O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 57.23 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2020
Hajmi57.23 Kb.
#157267
1   2
Bog'liq
LOLA KURS ISHI222(1)

Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo’lishi shart. Kerak bo’lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o’zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug’dirib berishimiz lozim. Hozirgi kun dunyo iqtisodiyotini innovatsion yangiliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayni paytda jamiyat hayotida innovatsion soha shu darajada jadal rivojlanmoqdaki, iqtisodiyotda innovatsiyalarning ulushi kundan kunga oshib bormoqda va buning natijasida innovatsiya xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning asosiy boyligiga aylanib bormoqda.

A.Smit fikricha, ―tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g’oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog’liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A.Smit fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o’zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qilad. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta‘minlovchi asosiy bo’g’ini va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Respublikamizda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqarorligini ta‘minlash va uni qo’llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi muhim roli shundan iboratki, uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining oshishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo’jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori darajada universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va har qanday sharoitga tez moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolati desak mubolag’a bo’lmaydi.


  Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 22 yanvar kuni imzolagan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" farmoni ham jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada jadal va keng ko’lamli bo’lishini nazarda tutgandir.2
    Mazkur farmon Davlat dasturining asosiy yo'nalishlari va uni amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Aytish joizki, Davlat dasturi yurtdoshlarimizning fikr-mulohaza va takliflari asosida ishlab chiqilgan. Dastur loyihasi aholi o'rtasida keng va atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar asnosida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi va ulardan dasturni takomillashtirishda foydalanildi. Davlat dasturi 5 boʻlimdan iborat. Davlat dasturi doirasida 37 ta qonun (Saylov kodeksi, "Davlat xizmati toʻgʻrisida", "Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida", "Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida", "Fan toʻgʻrisida", "Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida"gi va boshqalar)ni ishlab chiqish, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Ma'lumki, Harakatlar strategiyasi o'rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. 2017- yilida Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda "Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun" degan tamoyil va "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan ezgu g'oyaning hayotga amaliy tatbiq etilishiga alohida e'tibor qaratilgan edi. 2018 yilda esa Harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalar ko'lami kengaytirilib,keyingi yillarda yurtimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo’ydi.

Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni

rivojlantirish uchun yaratlayotgan sharoitlar

Darhaqiqat, qabul qilingan dastur asosida olib borilgan va olib borilayotga qat’iy chora-tadbirlar,albatta,o’zini oqlab kelmoqda.Xususan, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarorning qabul qilinishi va quyida ko’rsatilgan tadbirkorlik faolyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining tashkil etilishi fikrimizga isbot bo’la oladi.Ushbu Nizom Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilab beradi. Jamg‘arma o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respubliksi iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Agentlikning qarorlariga amal qiladi. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, bank hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega. Jamg‘arma barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi.



Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari xususida ham gapirar ekanmiz, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq bazaviy hisob-kitob miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berish, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda kafillik berish kabi imkoniyatlarini ham ta’kidlash kerakdir. 3

Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Buni biz yuqorida keltirib o’tilgan maxsus davlat jamg’armasi misolida ham ko’rishimiz mumkin,albatta.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko’ra mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolar mavjudligi aniqlandi. Bularga kiritishimiz mumkin: birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yo‘lga qo‘yilmagan;
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi saqlanib qolmoqda;
to‘rtinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ma’lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani biznes-tuzilmalarga o‘tkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
eshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar sohasiga texnika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti;
yettinchidan, aholi o‘rtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda.4

Albatta, shu kabi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, mahalliy va xorijiy innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarini  tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Qabul qilingan 2018 yilgi Davlat dasturini roʻyobga chiqarish doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard AQSH dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq 400 dan ortiq qishloq va mahallalarda munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.“Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi.Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi.Yangi oʻquv yoʻnalishlarini ochish va qabul kvotalarini oshirish hisobiga oliy taʼlim olish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaytirildi. Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. Albatta, bu amalga oshirilga ishlar ko’lami va erishilgan natijalar kegusi 2019-yilda ham o’zining davomini topti deyish mumkin.5

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” – islohotlarning davomi

O’tgan 2019-yilimizga muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilingan edi.Albatta, yilimizga bunday nom berilishida 2018-yilda boshlangan loyiha va dasturlarning mantqiy davom bo’lishi ko’zda tutilgan.Qolaversa,bu borada mamlakatimiz rahbarining o’zlari ham “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, faol investitsion siyosat olib boruvchi mamlakatlar rivojlanishda yuqori muvaffaqiyatlarga erishmoqda”, — deya ta’kidlagan edilar.U kishi investitsiyalarni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, boshqa sohalar va mamlakat hududlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi, yangi texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiluvchi kuch deb atagandilar.6

2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilinishi ham bu sohaga katta e’tibor qaratilayotganidan darak beradi. Bu Farmonga binoan, umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard $ ga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi tasdiqlangan.Unga ko’ra, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosati erkinlashtirishni davom ettirish amalga oshiriladi.Ushbu davlat dasturi quyidagi yo’nalishlarni qamrab olgan:

-davlat va jamyat qurilishi tizimini takomillashtirish;



- qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

- iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish;

- ijtimoiy rivojlanish; 

- xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat.

Muhokama etilayotgan davlat dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiyalarni jalb qilish sohasiga alohida e’tibor qaratilganini alohida keltirib o’tish joiz. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan modernizatsiyalashga, byudjetlararo munosabatlar izchilligini, iste’mol tovarlar narxlari barqarorligini ta’minlashga, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb qilishning yangi mexanizmlarini joriy etishga, olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 2020-yil 1-yanvardan Milliy hisoblarning zamonaviy tizimini to’liq joriy etish, 2019-yil 1-sentyabrgacha esa soliqlar bo’yicha imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilishni nazarda tutgan Soliq kodeksi yangi tahririni, Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqish, sug’urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish, “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish shular jumlasidandir. Shuningdek, Dasturda “yashirin iqtisodiyot” ga qarshi kurashish va uning YaIMdagi ulushini keskin kamaytirish orqali mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini oshirish va Global raqobatbardoshlik reytingiga kirish bo’yicha ishlar nazarda tutilganligi alohida ta’kidlab o’tildi. Bundan tashqari, bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish hisobiga tadbirkorlik muhitini sog’lomlashtirish, jahon bozoriga integratsiyalashuv yo’li bilan mamlakatimiz eksport salohiyatini kuchaytirish va hududlarning mustaqilligini mustahkamlash, qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ilg’or texnologiyalar joriy qilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ishlari amalga oshirilishi barcha davlatimiz mutasaddilari tomonidan tomonidan qo’llab-quvvatlandi.7

Darhaqiqat, joriy etilayotgan va amalga tadbiq qilinayotgan bu ishlar,islohotlar eng avvalo, xalqning, jamiyatning yuksalishi,mamlakatning taraqqiy etishi hamda sog’lom iqtisodiy-siyosiy muhitning barqarorligini ta’minlashga qaratigandir.Bularning barini takomillashtirish va jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirish biz kabi yosh iqtisodchi,bo’lajak siyosatchilaring malakasiga bog’liqdir.Shu o’rinda  bir savol tug‘iladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz, modernizatsiya, deymiz.Lekin bu o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nima o‘zi?

Investitsiyaning o’zi – bu iqtisodiyot drayveri, iqtisodiyotning yuragi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. Ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Yoshlarga munosib ta’lim berish, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yangi bosqichda davom ettiriladi.Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz.Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi.

Investitsiyalarning so‘nggi maqsadi esa — O‘zbekistonda yashovchi har bir insonning hayot darajasini oshirishdan iborat.Asosiy ustuvor vazifalar — ijtimoiy sohani rivojlantirish, yoshlarni munosib ta’lim bilan ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdir. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi – bizning bosh maqsadimizligi qabul qilnayotgan har bir qaror va loyihalarimizning mag’zini tashkil etishi hech birimizga sir emas,albatta.

Endi ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida qilingan ishlar borasida to’xtaladigan bo’lsak, birinchi navbatda— uzoq muddatli (10 — 15 yilga mo‘ljallangan) tarmoq, ­hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, ikkinchi o’rinda— tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini ­tuzish hamda uchinchi bosqichda — rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlanganligini aytib o’tish joizdir.Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vosita­lari bilan ta’minlash, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish, fuqarolarning ­bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi8.




IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH

BORASIDAGI VAZIFALAR

Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim:

– ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;

– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish;

– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;

– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;

– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.

Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart.Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.O‘tish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to‘g‘ri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir.Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin.

Shu maqsadda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq joriy erish mamlakatimiz rahbari tomonlaridan qatiy ortaga tashlanhgan edi.

Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bog‘liqdir.Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qo‘llab-quvvatlaymiz.Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim.

