O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq svilizatsiyasi va tarix fakulteti tarix fanini o’qishning zamonaviy usullari fanidan kurs ishi mavzu
Download 183 Kb.
|
Jaloliddin manguberdi mohir sarkarda
Uyga vazifa:
1) Yangi mavzuni bayoniga tayyorlanib kelish. 2) Tarixiy atamlarning mazmuniga izoh berish. 3) Mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlar to’plash. XULOSA
Amida yo‘li yaqinida unga to‘satdan mug‘ullar hujum qilib qolishadi (1231 yil avgust boshi). Uni 15 chog‘li mug‘ul navkarlari ta’qib etishadi. Jaloliddin o‘z sheriklaridan ajrab, Mayafariqin (Hozirgi Turkiyaning Silvan viloyati) yaqinida Ayn-ad-dar qishlog‘iga keladi. Ushbu tog‘liq qishloqda u kurdlar qo‘liga tushadi. O‘zini sulton deb tanishtirgandan so‘ng uni kurdlar o‘ldirishga jazm etmaydilar. Uni tegishli joyga yetkazib qo‘yish evaziga mukofot va’da qiladi. Lekin kurdlar rahbari xonadonidan joy olgan, horib-tolgan Jaloliddinni, boshqa bir kurd kishisi ulgan inisi xuni evaziga o‘ldiradi. Bu voqea taxminan 1231 yilning avgust oyi 17-20 sanalari oralig‘ida ro‘y beradi. Ertasi kuni sulton buyumlarni sotib yurgan kurd xususida Mayafariqin hukmdori al-Malik al-Muzaffarga xabar berishganda u qishloqqa o‘z sarkardasi Shahobiddin g‘oziyni yuboradi. Shahobiddin g‘oziy sulton jasadini olib, qishloq erkaklari barini o‘ldiradi va qishloqqa o‘t qo‘yib yuboradi. Muarrix an-Nasaviy buni eshitib shaxsan Mayafariqinga keladi. Jaloliddinning tog‘asi, vazir O‘turxon uning jasadini tanib, qattiq iztirobga tushdi. Jaloliddin Manguberdining murdasi Mayafariqinga dafn etilib, mug‘ullar kirib kelgudek bo‘lsa, haqoratlanmasin degan maqsadda go‘ri yer bilan tekislab yuboriladi. Uning ashaddiy dushmani Damashq hokimi al-Malik al-Ashrafga sulton halokati xususida xabar yetkazib suyunchi so‘raganlarida, u qayg‘uga botib: ”Sizlar uning o‘limi bilan meni qutlamoqchimisizlar? Ammo siz voqeaning achchig‘ini tatib ko‘rasizlar. Olloh nomi bilan qasam ichamanki, uning halokati islom olamiga mug‘ullarning bostirib kirishini anglatadi. Ibn Vosil esa uni “mug‘ullar va musulmonlar orasidagi istehkom bo‘lgan” deb ta’riflagan edi. Jaloliddinning o‘limidan so‘ng uning shonli nomi tez orada xalqlar tilida doston bo‘lib ketdi. “Jaloliddin tirik”, “Jaloliddin qaytib kelayapti” degan ovozalar uzoq vaqtgacha mug‘ullarni tahlikaga solib kelgan. O‘zini “men Jaloliddinman” deb nomlagan turli shaxslar mug‘ullarga qarshi ko‘p holatda isyon va qo‘zg‘olonlarga boshchilik qilganlar (masalan, 1236 yili Eronning Ustundorida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon, 1255 yili Amudaryo bo‘yidagi voqealar va hakozo). “U turkiy bo‘lib, qora mag‘iz yuzli, burni oldida qora xoli bor o‘rta bo‘yli yigit edi. Fors tilida ham bemalol so‘zlasha olar edi. U dovyuraklikda tengi yo‘q, sherlar ichida arslon, otliqlar ichida eng jasuri edi... qisqa so‘zli, hech qachon so‘kinmagan, yomon so‘zlarni o‘ziga ep ko‘rmagan, juda jiddiy, atrofdagilar oldida o‘zini sipo tutar, hech qachon kulmas, faqatgina tabassum qilib qo‘yar edi xolos. U adolatni sevgan, lekin zamon zayli uni o‘zgartirishga majbur qilgan. U o‘z fuqarolarini dardini yengillashtirishga harakat qilgan, shuni hohlagan, lekin tanazzul davri bo‘lganligi bois ham zo‘ravonlikka yo‘l bergan. O‘zini ulug‘lashlarini istamagan. Bachkana ta’riflarni yoqtirmagan, faqat sulton deya murojaat qilishlarini so‘ragan. Uning farmonlarida yolg‘iz so‘z: ”Yordam yolg‘iz Ollohdandir!” degan shior bo‘lgan.» 1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal o‘rnatilinishi, yurtboshimiz ta’kidlaganidek “g‘anim oldida bosh egmagan, tiz cho‘kmagan. Vatan deya halok bo‘lgan” milliy qahramonimizga xalqimizning ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi bo‘lib qoldi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т., 1998 . 2. Каримов И.А.Жалолиддин Мангуберди – халқимизнинг миллий қаҳрамони (тўплам). Жалолиддин Мангуберди таваллудининг 800 йиллик юбилейда сўзлаган нутқ. Асарлар – VIII жилд. –Т., 1999. 3. Каримов И.A. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т., 2008. 4. Каримов И.A. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. Асарлар. –Т., 1996. 5. Азамат Зиѐ. Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Т., 2000 6. Абдунабиев А. Вклад в мировую цивилизацию. Ташкент:. Ўзбекистон, 1998. 7. Авлиякулов Н.Х. Замонавий ўқитиш технологиялари. Т., 2001. 8. Аъмадалиев А. М. проф., Қосимов А. Х. Инновацион фаолият ва илғор педагогик технологиялар. Т., 2006 9. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат – Т., ТДПУ, 2003 10. Ишмуҳамедов Р. Инновацион технологиялар ѐрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари. Т.: ТДПУ, 2004. 11.Бунѐдов З.Б.. Хоразмшоҳлар – Ануштакинлар давлати. –Т., 1998 12.Бўриев О.Б., Н.Т.Тошев. Жалолиддин Мангуберди. –Т. 1999. 13. Баѐний М.Ю. Шажараий Хоразм Шохий. –Т. 1994. 14.Зиѐев Х.З. Ўзбекистон мустақиллиги учун курашларнинг тарихи. –Т., 2000 15.Машарипов О.. Хоразм тарихидан саҳифалар. –Т., 1994. 16.Машарипов О., Хоразмнома. –Т., 2007 17.Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. –Т., 1994 18.Ан-Насави Султон Жалолиддин Мангуберди. –Т., 1999 19.Низомулмулк. Сиѐсатнома. -Т.,1997. 20.Хоразм тарихи.1-қисм.–Урганч, 1997. 21.Хоразм тарихи. 2-қисм.–Урганч, 1997 22.Жабборов И.М. Антик маданият ва маънавий хазинаси. –Т., 1999. 23.Жабборов И.М. Буюк Хоразмшоҳлар давлати. -Т., 1999. 24.Жалоладдин Мангуберди-ватан, юрт ҳимоячиси. / Халқаро конференция материаллари. –Урганч, 1999 25.Ахмедов Б.А. Тарихдан сабоқлар. –Т., 1994. 26.Жалолиддин Мангуберди. Тарихий манбалар. –Т., 1999. 48 27.Ойдин Тонари Жалолиддин Хоразмшоҳ ва унинг даври. –Т., 1999 1 1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т., 1998 21. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т., 1998 4Жалоладдин Мангуберди-ватан, юрт ҳимоячиси. / Халқаро конференция материаллари. –Урганч, 1999 5 Жалоладдин Мангуберди-ватан, юрт ҳимоячиси. / Халқаро конференция материаллари. –Урганч, 1999 6 Жалолиддин Мангуберди. Тарихий манбалар. –Т., 1999. 48 7 Жалолиддин Мангуберди. Тарихий манбалар. –Т., 1999. 48 8Жалолиддин Мангуберди. Тарихий манбалар. –Т., 1999. 48 9Жалолиддин Мангуберди. Тарихий манбалар. –Т., 1999. 48 10Жалолиддин Мангуберди. Тарихий манбалар. –Т., 1999. 48 Download 183 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling