O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ SVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI
Tarix fanini o’qishning zamonaviy usullari fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Jaloliddin Manguberdi mohir sarkarda
Kurs ishining himoyasiga ruxsat berildi:
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va
manbashunsligi kafedrasi mudirisi,
t.f.n, dots. Alimova R.R ________
Bajardi: “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi “
Fors-ingliz 2- guruh 4-kurs talabasi
Farmonov Firdavs _____________
Qabul qildi: Odilov Bobur __________
Toshkent 2023
Mundarija
KIRISH
I BOB Jaloliddin Manguberdi va Temurmalik jasoratlari
Tariximizdagi ulug‘ zotlardan biri Jaloliddin Manguberdi
Jaloliddin Manguberdini yurishlari vatanga qilgan xizmatlari
Jaloliddin Manguberdi (Mankburni) xotirasini abadiylashtirish
II BOB Jaloliddin Manguberdi yurt himoyachisi
2.1 Xorazm taxti uchun nizolar.
2.2 Jaloliddin Manguberdi faoliyati.
2.3 Jaloliddinning ozodlik uchun kurashi.
Dars ishlanma
Xulosa
Foydalnilgan adaboyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusini dolzabligi. Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o’tsa hamki, o’z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo’qotmaydi. U kishida Vatanparvarlikdek Oliy Tuyg’uga xizmat qilish impulsini jo’sh urdirib turadi...
Dunyoni, insoniyatni larzaga solgan Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi, eng hayajonli damlari... Millionlab odamlarning yostig’ini quritgan Falokatning yakuni yaqin. Yakun nurli bo’lishi uchun yana necha millionlab insonning qo’llari duoda... Bunday vaziyatda Vatan himoyachilari — askarlar irodasiga ta’sir etuvchi har qanday kuch katta ahamiyatga ega. Shunday o’ta muhim paytda yozuvchimiz Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi dunyoga keldi.
O’tmishda Chingizxonday qudratli kuchga qarshi tura olgan, mardonavor kurashgan Vatan tirgagi — Jaloliddin Manguberdining qahramonliklarini jonlantira olgan drama Ikkinchi jahon urushi yillarining jangovar vazifalariga katta xizmat ko’rsatdi.
Mazkur asar teatrda sahnalashtirildi. Manbalarda ko’rsatilishicha, Manguberdining kishida hayajonli faxr tuyg’usini junbushga keltira oladigan qahramonliklari aks etgan mazkur drama urushga ketayotgan askarlarga maxsus namoyish etilib, frontga jo’natilgan ekan. Bu esa askarlarda jangovar ruh va shijoat uyg’otib, dushmanga nafratni kuchaytirgan...
Do'stlaringiz bilan baham: |