Vazirlar Mahkamasi mamlakatni 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni kelgusi yil 1 aprelgacha yakunlash belgilangan.

Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish zarur. Byudjet hisobidan mablag‘ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridan iborat, natijaga yo‘naltirilgan indikatorlari chiqish lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur.

Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.



Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz.

2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallangan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlash lozim.Masalan, dunyodagi nufuzli “Fitch Ratings” va “Standart & Poo’rs” reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi.Ana shu reyting baholari “Barqaror” prognoziga ega bo‘lib, bu yaqin 12-18 oy davomida ushbu ko‘rsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi.O‘zbekiston erishayotgan bunday reyting baholari ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim.Ushbu reyting agentliklari O‘zbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional o‘zgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga alohida e’tibor qaratmoqda.

2020- yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta O‘zbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqarish rejaga kiritilganini ham aytib o’tish lozim.Bu borada biz “J.P.Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank” kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib borilmoqdamiz.

Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini to‘la namoyon etish choralarini ko‘rishimiz kerak.Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub’ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim.

Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlarga shunday imkoniyat yaratish kerak.

Shu maqsadda, Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aniq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, jumladan, mamlakatimizni Global raqobatbardoshlik reytingiga kiritish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish topshirilgan.

Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarur.

Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o‘z navbatida, bank sektorida sog‘lom raqobatga to‘siq bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim.

Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak.

Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur.

Investorlar mamlakatimizda o‘zini imkon qadar erkin his qilishlari uchun valyuta bozorini yanada erkinlashtirish talab etiladi.

To‘rtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi kerak.

Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yo‘lidir. Shuning uchun bu borada ta’sirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz zarur.Bundan tashqari, o‘zimizda ishlab chiqarilgan va import qilinayotgan yuqori likvidli mahsulotlar markirovkasini joriy etish bo‘yicha jadal ish olib borish talab etiladi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‘zda tutilishi shart.Ma’lumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag‘ albatta kamayadi.Buni samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish va byudjet barqarorligini ta’minlash mumkin. Aynan shunga erishish birinchi galdagi vazifamizdir.Soliq ma’muriyatchiligi shunday bo‘lishi kerakki, qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinsa ham bu holat iste’mol tovarlarining narxi o‘sishiga olib kelmasligi shart va zarur.Moliya vaziri va Davlat soliq qo‘mitasi raisi soliq ma’muriyatchiligi samaradorligi hamda byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlashga shaxsan mas’ul etib belgilanadi.Soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish lozim.Zero, berilgan imtiyoz raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tadbirkorlarning o‘zlari ham e’tirof etmoqdalar.

Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettirishdir. Buyuk alloma Najmiddin Kubro hazratlari “Muvaffaqiyatni – sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda ko‘rdim”, deb bejiz aytmaganlar.9

Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.

Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi reytingida mamlakatimiz qurilish bo‘yicha 134-o‘rinni egallagan.Bu esa sohada ko‘plab muammolar borligidan dalolat beradi.Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy talablarga javob beradigan, “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadigan bojxona komplekslarini barpo etish kerak.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar

Harakatlar strategiyasi asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning dastlabki natijalari yurtimiz aholisi hayotida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida muhim omil bo‘layapti.Mazkur dasturilamal hujjatning uchinchi — Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.Shundan kelib chiqib, bugungi kunda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, ayniqsa, tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, iqtisodiyotning liberallashtirilishi bu davlatni nomarkazlashtirish bo‘lib, uning iqtisodiy boshqaruvdagi funksiyalarini o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, xususiy sektorlarga o‘tib borishini anglatadi. Ushbu jarayonda ikkita muhim strategik vazifani hal qilish zarur. Avvalo, xususiylashtirilayotgan mulk haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi kerak. Chunki iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoitlar yaratishga imkon tug‘dirilishi milliy ongning o‘sishi va tafakkur taraqqiyotiga olib keladi. Navbatdagisi, iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda raqobat muhitini yaratish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo qilishdir. Bu, o‘z navbatida, jamiyat turmush sharoitiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, odamlarning xususiy mulkka nisbatan qarashi o‘zgarishi, ijtimoiy ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlat mulki xususiylashtirilib, kichik biznesning rag‘batlantirilishi tufayli jamiyatda mulkdorlarning yangi qatlami vujudga keladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotda davlat ishtiroki bosqichma-bosqich kamaytirilayotgani quvonarlidir.

Iqtisodiyot professional diagnostika asosida tahlil etilib, strategik harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019- yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil qildi, eksport hajmi qariyb 15 foiz ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million AQSh dollariga yetkazildi.Agar mavjud salohiyat va imkoniyatlardan oqilona foydalanilsa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar muttasil oshib boraveradi. Buning uchun iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash hamda yangilash tadbirlarini yanada jadallashtirish zarur. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimiz gaz va elektr energiya sohasidagi kapitalning texnologik eskirganligi hamda modernizatsiyalashtirilmaganligi sababli gaz ishlab chiqarishda tabiiy gazning 23 foizgacha, elektr uzatishlarda esa elektr energiyasining 20 foizgacha isrof bo‘layotgani juda achinarlidir. Bebaho boyliklarimiz behuda yo‘qotilishining oldini olish uchun texnologik qoloq hamda samarasiz ishlab chiqarish jarayonidan voz kechishimiz darkor. Zero, kapital yangilanmas ekan, texnologik rivojlanish ham bo‘lmaydi. Ammo kapital yangi bo‘lgani bilan uning ishlash texnologiyasi eski bo‘lsa, uning ham samarasi sezilmaydi. Buning yana bir salbiy oqibati shuki, malakali kadrlarga bo‘lgan talab ham pasayib boraveradi.

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotimizda yig‘ilib qolgan bunday muammolarni bartaraf etish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar qatorida, O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerakligini alohida ta’kidladilar. Bunday dasturning yaratilishi mamlakatimizda ilm-fan hamda texnologiyaning rivojlanishi va iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.

Darhaqiqat, dunyoda ilm-fan hamda texnologiyani rivojlantirish dasturlari va ularning yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish orqali o‘z taraqqiyot yo‘lini mustahkam qurgan davlatlar ko‘plab topiladi. Janubiy Koreya — ana shulardan biri. O‘tgan asrning 60-yillarida dunyoning qashshoq mamlakatlari safida bo‘lgan ushbu davlat texnologik rivojlanish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish orqali jahonda yetakchilardan biriga aylandi. Xuddi shunday hayotiy dasturlar orqali Malayziya, Xitoy ham qoloq va agrar mamlakatdan sanoati taraqqiy topgan, jadal rivojlanayotgan davlat sifatida shakllandi. Ular rivojlangan davlatlar safidan tushmaslik uchun mudom kuchli raqobatga kirishish, o‘z pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ymaslik payidan bo‘ladi. Tabiiyki, bunda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan, texnologik o‘zgarishlarni o‘zida mujassam etgan milliy dasturlar qo‘l keladi.

Hozirgi globallashuv hamda kuchli raqobat muhiti mamlakatlar oldiga innovatsiyalar va texnologik o‘zgarishlarni izchil amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Ana shu jihat inobatga olingan holda, yurtimizda innovatsion faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratilayapti. “Mirzo Ulugbek Innovation Center” markazi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil qilinganligi mazkur ishlarning debochasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Kuchli milliy dastursiz modernizatsiyalash tadbirlari izchil bo‘lmasligi aniq. Shu bois ham texnologik o‘zgarishlarni zamon talablariga to‘liq javob beradigan darajaga ko‘tarish uchun milliy dastur yaratilishi g‘oyat muhimdir.

Bu dasturda alohida ta’kidlanganidek, iqtisodiyotimizning boshqaruv tizimi eskirib ketgan va u bugungi zamon talablariga, qolaversa, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun innovatsion g‘oyalarni patentlash hamda ularning tijoratini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi turmush darajasini va iqtisodiy jarayonning samaradorligini oshirish bo‘yicha mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmaganligidan mamlakatimizda texnologik qoloqlik darajasi ko‘tarilib, uning tashqi dunyo bilan raqobatdoshligi pasayib ketgan. Bu, o‘z navbatida, yurtimizda innovatsion hamda kreativ g‘oyalarga ega malakali kadrlarning chet ellarga chiqib ketishiga sabab bo‘lgan. O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiyalash g‘oyalarining maqsad hamda vazifalari to‘liq ifodasini topadigan milliy g‘oya va milliy dastur yaratilishi mavjud muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizni jahondagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishga xizmat qiladi.



Harakatlar strategiyasi - taraqqiyot strategiyasi

2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyaning 3 – yo’nalishi, ya’ni «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida ilgʻor gʻoyalar, "smart" texnologiyalar va nou-xaularga asoslangan innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich oʻtish koʻzda tutilmoqda.Venchur fondlar, venchur moliyalashtirishni tashkil etish va rivojlantirish uchun huquqiy asoslar, shuningdek, iqtisodiyotga innovatsiyalar va yangi texnologiyalar joriy etishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar ishlab chiqiladi.

2023-yilning 1-yanvariga qadar venchur fondlar, yuqori texnologik startap-loyihalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsiya markazlari va loyiha-konstruktorlik byurolariga oʻzlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotish (foydalanish uchun taqdim etish)dan tushgan daromadlari boʻyicha soliq imtiyozlari taqdim etiladi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‘jalikda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqaror turibdi. Jumladan, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish, «Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning kafolati bo‘la oladi. Ayrim davrlarda davlat “charchagan” xususiy va jamoa mulki ob’yektlarini “jonlantirib”, keyin ularni xususiy qo‘llarga sotishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir.

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichida chakana savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob’yektlari xususiy qo‘llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‘nikmalarini hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‘rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi.

Bozor qanchalik mukammal vosita bo‘lmasin, barcha muammolarni hal etishga qodir emas. U davlat aralashuvisiz iqtisodiy muvozanatni ta’minlay olmaydi. 2007-2008 yillarda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz saboqlari buni yaqqol ko‘rsatdi. Bozor o‘zicha barchaga barobar foiz stavkasi, baho va daromadlar mexanizmini yarata olmaydi. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi nisbatni saqlash mikrodarajada davlat ishtiroki va nazorati bilangina ta’minlanishi mumkin. Xuddi mana shu ikki narsada ishlab chiqarish va aholi daromadlarini o‘stirishning beqiyos imkoniyati mujassam.

Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‘tish davrining o‘zidayoq o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‘rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‘sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi.

Mamlakatimizda har yili 30 mingdan ziyod kichik biznes sub’yektlari barpo etilmoqda. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 56,9 foizga, sanoat ishlab chiqarishida esa 45 foizga yetkazildi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar ulushi 52 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni pirovard maqsad bo‘lmasligi kerak. Agar erkinlashtirish sur’atlari, iqtisodiyotning o‘sish sifat ko‘rsatkichlari, aholi turmush darajasi barobarida kechsa yanada yaxshi bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish prognozlariga ko‘ra, dunyodagi tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ham oldingi o‘rinlarga chiqdi. Ushbu ko‘rsatkichlar hozirgi sharoitda ancha yuqori hisoblanadi. Chunki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali to‘la barham topgani yo‘q, davlatlarning bir-biriga sanksiya va embargolar qo‘llashi avj olmoqda. Qolaversa, muhim tovarlarga tashqi talab kamayib, narxlar pasayib bormoqda, talabga nisbatan taklif ustunroq. Bu kabi tashqi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik milliy iqtisodiyotga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta.

Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha Dasturida to‘la quvvat bilan ishlamayotgan davlat korxonalarini tugatish va ochiq savdolar orqali yangi xususiy mulkdorlar ixtiyoriga o‘tkazish, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan va foydalanilmayotgan davlat ulushini to‘la sotish, qator korxonalardagi davlat ulushi aksiyalarini fond bozorida sotish orqali 51 foizgacha tushirish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, bu tadbirlarni o‘tkazish mexanizmlari ham takomillashtirildi. Jumladan, davlat aktivlarini sotish muddatlari qisqartirildi, savdolardagi davlat aktivlariga ikki oy muddatda talab tushmagan taqdirda, ularning bahosini 50 foizgacha, har 15 kunda esa 10 foizga pasaytirish, shunda ham sotilmasa investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan «0» qiymatda sotish, Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish, davlat ob’yektlarini qismlarga bo‘lib sotish, xarid to‘lovlariga imtiyoz berish, davlat ob’yektlarini ijarachilarga sotilishga ustunlik berish, xo‘jalik organlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar korxonalarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi mumkinligi va boshqalar belgilab qo‘yilgandir.10

XULOSA

Mamlakatimiz tarixida 2017-yildan boshlangan rivojlanishning yangi bosqichi natijasida bugun jonajon O’zbekistonmiz yangi bir qiyofa kasb etdi. Albatta, bu borada biz bilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yich HARAKATLAR STRATEGIYASI ning ahmiyati kattadir. Bu strategiyaning aynan bizning sohamizga taalluqli bo’lgan, ya’ni iqtisodiyot va uni rivojlantirish istiqbollariga bag’ishlangan uchinchi yo’nlishi borasida qilingan ishlar hamda erishilgan natijalarni o’tgan yillar misolida ko’rib chiqdik. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, O’zbekistonni tez orada rivojlangan mamlakatlar safidan joy olishi maqsadida olib borilayotgan siyosat o’z natijalarini berishni boshlagan desak yanglishmagan bo’lamiz. Muhtaram yurt boshimiz tomonlaridan 2018-yilga “ Faol tadbirkorlik va innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili ”, 2019-yilga “ Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili “ deya nom berilishi chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli siyosat yuritish uchun qo’yilgan ketma-ket qadamlar edi. O’zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun yangidan yangi investitsiyalarni jalb etish, bu borada malakali kadrlarni tayyorlash, yuqori natijalarga erishish uchun xorij tajribalarini keng tadbiq etish nazarda tutilgan Davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Aholining mavjud daromadlarini oshirish , mamlakatimiz YaIM hajmining yuqori ko’rsatkichlarda o’sishiga erishish, yangidan-yangi investitsiyalarni olib kirsh, faol tadbirkorlikni yanada ko’paytirish kabi muhim masalalrni ijobiy hal etish maqsadida investitsiyalarni rivojlantirish Vazirligining tashkil etilishi ham alohida e’tirofga loyiq. Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida aynan tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilishi , albattaki, investitsiyalarning ham ko’payishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda investitsion g’oyalar, texnologiyalarni taqdim etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ham keltrib o’tish joizdir. Maʼlumki, 2018 yil 7 iyunda Prezident qarori bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi qabul qilingan va unda barcha tashkiliy, moliyaviy choralar belgilab berilgan edi. 2019- yil 7 martda bu boradagi yana bir muhim hujjat – davlatimiz rahbarining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 


Ushbu qarorga muvofiq, maqsadli jamgʻarmalardan qoʻshimcha 5 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Umuman, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun o’tgan yilda tijorat banklari orqali barcha hududlarga 6 trillion 200 milliard soʻm yoki 700 million dollardan ziyod mablagʻ ajratildi. Biroq Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida2019-yil 2 may kuni “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini taʼminlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish qoniqarsiz ekani yoki oʻz holiga tashlab qoʻyilgani taʼkidlanib,bu borada mutasaddilarga ogohlantirishlar ham berilgan edi. Jumladan,o’tgan yilning mart-aprel oylarida tikuvchilik, hunarmandchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirish, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, maishiy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish uchun yillik mablagʻlarning 19 foizi ajratilgan, xolos. 
Ammo 2020-yilga kelib avvalgi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida yangidan yangi loyihalar ishlab chiqilib,takomillashtirilmoqda.Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori ham Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

- kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash  Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB  (vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;

- kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;

- mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun tegishli jamg‘armalar tomonidan ajratiladigan resurslarning 2020-2022-yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib belgilanadi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek, barcha hududlarda “bank xizmatlari ofislari”ning keng tarmog‘i yaratiladi, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali yangi bank xizmatlari hamda “modulli” kreditlash asosida yangi kredit turlari  joriy qilinadi.

qabul qilindi. Hozirda MB qayta moliyalashtirish stavkasi 16 foiz bo‘lib, biroq bir necha, jumladan, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar 7 foizdan berilmoqda. Shuningdek, yosh oilalar, oilaviy korxonalar, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va boshqa dasturlar ham bor.Garvard biznes maktabi ilmiy tadqiqotchisi Botir Qobilov oldinroq imtiyozli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,9 ekanligi va bu bozordagidan 4 marotaba, qayta moliyalashtirish stavkasidan esa 2,7 marta arzon ekanligini ma’lum qilgandi. Oddiy kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 24,3 foizni tashkil etgan.“Markaziy bank 2021-yil 1-yanvardan davlat maqsadli dasturlari doirasidagi kreditlarni erkin bozor stavkalarida taqdim etish va zarur bo‘lganda foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini qo‘llashni taklif qilmoqda.

Innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ham bir qancha samarali ishlar yo’lga qo’yilmoqda.Yuqorida hatto bu soha uchun alohida vazirlik tashkil etilganligini aytib o’tgandik. 2019-2021 yillar uchun innovatsion rivojlanish strategiyasi ham tasdiqlangan va strategiyaning asosiy maqsadi inson kapitalini mamlakatning jahon sahnidagi raqobatbardoshlik va innovatsion taraqqiyoti darajasini aniqlab beruvchi asosiy omili sifatida rivojlantirish hisoblanadi. 2030 yilga borib O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha dunyoning eng ilg‘or 50 mamlakati tarkibiga kirishni rejalashtirmoqda. Ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq qilish uchun texnoparklar xabi, erkin iqtisodiy zonalar, erkin sanoat zonalari, kichik sanoat zonalari va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini yaratish rejalashtirilmoqda. - deydi Innovatsion rvojlanish vaziri I.Abdurahmonov.



Mana, azizlar, bu qilinayotgan barcha barcha ishlar shu zaylda yildan-yilga davom etib kelmoqda.Mamlakatimizning yorqin kelajagini ta’minlash uchun mana shu kabi qarorlar, loyihalar, dasturlar kundan-kunga kuchayib bormoqda. Biz yosh kadrlar ham bo’layotgan islohotlarga befarq bo’lmasdan, aksincha o’z fikrlarimz, o’z loyiha va ishlanmalarimz bilan iqtsodiyotimiz ravnaqiga biroz bo’lsada hissamizni qo’sha olsak, albatta, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. O’zbekiston rivojlanishning yangi bosqichida investitsion va innovatsion yo’lni tanlab eng to’g’ri qarorni qabul qilganiga mana bugun barchamiz to’liq amin bo’lib turibmiz. Chunki yurtboshimiz ta’birlari bilan aytganda: Hech qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, hech qanday natijaga erishmaydi. Eng murakkab yoʻl, bu investitsiya jozibardorligini sarmoyadorlarga yetkazish boʻyicha katta ishlarni qilishimiz kerak. Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisholmaymiz.Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisholmaymiz. Juda katta marra olyapmiz. Qaror, qonun, farmon, kerak boʻlsa kadrlar dunyoqarashini oʻzgartirishimiz kerak. Joylardagi toʻsiqlarni olib tashlasak, investitsiya muhiti taʼminlanadi” .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

I. Me’yoriy – huquqy hujjatlar:


1. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINNG FARMONI PF-4947-son 07.02.2017 (lex.uz)
2. 2017 – 2021 –yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantrishning beshta ustuvor yo’nalish bo’ycha Harakatlar strategiyasining “ Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili “ da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida O’ZBEKSTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PF-5308-son 22.01.2018 (lex.uz)

3. 2017 – 2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishnng beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoy rvojlansh yili “ da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PF-5635-son 17.01.2019 (lex.uz)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi PQ-3777-sonli «Har bir oila - tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida qarori 

5. “HAR BIR OILA-TADBIRKOR” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to’g’risida O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOSHQARUVINING QARORI PF-3022-SON 09.06.2018
6. IQTISODIY rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI PF-5621-son 10.01.2019

7. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risda O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 704 – son 08.09.2017

8. O’ZBEKISTON Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi 28.12.2018 y
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdani Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risidagi qarori.
10.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni.
II Internet saytlari:

11. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi

12. www.review.uz – veb sayti

13. www.kun.uz – veb sayti

14. . www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi sayti .

15. www.prezident.uz – O’bekiston Respublikasi Prezdentining rasmiy veb-sayti

16. www.mineconomiy.uz – O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy Taraqqiyot va Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi ramiy veb-sayti

17. www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy veb-sayti

18. www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi moliya Vazirligining rasmiy veb-sayti

19. www.ziyonet.uz – axborot ta’lim tarmog’i

20. https:\\uz.m.wikipedia.org – global internet tarmog’i ensiklopediyasi



1 O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 22.12.2017 yilgi Oliy Majlisga Murojatnomasi

2 O’zb.Res.prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 7-maydagi PF-5308 Farmoni

3 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qaroriga 3- ILOVA

4 Falo tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirsh uchun shart-sharoitlarni bo'yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zb.Res.Prezidentining qarori 07.05.2018 y

5 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning PF-5635-son 17.01.2019 yilgi Farmoni


6 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 28.12.2018 y

7 “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturinng ekspertlik muhokamasi 11.01. 2019 y

8 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 2-ILOVA

9 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 28.12.2018 y


10 2017-2021 – yillarda O’zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlansh yili”da amalg aoshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida O’zb.Res.Prezdenti Farmoni 18.01.2019 y.




Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling