O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” fakulteti
Download 29.43 Kb.
|
Xitoy (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixi
Aholining pensiya yoshiXitoyda tugʻilish surʼatining pasayishi va umr davomiyligining oʻsishi kuzatilmoqda. Ekspertlarning fikricha, pensiya yoshi oshirilmasa, mamlakatda iqtisodiy oʻsish sekinlashadi va ishchi kuchi yetishmasligi boshlanadi. Xitoy hukumati aniq raqamlarni keltirgani yoʻq. Hozirda Xitoyda erkaklar mehnat faoliyatini 60 yoshda yakunlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydigan ayollar pensiyaga 55 yoshda, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan ayollar esa 50 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin. Xitoyda pensiyaga chiqish borasidagi yosh chegaralari 1950-yillarda belgilangan boʻlib, oʻshandan buyon oʻzgartirilmagan. Bu vaqt ichida esa mamlakatda oʻrtacha umr davomiyligi uzaygan: 1949-yilda oʻrtacha umr davomiyligi Xitoyda 40 yosh boʻlgan; 2019-yilda esa bu koʻrsatkich 77,3 yoshni tashkil qilgan[2]. TarixiShimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. Xitoyda oʻrta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan. Soʻnggi 20 yil ichida Taklamakon choʻli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega boʻlgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi Xitoyning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qadimiy madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi. Mil. av. 1766—1122-yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. XI asrga kelib, uning hududi birmuncha kengaydi. In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hozirgi xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi. Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdo-sotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qarama-qarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. VI-III asrlarda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada Xitoyda birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpo etildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devori barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206-yilda Sin imperiyasi tugatildi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovar-pul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantirildi (qarang Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuz oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga „qizil qoshlar“ va „yashil oʻrmon odamlari“ qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil „qizil qoshlar“ qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida Xitoy mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220-yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265-yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316-yilda koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tor-mor qilib butun Shimoliy Xitoyni bosib oldi. Natijada Shimoliy Xitoyda turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. Xitoy zodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy Xitoyga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy Xitoyni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi. 4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm Xitoyga milodiy I asrda Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va Shimoliy sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shimolida Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shimoliy Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shimoliy Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581-yilda Xitoydagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 yilda Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. VII asr oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, bosqinchilik urushlari olib bordi. 630-yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657-yil Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin Xitoyga qaram boʻlib qoldi. 751-yil Tan armiyasi Talas jangida arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi. VIII asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo („Besh sulola 10 ta hokimlik“, 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida Xitoy hududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, janubida Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda Xitoy hududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi. Xitoyga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125-yil Lyao imperiyasini tor-mor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141-yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi. XIII asrning 1-oʻn yilligida moʻgʻullar Xitoyni istilo qilishga kirishib, 1279-yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalqlari moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi (1271—1368; Xitoyda 1280-yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi XIV asr oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi. XVI asrda Xitoyda yevropaliklar paydo boʻldi. 1557-yil Portugaliya Xitoyning Aomin xududini „ijara“ga oldi. Sinfiy qarama-qarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning janubida yashovchi chjurchjen qabilalari (XVII asr boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida XVII asr boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 yillardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barham topdi. Xitoyni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) qoʻliga oʻtdi. Sin imperiyasi bosqinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (XVIII asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — „Yangi chegara“ nomi bilan Sin imperiyasiga qoʻshib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi. XVII-XVIII asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffaqiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya XVIII asr oxirlaridan Xitoyga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari Xitoyga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839-yilga kelib ingliz-xitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 yillarda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi „afyun“ urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar Xitoyda bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842-yil Nankin shartnomasiga koʻra, Xitoy Angliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. XVIII asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844-yil Xitoy AQSh hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. Xitoy yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda Xitoyning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850-yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi. 1856-yil Angliya, soʻngra Fransiya Xitoydagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida Xitoyga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi „afyun“ urushi). Ular 1858-yil shimolidagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf soldilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860-yil Angliya-Fransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishgʻol qildi. 1860-yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, Xitoy Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) orolining bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi. 1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSh Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. „Afyun“ urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSh va Fransiya Xitoydagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi Xitoy-Fransiya urushida Xitoy yengildi. Oʻsha yillari Xitoyning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874-yilda Tayvanni bosib olishga urindi. 1879-yilda Ryukyu orollarini egalladi. 1894-yil esa Yaponiya-Xitoy urushi boshlandi. Xitoy bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha Xitoy qoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan oroli va Penxuledao orollari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi Xitoyning bir qancha hududini „ijara“ga oldilar va Xitoyda oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. Xitoyning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati Xitoyda katta norozilikka sabab boʻldi. 1894-yil Xitoyda Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899-yil yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) Xitoyga karshi intervensiya boshlab, 1900-yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901-yil 7-sentabrda chet davlatlar bilan Xitoy oʻrtasida „Yakunlovchi bayonnoma“ imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. XX asr boshida Xitoy yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905-yil Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910-yilga kelib shahar va qishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oldi. Xitoyda temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911-yil sentabrda Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi. 1911-yil dekabrda Sun Yatsen 16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912-yil 1-yanvarda Xitoy rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912-yil 12-fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen Xitoy respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. 1912-yil 25-avgustda Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. Xitoyda Shimoliy Xitoy va Janubiy Xitoy hukumatlari paydo boʻldi. Birinchi jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya Xitoyga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917-yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy Xitoy hukumatini 1917-yil sentabrdan 1919-yilgacha Sun Yatsen boshqardi. Xitoydagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919-yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari („Toʻrtinchi may“ harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921-yil iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923-yil fevraldan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy Xitoy hukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi. 1924-yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar. 1925—27 yillarda Xitoyda kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925-yil 1-iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSh yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926-yil iyulda MIA shim.ga yurish boshladi. 1927-yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927-yil 12-aprelda Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qildi. 1927-yil 18-aprelda Nankinda aksilinqilobiy „Milliy hukumat“ tuzildi. 1927-yil iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi. Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi. Xitoyning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida Xitoy Qizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va Markaziy Xitoyda) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931-yil noyabrda Juyszin shahri (Szyansi provinsiyasi)da Xitoy soveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 yillarda Xitoy Qizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.1931-yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy Xitoyni ishgʻol qilib, 1932-yilda Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933-yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi Xitoy sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. Xitoy Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy Xitoyni tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934-yil oktabr — 1936-yil noyabr) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936-yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini Xitoy Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi. Download 29.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling