O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 57.23 Kb.
|
LOLA KURS ISHI222(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI
- Bajardi: “Iqtisodiyot”
- TOSHKENRT-2020 Reja
- Kurs ishi mavzusining predmeti
- Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari
- Kurs ish mavzusining obyekti.
- 2018 – Davlat dasturi. Mamlakatimizni rivojlantirishning yangi bosqichi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
TOSHKENRT-2020 Reja: I. KIRISH…………………………………………………………3 1. 2018 – yil Davlat dasturi.Mamlakatimizni rivojlantirishning yangi bosqichi…………………….………..…………………………………………6 2. Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar...…...……………………………………………………………………………11 3. “Faol tadbirkorlik va ijtimoiy rivojlantirish yili” – islohotlarning davomi………………………………………………………………………...16 4 .Iqtisodiyotni rivojlantrish borasidagi vazifalar…………..…..…………..21 5. Iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar……………..……28 6. Harakatlar strategiyasi – taraqqiyoy strategiyasi………………………….32 XULOSA…………………………………………………………………….38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….43 KIRISH Malakaviy kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Moliya, soliq, bank kabi iqtisodiyotimizning turli sohaslarida bir qancha o‘zgarishlar, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, uning rivojlanishi, aholi daromadlarining ortib borishi, YaIMning o‘sish sur’atlari yaxshilanishi uchun bu darajadagi islohotlar zarurdir. Shu o‘rinda shuni takidlash kerakki, iqtodiyotni rivojlantirish hamda faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni takomillashtirilish ham muhim hisoblanadi. Chunki davlat bor ekan uning iqtisodiy siyosati hamda bu iqtisodiy siyosatga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi kichik biznes va tadbirkorlik masalasi ham mavjud bo‘ladi. Bu ikkala tizim bir biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni ajratib bo‘lmaydi. Iqtisod bor ekan tadbirkorlik bor va aksincha biznes bor ekan iqtisod,moliya ham mavjuddir. Umuman olganda, tadbirkorlik sohasi har doim takomillashish kerakdir.Mamlakatimiz rahbari ham aynan shu masalaga alohida e’tibor qaratib,2018-yilni “Faol tadbirkorlik innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” , 2019-ylni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” deb bekorga nomlamadilar. Bu islohotlar zanjirini uzmaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga muvofiq aholi va tadbirkorlikni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasinatijasida ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasining uchunchi ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan iqtisodiyotni rivojlantirishva liberallashtirish ustuvor yo‘nalishlari doirasida quyidagilar belgilab berilgandir: makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlash; soliq yukuni kamaytirishva soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq mamuriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish milliy iqatisodiyotni yetakchi tarmoqlarini modifikatsiya va diversifikatisya qilish hisobiga uning raqobat bardoshligini oshirish; viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutonosib ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish va ularning mavjud salohiyatini samarali baholash va ulardan optimal foydalanish” 2 kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab berilgandir. Kurs ishi mavzusining predmeti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida uni rivojlantirish, faol investitsiyalarni jalb etish hamda tabirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni takomillashtirish yo‘nalishlarrida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar ushbu kurs ishning predmetidir. Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari. Mamlakatimizni rivojlanishida iqtisodiyotimizda investitsiyalar,kichik biznes va tadbirkorlikning tutgan o‘rnini tahlil qilish, hamda bu tizimiga innovatsion yangiliklar olib kirish. Kurs ishi mavzusining nazariy-amaliy va uslubiy ahamiyati. Ushbu ishning nazariy va amaliy ahamiyati iqtisodiyotni rivojlantirishda turli innovatsiyalarni qo’llash va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, mamlakatimizning iqtisodiy o’sishida rivojlangan xorij mamlakatlarning tajribasini olib kirish va shakllangan nazariy masalalarrni amaliyotga joriy etishdan iborat. Kurs ish mavzusining obyekti. O’zbekistonda ijtimoiy rivojlantirish hamda faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan islohotlari hisoblanadi. Kurs ishi mavzusining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 5 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning predmeti kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari yoritilgan. Asosiy qismida 2018-yilda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, amaliyotga faol investitsiyalarn olib kirish borasida boshlangan keng ko’lamli ishlar hamda ularning 2019-yildagi davomiyligi, yangi takliflar, jtimoiy rivojlantirish borasida yo’lga qo’yilgan ishlar, bu sohadagi zamonaviy yondashuvlar xususida gap ketgan. Kurs ishi so’ngida esa xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati joy olgan. 2018 – Davlat dasturi. Mamlakatimizni rivojlantirishning yangi bosqichi Barchamizga yaxshi ma’lumki, bundan ikki yil oldin muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonlaridan 2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deya e’lon qilingan edi.Albatta, yilga aynan mana shunday nom berilishi iqtisodiyotimizni yangicha rivojlantirish maqsadida qo’yilgan qadam edi. O’shanda mamlakatimiz rahbari ushbu yilga aniq va go‘zal ta’rif bergan edilar: Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo‘nalishdir.1 Davlatimiz rahbari qayd etganlaridek, bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Shu ma’noda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi. Zero, innovatsion faoliyatgina iqtisodiyotni yuksaltirish imkonini beradi.Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Ana endi masala mohiyatini chuqurroq anglash uchun uni kengroq tahlil qilib ko’rsak: avvalo faol tadbirkorlik hamda innovatsiyaning o’zi nima degan savolga javob topsak: Innovatsiya – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar boʻlib, ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: mablagʻlarni, shu jumladan pul mablagʻlarini (chet el valyutasi ham kiradi), maqsadli bank omonatlarini, , ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni; koʻchar va koʻchmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni; intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan, u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni.Qolaversa, innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun mamlakatimizda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi va uning oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz. Download 57.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling