O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mavzu: “O‘zbekistonda hayot sug‘urtasini ustuvor yo‘nalishlari” Ilmiy rahbar
Hayotni ma’lum muddatga sug‘urta qilish
Download 161.5 Kb.
|
Abdullayev Dilshod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayotni bir umrga sug‘urta qilish
Hayotni ma’lum muddatga sug‘urta qilish shakli qadimgi va an’anaviy sug‘urta turi hisoblanadi. Bunda sug‘urta shartnomasi ma’lum belgilangan davrga (bir yil, besh yil, o‘n yil), va sug‘urta summasi naf oluvchiga faqatgina sug‘urtalanuvchi shartnoma amal qilish davrida vafot etganda beriladi.
Ushbu sug‘urta turi sug‘urtalanuvchining vafot etishi hodisasida sug‘urta to‘lovini amalga oshirishning eng yuqori kafolatini beradi va eng minimal sug‘urta mukofotini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi - sug‘urtalangan shaxsning bevaqt vafot etishidan ko‘riladigan zarardan uning oila-a’zolarini himoya qilishdir. Sug‘urta mukofoti shartnoma amal qilishi davomida to‘lab boriladi. SHartnoma sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchi daromadida ishtirokini ham, investitsion daromadidagi ishtirokini ham va boshqa shu kabi holatlarni ko‘zda tutmaydi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta summasini to‘lash bir martada yoki bo‘lib-bo‘lib renta ko‘rinishida to‘lanishi ham mumkin. Hayotni bir umrga sug‘urta qilish shakli – bu sug‘urtalangan shaxsning butun umri davomida vafot etishidan sug‘urtalash bo‘lib, bunda sug‘urta hodisasi qaerda va qachon yuz berishi hech qanday rol o‘ynamaydi. Shartnomada sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchi daromadida ishtirok etishi, investitsion daromadidagi ishtiroki va boshqa shu kabi holatlar ko‘zda tutiladi va bu sug‘urta hodisasining qachon yuz berishiga qarab sug‘urta summasining turlicha bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sug‘urta shartnomasning muddati belgilanmaydi. Sug‘urta mukofoti bir martada yoki bo‘lib-bo‘lib sug‘urta shartnomasi amala qilishi davomida to‘lab borilishi mumkin. Sug‘urtalangan shaxs 75-80 yoshga to‘lgandan keyin sug‘urta mukofotini to‘lashdan ozod etiladi. Sug‘urta summasi bir martada yoki bo‘lib-bo‘lib renta shaklida to‘lanishi mumkin. Mamlakatimizda hayot sug‘urtasi sovet tuzumi davrida birmuncha rivojlandi.. 1917-1990 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda hayotni sug‘urtalash “Gosstrax” tomonidan bajarib kelingan. Mustaqillikdan keyin esa sohaga e’tibor kuchaydi. Bugungi kunda hayot sug‘urtasi bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlarining o‘rtacha 15-16 foizi sug‘urta qoplamalariga yo‘naltirilmoqda. Hayot sug’urtasini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri ushbu sohani liberallashtirib borish va shu bilan bir vaqtning o‘zida uni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirib borishdan iborat. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tartibga solish normalari va nazorat vositalarisiz amalga oshirilgan liberallashtirish, ayniqsa o‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun bozorda xaosning yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun respublikada sug‘urta faoliyatini huquqiy tartibga solish tizimini rivojlantirish vazifasi aktual bo‘lib qolaveradi. Shuni alohida aytib o‘tish kerak, mamlakatimizda barcha mulk shaklidagi sug‘urta kompaniyalari uchun bir xil shart-sharoitlar yaratilgan. Boshqa mamlakatlar qonunchiligidan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi sug‘urta kompaniyalari uchun chegaralar belgilanmagan, ya’ni 100 foiz chet el kapitali ishtirokidagi sug‘urta kompaniyasini tashkil qilish uchun ham ruxsat berib qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda ya’ni milliy bozorimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining to‘rtdan bir qismining muassislari chet ellik ishtirokchilar hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda o‘z tarkibiga umumiy qonunchilik, maxsus sug‘urta qonunchiligi va qonunosti hujjatlari, idoraviy me’yoriy hujjatlar kompleksini oluvchi, etarli darajadagi ishchan tizim yaratilgan. Bunday tizimning mavjudligi sug‘urta bozorining tez suratlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, qonunchilik doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab qiladi. Hayot sug‘urtasi boshqa sug‘urta turlari kabi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unga ko‘ra sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta mukofoti evaziga shartnomada kelishilgan sug‘urta summasini shartnomaning amal qilish davrida shartnomada ko‘zda tutilgan holatlar (vafot etish yoki ma’lum yoshga etish) yuz berganda to‘lab berishni sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga mazkur shartnoma sug‘urtalanuvchining huquq va majburiyatlarini ham tartibga soladi. Hayot sug‘urtasining quyidagi turlari amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda: vafot etish hodisasidan sug‘urtalash, jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasi, hayotni aralash sug‘urtalash, jamoa sug‘urtasi. Hayot sug‘urtasi shaxsiy sug‘urtaning bir bo‘g‘ini sifatida iqtisodiyotning o‘zgaruvchan qismi bo‘lgan ishchi kuchi bilan bog‘liq. Ushbu sug‘urta turida sug‘urta himoyasining ob’ekti bo‘lib fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Mulk sug‘urtasidan farqli o‘laroq, hayot sug‘urtasining ob’ektlari ma’lum qiymatga ega emas. Hayot sug‘urtasi rivojlangan mamlakatlarda ko‘p yillik tarixga ega va bu mamlakatlarda ushbu sug‘urta turi bo‘yicha etarlicha tajriba to‘plangan. G‘arbda sug‘urta insonlar hayotining zarur elementiga aylangan bo‘lib, har bir jamiyat a’zosi sug‘urta polisi olish uchun to‘lov pul mablag‘larini ishonchsiz joyga joylashtirish emas, balki turli risklardan himoya vositasi ekanligini tushunib etgan. Jahon tajribasida shaxsiy sug‘urta hayot sug‘urtasi, nafaqa yoki renta sug‘urtasi, kasalliklardan sug‘urtalash va baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashga bo‘linadi. Hayot sug‘urtasi o‘z o‘rnida vafot etishdan sug‘urtalash va sug‘urta-jamg‘armadan iborat. Jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasiga yaqin bo‘lgan sug‘urta turi bu sug‘urta-jamg‘arma hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda hayot sug‘urtasini odatda uzoq muddatga tuziladi. Bu muddat kamida 10 yil yoki 15-20 yil va undan oshiqni tashkil etadi. Sug‘urta-jamg‘arma turi qoidaga ko‘ra vafot etishdan sug‘urtalash va mehnat qobiliyatini yo‘qotishdan sug‘urtalashni o‘z ichiga oladi va sug‘urtalangan shaxsning shartnomada ko‘rsatilgan yoshga etishi sug‘urtalovchining shartnomada ko‘rsatilgan summani sug‘urtalanuvchiga to‘lash majburiyatini yuklaydi. G‘arb mamlakatlarida ushbu sug‘urta turining yana bir ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bunda sug‘urta shartnomasining muddati tugagungacha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan bo‘lsa ham sug‘urta summasi beriladi. AQSHda hayot sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning har ettinchisi sug‘urta-jamg‘arma turi bo‘lsa, Angliyada hayot sug‘urtasi shartnomalarining asosiy qismini sug‘urta-jamg‘arma turlari tashkil etadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillari sug‘urta sohasini huquqiy tartibga solishga qaratilgan qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi dastlabki “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonun 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. Keyinchalik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, sug‘urta tizimida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olib yangi tahrirda “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 1993-2021 yillar davomida milliy sug‘urta tizimi faoliyatini qonuniy tartibga solish bilan bog‘liq o‘nlab qonunchilik hujjatlari qabul qilindi va ular muntazam takomillashtirilib borilmoqda. Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ichida Harajatlar strategiyasining 2021 yilning 23 - oktabrda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhim o‘rin tutadi. Ushbu Qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tizimi 2 sohaga ajratiladi: 1. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i. majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash, uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi, kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash; 2. Umumiy sug‘urta tarmog‘i. Tibbiy sug’uurta Shuningdek, mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlari bo‘yicha klassifikator ham 2021 yil 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5265-sonli Qarorining “Hayot sug‘urtasi tarmog‘ida mutaxassislik bo‘yicha professional standartlarni ishlab chiqish va mutaxassislar malakasini baholashning mustaqil tizimini yaratish.” Mazkur sug‘urta faoliyati klassifikatorining qabul qilinishi sug‘urta kompaniyalari uchun sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda asos hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta faoliyati uchun litsenziya olishda Moliya vazirligi tomonidan qo‘yiladigan talablarda ham faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan sug‘urta xizmatlari bo‘yicha sug‘urta shartomlaridan nusxa taqdim etilishi shart hamda arizada sug‘urta klasslari nomlari ham keltiriladi. Keltirilgan sug‘urta turlari bo‘yicha boshqa talablar ham o‘rnatilgan. Hozirgi kunda 413-sonli qaror hali ham kuchga ega. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi – “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom haqida bo‘lib, uning 1-ilovasida sug‘urta faoliyati klassifikatorining tarkibi hamda tarmog‘i kelirilgan. - hayotni sug‘urta qilish sohasida ihtiyoriy va majburiy sug‘urtalash boyicha quyidagi klasslarni o‘z ichiga oladi: I klass – Hayot va annuitetlar II klass – Nikoh va tug‘ilish III klass – Hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish IV klass – Sog‘liqni sug‘urta qilish - umumiy sug‘urta sohasida quyidagi klasslarni o‘z ichiga oladi: 1 klass – Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish 2 klass – Kasallik holatlaridan ehtiyot shart sug‘urta qilish Nizomga asosan hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun to‘lov qobiliyati marjasining normativ miqdori bo‘lib, quyidagi miqdorlarning eng kattasi hisoblanadi: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori; quyidagi ikki miqdorning yig‘indisi: a) mukofotlar zaxirasining 5 foizini hayotni sug‘urta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsientga ko‘paytmasi; b) umumiy sug‘urta sohasining 1 va 2 klasslari uchun tuzatuvchi koeffitsientni (mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq hisoblangan) quyidagi miqdorlarning eng kattasiga ko‘paytmasi: -o‘tgan o‘n ikki oy mobaynida umumiy sug‘urta sohasining 1 va 2 klasslariga oid sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlari summasidan ushbu davr mobaynida tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalarining bekor qilinishi (shartlari o‘zgarishi) munosabati bilan sug‘urta qildiruvchilarga (qayta sug‘urta qildiruvchilarga) qaytarilgan sug‘urta mukofotlarini chegirib qolib aniqlangan miqdorning 20 foizi; - Hayotni sug‘urta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsient qayta sug‘urtalovchilarning mukofotlar zaxirasidagi ulushi chegirib qolingan mukofotlar zaxirasining mukofotlar zaxirasiga nisbati sifatida hisoblanadi. Hayot sug‘urtasi sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsient 0,85 dan kam bo‘lishi mumkin emas. Agar hisob-kitob natijasida aniqlangan kattalik 0,85 dan kam bo‘lsa, hisob-kitobni amalga oshirishda hayotni sug‘urta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsient 0,85 sifatida qabul qilinadi. “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi nizomda mukofotlar zaxirasi keyingi hisobot davrlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha kelgusidagi to‘lovlarni ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarish va sug‘urta polisining kafolati asosida qarz berish uchun mo‘ljallangan. Mukofotlar zaxirasi quyidagilardan iborat: hayotni sug‘urta qilishning jamg‘arilib boruvchi turlari bo‘yicha zaxira (HJZ); hayotni sug‘urta qilishning boshqa turlari (jamg‘arilib boruvchi turlaridan tashqari) bo‘yicha zaxira (HZ). Mukofotlar zaxirasi hayotni sug‘urta qilishning jamg‘arilib boruvchi turlari bo‘yicha zaxira va hayotni sug‘urta qilishning boshqa turlari (jamg‘arilib boruvchi turlaridan tashqari) bo‘yicha zaxirani qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Hayotni sug‘urta qilishning boshqa turlari (jamg‘arilib boruvchi turlaridan tashqari) bo‘yicha zaxira har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha «pro rata temporis» yoki «1/24» usuli bilan hisoblanadi. Umumiy holda HZ har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblangan HZlarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Hayotni uzoq muddatga sug‘urtalashni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatitomonidan qo‘shimcha soliq imtiyozlari ham taqdim etilgan: - yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar: yuridik shaxslar tomonidan hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash uchun to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari boshqa xarajatlar sirasiga kiradi (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI 145-moddasining 33-bandi); - yuridik shaxslarning hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sirasiga kirmaydi (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSI 172 va 307 moddalari); - jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar: uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlarini to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSI 179-moddasining 28-bandi). XULOSALAR Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda shaxsiy sug‘urta turlarini va xususan hayot sug‘urtasini rivojlantirish uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratish va bunda ayniqsa inflyasiya jarayonlarini hisobga olish ushbu sug‘urta turlarining rivojlanishiga olib keladi va natijada katta miqdordagi investitsion mablag‘larning hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Hayot sug’urtasini rivojlantirishning 2023-yilda quygan quyidagi talablar mavjud; Xususan: O‘zbekiston Respublikasida hayot sug‘urta tarmog‘ini hamda shaxsiy sug‘urtani 2023 yilgacha rivojlantirish; yangi va zamonaviy sotish instrumentlarini joriy etish yo‘li orqali sug‘urta mahsulotlarini sotish kanallarini kengaytirish; muhim sug‘urta mahsulotlarini eng qulay to‘lov usullarida amalga oshirilishi; hayot sug‘urtasi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining foyda soliq yukini ikki baravarga kamaytirish nazarda tutiladi Sug‘urta sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shubxasiz, qabul qilinayotgan barcha qarorlar va islohatlar mamlakatimizda sug‘urta sohasiga davlat miqyosda berilayotgan yuksak e’tibordan dalolat beradi. Bugungi kunda sug‘urta kompaniyalarining ishonchliligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu uning sug‘urtalanganlardan kelib tushayotgan talablarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishidir. Bu, ayniqsa, shaxsiy sug‘urta bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan kompaniyalar ishida juda muhimdir. SHaxsiy, hayot va sog‘liqni sug‘urtalashga ixtisoslashgan “O‘zbekinvest Hayot” sug‘urta kompaniyasi ham sug‘urta e’tirozlariga katta e’tibor qaratmoqda. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlardan, uning ixtisoslashuviga mos holda, 92 foizdan ortig‘i ixtiyoriy turlarga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida, hayotni ixtiyoriy sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning ulushi umumiy to‘lovlarning 91 foizini tashkil etdi. Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish doirasida amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi umumiy qiymatning 8 foizini tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda amalga oshirilgan to‘lovlarning kelib tushgan sug‘urta mukofotlariga nisbatan ulushi 79,1 foizni tashkil etgan. Download 161.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling