Turistlami muzeylarga, teatrlarga olib borish, arxitektura ansambllari bilan tanishish imkoniyatlarini bemvchi madaniy hududlar turi.
4. Turistlarga dekorativ badiiy san’at va folklor bilan bog‘lanish imkoniyatlarini tug'diruvchi antropologik hududlar turi.
5. Parij, London, Rim, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi kichik va katta tarixiy markazlarga va ziyoratgoh maskanlarga ega bo‘lgan shaharlar hududlari turi.
“Turistlik hududlar” lushunchasi turistlik markazlashuvda o‘zining rivojini topadi. Turistlik markaz bu — umumiy mfrastrukturaga ega bo'lgan va turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq yagona hududda qulay joylashgan turistlik obyektlar majmuasidan iboratdir. Turistlik sohani samarali rivojlantirishniug muhim shartlaridan biri bu hududni kelajakda doimiy saqlash va undan unumli foydalanish kafolatini yaratishdir. Bngungi kundagi turizmni samarali rivojlantirish xuddi jamiyatning istiqbolini rivojlantirish kabi Umumjahon tabiatni saqlash uyushmasining konsepsiyasida keltirilgan ustuvor taraqqiyotni g'oyasiz tasawur qilish qiym. Bu taklifni quyidagieha ifodalash mumkin: mustalikam ustuvor taraqqiyot bu shunday jarayonki, undagi rivojlanish turistlik muhit resurslariga o‘zining salbiy ta’sirini ko'rsatmaydivaulami ishdan chiqarmaydi, provardida taraqqiyotga yaxshi imkoniyat yaratiladi. Bu jarayonda resurslar shunday boshqariladiki, ular qanday tezhkda foydalanilayotgan boMsa, o‘shanday darajada yangilanib boriladi yoki sekin yangilanadigan resurslarni tezroq yangilanib turiladigan resurslarga o'tkaziladi. Resurslarga ana shunday yondashilsa ular bugungi avlod tomonidan ham, istiqbolda ham unumli foydalanilishi mumkin.
Butunjahon turistlik tashkiloti mutaxassislarining mehnatlari tufayli ushbu konsepsiya turizm sohasida o‘z rivojini topdi. Shu niunosabat bilan mustahkam taraqqiyotning quyidagi uchta asosiy tamoyili ham ma’lum ekanligini alohida qayd qilish mumkin: - Ekologik ustuvorlik turizm taraqqiyotini boshlang‘ich ekologik iarayonlar, biologik xilma-xillik va biologik resurslarni qo‘llab — quvvatlash orqali ta’minlaydi. - Ijtimoiy — madaniy ustuvorlik turizm taraqqiyotini mahalliy aholining o'ziga xos madaniy turmush tarzi, madaniyati va hayotiy qadriyatlari bilan bog‘liq holda ta’minlaydi. - Iqtisodiy ustuvorlik turizmni iqtisodiy jihatdan tejainli tarzda va mavjud turizm resurslaridan foydalanishda kelajak avlodga ham imkoniyatlar yaratish uslubida boshqarishni ta’minlaydi.
Turizmning barqaror taraqqiyoti uning mustahkam rejalashtirilishi va boshqarilishini hisobga olib, unda madaniy va tabiiy muhitni himoya qilish, mahalliy aholining turmush tarzini va yashash sifatini yaxshilash, turistlar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan imkoniyatlar yaratiladi. Bu masalalarning ham xalqaro, ham milhy, mintaqaviy, ham mahalliy boshqaruv va rejalashtiruv doiralarida kelishilgan holda yechilishni ta’minlaydi.
Turizmning barqaror laraqqiyoti - bu turistlar va turistlik ob'yektlar hamda xizmat ko'rsatish, turistlik industriya tarafdorlarini atrof-muhit liimoyasi va yuqori turmush tarziga intilayotgan mahalliy aholi ehtiyojlari bilan mushtarak tarzda olib boriluvchi texnologik jarayondir. Rejalashtirish subyektining muhim vazifasi bu jarayonda rejalashtirish, taraqqiyot va boshqaruv mexanizmlaridan foydalangan holda ushbu hamkorlik va mushtaraklikni ta'minlashdan iboratdir. Turizmning ustuvor taraqqiyotidan aniq foyda olish uchun turistlar va turizm industriyasi ehtiyojlarini hisobga olish, tabiiy va madaniy atrof-muhitni saqlash va himoyalash hamda mahalliy aholi ehtiyojlarini qondirish zarurdir. Turizmning ustuvor taraqqiyotiga erishish maqsadida ushbu elementlaming ehtiyoj va talablarini bir—biriga bog‘lash, ularni uyg‘unlashtirish talab etiladiki, bu pirovard natijada mahalliy aholining turmush va yashash tarzini yaxshilashga imkon yaratadi.
Turizmning ustuvor taraqqiyot konsepsiyasi asosida muayyan turistlik obyektning qabul qilishga chidamlilik salohiyati tushunchasi yotadi. Chidamlilik salohiyati — u yoki bu muayyan turistlik obyektining mavjud mahalliy resurslarga va mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari va turmush tarziga salbiy ta’sir va zarar ko‘rsatmagan holda turistlar sonini ko'tara oladigan yuklamasidir.
Turistlik obyektlarimng chidamlilik salohiyatini uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ekologik gumh — bu turistlarning shunday tashril doirasiki, me’yor buzilsa turistlar harakatida yoki ularga xizmat ko‘rsatish infrastrukturasida salbiy ekologik oqibatlar kelib chiqishi mumkin.
2. Turistlik ijtimoiy gumh — bu turistlarning shunday tashril’doirasiki, me’yor buzilsa turistlarning tashrifidan obyektda yomon taassurotlar kelib chiqishi mumkin.
3. Mahalliy ijtimoiy gumh — bu shunday tashrif doirasiki, me’yor buzilsa mahalliy madaniyatga salbiy ta’sir ko‘rsatilib, turistlar va m ahalliy aholi o'rtasida noqulay holat yuzaga kelishi mumkin. Turizmning ustuvor taraqqiyoti uchun asos bo‘ladigan turistlik rekreatsion resurslar tushunchasi rejalashtirish va bashorat qilish ishlarini o ‘tkazishga tayanch bo‘ladiki, bu turistlik hudud imkoniyati va salohiyatini belgilaydi.

Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling