O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti pedagogika kafedrasi “Boshlangʻich ta'lim” yoʻnalishi bshtwk-22


Ibn Muqlaning xattolik san’atiga qo’shgan hissasi


Download 376.68 Kb.
bet5/5
Sana10.02.2023
Hajmi376.68 Kb.
#1186511
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi husnixat (2) (8) (1)

Ibn Muqlaning xattolik san’atiga qo’shgan hissasi
Ibn Muqla (toʻliq ismi Abu Ali Muqammad binni Ali binni alhasan ibn Muqla, 886—940) — mashhur xattot, tilshunos olim, davlat arbobi. Arab yozuvini isloh qilib, harflarning oʻzaro mutanosibligini yaratgan. Kufiy xati asosida arab yozuvining muhaqqaq, suls, rayhoniy, nasx, tavqe, riqo, taʼliq kabi asosiy xat usullarini ixtiro qilgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, arab alifbosidagi nuqta (harakat) lar ham I. M. tomonidan kiritilgan. Bu, oʻz navbatida, qad. yozma yodgorliklarni xatosiz toʻgʻri oʻqish imkonini bergan. 16-asr adibi Kozi Ahmadning "Risola oid ba xattoton va naqqoshon" ("Xattotlar va naqqoshlar haqida risola") asarida I. M. haqida, uning mohir kotibligi haqida muhim maʼlumotlar keltiradi. Hayoti ogʻir kechgan (oʻng qoʻli kesib tashlanganda, chap qoʻli bilan yoza boshlagan) I. M. fo-jiali halok boʻlgan.
Xattotlik nazariyasiga X-XI asr mashhur xattotlari Abu Ali Muhammad (Ibni Muqla) va All Ibni Hilol (Ibni Tavvob) asos solganlar. Ular an'anasini Yoqut Musta'simiy nazariy jihatdan rivojlantirdi. Xattotlik san'ati ta'kidlaganimizdek muayyan qonun va talablarga asoslangan va bu talablar matematik aniqlikni talab qilar edi. Oltilik tizimiga asoslangan xattotlik san'ati me'yor sifatida doira shaklini tanlar edi. Bu doira ichida tomonlari barobar uchburchak, kvadrat va beshburchak chizilib, undan harflar andozasi muayyan qilingan. Har bir harf uchun romb shaklidagi yuqoridan pastga qarab qo'yilgan nuqtalar ishlatilar edi. Yozuv turlariga qarab nuqtalar miqdori o'zgartirilgan. Masalan, muhaqqaq yozuvi uchun sakkiz nuqta, suls yozuvi uchun yetti va tavqe' yozuvi uchun olti nuqta muqarrar qilingan edi.
Download 376.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling