O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana21.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1219192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Toshniyozova Farangiz KURS ISHI

 
 



KIRISH 
Mamlakatimiz prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich rahnamoligida 
davlatimizda kimyo sanoatini izchil rivojlantirish, sohadagi korxonalar quvvatidan 
oqilona foydalanish, eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ko`paytirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Texnik va texnologik jihatdan qayta 
jihozlanayotgan korxonalarda haridorgir, zamon talablariga mos va raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, ko`plab ish o`rinlari yaratilmoqda. 
Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 11 martda qabul 
qilgan “Kimyo sanoati korxonalarini qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi 
kimyo mahsulotlarini o`zlashtirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi to`g`risida” gi 
qarori bu boradagi ishlarni yanada jadal rivojlanishiga zamin bo’lgan desak 
mubolag’a bo’lmaydi. Tarmoq korxonalari mamlakatimiz qishloq xo`jaligiga 
ko`plab miqdorda fosfatlashtirilgan ammiak selitrasi, A markali metanol, ammiak 
ishlab chiqarish uchun katalizatorlar, Kc-11 markali karbamid smolasi, karbamid-
ammiak aralashmasi, natriy nitrati, trinatriyfosfat, va karboksilmetilselluloza kabi 
keng turdagi kimyo mahsulotlari yetkazib berilyapti.Bularning barchasi 
mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmog`i – kimyo sanoatini yanada 
rivojlantirish, ichki va tashqi bozorda xaridorgir yangi mahsulot turlarini ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirish, energiya sarfini kamaytirish, korxonalarda 
qo`shimcha 
ish 
o`rinlarini 
yaratish, 
qishloq 
xo`jaligi 
mahsulotlari 
yetishtiruvchilarning mineral o`g`itlarga bo`lgan talabini qondirish borasida 
amalga oshirilayotgan islohotlar berayotgan yuksak samaradandir.
Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, 
to’qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo’jalik 
mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab 
o’tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. 
Qishloq xo’jaligi maxsuloti, ayniqsa paxta, hozirgi vaqtda asosiy valyuta resursi, 
respublika uchun hayotiy muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, 
naft va neft mahsulotlari, texnika va texnologiya uskunalarini import bo’yicha 
sotib olishni taminlayotgan asosiy manbadir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 



yetishtirish hamda valyuta resursi bo’lgan paxtani yetishtirish uchun kimyo sanoati 
katta o’rin egallaydi. Buning isboti sifatida chiqarilayotgan turli xil mineral 
o’g’itlar, kimyoviy preparatlar ya’ni g’o’zaga tushadigan turli xil kasalliklarga 
qarshi va oldini oluvchi vositalar ishlab chiqaradi.
Yuqoridagi so’zlarimiz isboti sifatida O’zbekiston Prezidentining 
mamlakatimizni 2017 – 2021 yilga mo’ljallangan besh yillik strategik 
rivojlanishning iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida Vazirlar 
Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo’yilgan asosiy 
masala – bu O’zbekistonning o’tgan yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
yakunlarini muhokama etish va mamlakatimizning keyingi yillarga mo’ljallangan 
iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, 
iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror 
yuqori o’sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 
8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, 
chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor 
tovarlar tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2022 yilda 9,4 foiz, shu jumladan
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni 
tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. 
O’tgan 2021 yilda 500 dan ziyod yangi korxona, birinchi navbatda, kichik biznes 
sub’ektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Tashqi savdo balansidagi ijobiy savdo 
180 million dollarni tashkil qildi, mamlakatimizning oltin-valyuta zaxiralari 1 
milliard 600 million dollarga ko’paydi. 
Sanoat va yalpi ichki mahsulot O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika 
qo’mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yilning yanvar – dekabr 



oylarida O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi 144 867,9 mlrd. so’mni 
tashkil etdi, bu 2021 yilning shu davridagi ko’rsatkichdan 8,1 foizga yuqoridir. 
Joriy davrda sanoatdagi o’sish 8,3 foizni tashkil etdi, bu YIM o’sishining asosiy 
omillaridan biridir. O’tgan 2016-2020yillarning yanvar-dekabr oylarida YIM 
ishlab chiqarishning o’rtacha o’sishi yiliga 8,2 foizni tashkil etdi, ayni paytda 
sanoatda ishlab chiqarish hajmi sustroq o’sib, 8,1 foizni tashkil etdi. Agar 2019-
2021 yillar davomida YIM o’sish sur’atlari sanoatdagi o’sish sur’atlaridan 
muntazam oshgan bo’lsa, so’nggi 2 yilda sanoatdagi ishlab chiqarish o’sish 
sur’atlari YIM bilan solishtirganda yuqoriroq bo’lgan. 2022 yil yanvar-dekabr 
oylari yakunlariga ko’ra, YIM hajmi 2021 yil yanvar-dekabr oylaridagi hajmdan 
36,8 foizga oshdi, sanoat mahsulotlari hajmi esa 36,3 foizga yuqori bo’ldi. 2022 
yilda qora metallurgiya (ishlab chiqarish hajmi 2021 yilgi ko’rsatkich bilan 
solishtirganda 116,5 foizni tashkil etdi), yengil sanoat (116,1 foiz), mashinasozlik 
va metallga ishlov berish (113,5 foiz), yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-
qog’oz sanoati (112,3 foiz) hamda qurilish materiallari sanoati (110,7 foiz) kabi 
sanoatning tuzilma hosil qiluvchi tarmoqlari dinamik rivojlanishi ta’minlandi. 
2018-2022 yillar davomida ishlab chiqarish hajmining o’rtacha yillik o’sishi 
mashinasozlik va metallga ishlov berish (16,1 foiz), yog’ochni qayta ishlash va 
tsellyuloza-qog’oz sanoati (13,6 foiz), qurilish materiallari sanoati (12,6 foiz) 
hamda yengil sanoat (11,2 foiz) singari tarmoqlarda yuqori bo’ldi. Sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida mashinasozlik va metallga ishlov berish eng 
katta ulushga ega, 2021 yil yanvar-dekabr oylarida tarmoq ulushi umumiy hajmda 
19,7 foizni tashkil etdi (2020 yil yanvar-dekabr oylarida 18,8 foiz). Oziq-ovqat 
(16,0 foiz), yengil (14,0 foiz) va yoqilg’i (13,1 foiz) sanoati ham katta ulushga ega. 
Kimyo va neft-kimyo sanoati 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida kimyo va neft-
kimyo sanoatida ishlab chiqarish hajmi 4 107,7 mlrd. so’mni, o’sish sur’atlari esa 
2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 108,9 foizni tashkil etdi. 




Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling