O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Turistik mahsulot xizmatlarni sotish
Download 52.07 Kb.
|
Turistik firmalarni ishini tashkillashtirish va boshqarish
5. Turistik mahsulot xizmatlarni sotish.
Turistik firmaning muvafaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’ladi. Sifatli tovar ishlab chiqarishning o’zigina kifoya qilmaydi, u o’z iste’molchisini ham topishi zarur. Mahsulotni potenstial iste’molchi bilan uchrashuvi uni joriy qilishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar sotishning shaxsiy kanallarini shakllantirib o’z tovarlarini vositachilar orqali bozorga chiqaradi. Sotish kanali (yoki distribyustiya kanali) – bu firma yoki alohida shaxslarning (vositachilarning) yig‘indisi bo‘lib, konkret tovar yoki xizmatlarning mulkchilik huquqini ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha uzatishda boshqa shaxsga yoki o’z zimmasiga olishga yordam beradi, shu tarzda ishlab chiqaruvchiga tijorat faoliyatining normal jarayonini ta’minlaydi. Boshqacha so’z bilan aytganda, sotish kanali – bu tovar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon harakatlanadigan yo’l bo’lib hisoblanadi. Shu tufayli tovar va xizmatlar uni harid qilishni istovchilardan ajratib turuvchi vaqt birligida, joy va mulkchilik huquqini uzoq uzilishlarni bartaraf etadi. Sotish tarmoqlarini shakllantirish, sotish bo’yicha istiqbolli hamkorlarni izlash, ularning ish sifatlarini o’rganish, bitimlar tuzish va hamkorlikni takomillashtirish bo’yicha vazifalarni o’z ichiga oladi. Sotishlarning har qanday shakli va ko‘rinishida hamma vaqt har biri ingliz alfavitining «P» harfi bilan boshlanadigan etti marketing tadbirlari ketma-ketligiga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardir: "mahsulot" (product), "rejalashtirish" (planning), "joy" (plase), "odamlar" (people), "narxlar" (prices), "siljitish" (promotion), «jarayon» (process). Ya’ni, bu firma faoliyatining strategik rejalashtirilishi asosida ishlab chiqilgan, kerakli joyda taklif qilingan, ma’lum iste’molchilar segmentiga adresli yo‘naltirilgan, ma’qul standardagi, to’g’ri taqdim qilingan va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan sotilgan mahsulotdir. Turistik mahsulotni sotishning asosiy shakllari tavsifnomasi. Xususiy sotishlar byurosi - bu, turoperatorlik firmasining o’ziga tegishli bo’lgan, turlarni sotib oluvchilar bilan bevosita ish olib boradigan savdo nuqtalaridir. Bularda xaridorlarga sotuvda mavjud turlar haqida ma’lumot beriladi, bron qilish uchun talabnomalar qabul qilinadi, sotish shartnomalari tuziladi, to’lovlar qabul qilinadi, xorijiy vizalarni rasmiylashtirish uchun pasportlar qabul qilinadi, turistik hujjatlar rasmiylashtiriladi va beriladi, shikoyatlar ko’rib chiqiladi va hokazo. Turoperator o’z moliyaviy imkoniyatlari va bozordagi operastiyalari hajmidan kelib chiqib, turli joylarda joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo’lishi mumkin. Yirik turoperatorlar filiallari nafaqat o’z mamlakati, balki xorijiy davlatlarda ham mavjud. Savdo nuqtalari, odatda, shaharning gavjum joylarida, mijozlar uchun qulay, odatda, birinchi qavatda joylashgan bo’ladi. Ko’cha tomondan firma nomi tushirilgan chiroqli, tez ko’zga tashlanadigan viveska o’rnatiladi. Yo’lovchilar diqqatini o’ziga jalb qiladigan, firmaning turli reklama materiallari bilan bezatilgan ko’cha vitrinasi reklama rolini o’ynaydi. Savdo nuqtasining asosiy joyi mijozlar bilan ish olib boriladigan savdo zali hisoblanadi. U tashrif buyuruvchilarni kutib olish uchun stollar, qulay stul va kreslolar bilan jihozlangan bo’ladi. Savdo zali ham mijozlarga, ham firma xodimlari uchun qulay bo’lishi lozim. Savdo binolari (maxsus dizayn asosida) yaxshi jihozlangan bo’lishi kerak. Uni turistik plakatlar va boshqa reklama anjomlari bilan bezatish tavsiya etiladi. Shu maqsadlarda hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan reklama anjomlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuni esda tutish kerakki, mijozlar ko’pincha firmaning ishonchliligi va salmoqliligiga uning sotish byurolari ko’rinishiga qarab baho beradilar. Shuning uchun, ularning tashqi ko‘rinishi va jihozlanishi firma turmahsulotining iste’mol bozoridagi mavqei va reklamasida asosiy hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.5 Mijozlarni qabul qiluvchi binodan tashqari turoperatorlarning sotish byurolari, hujjatlar bilan tezkor ishlash uchun buxgalteriya, reklama va axborot materiallarini saqlash uchun xizmat joylari ham zarur. Agar istalgan biznesni boshqarish uchun bosh funktsiyalar muhim bo‘lib hisoblansa, ularga oliy menejment tomonidan ajratilgan e’tibor va vaqt miqdoriga mos ravishda tavsiflansa, unda ishonch bilan aytish mumkinki, taqsimot bu ro’yxatni boshidagi o’rinni egallagan bo‘lar edi. Agar o’sha funktsiyalar foizlarda ifodalangan ularga ketgan harajatlar nuqtai nazaridan guruhlansa, unda taqsimot ham qaerdadir ruyxatni boshida joylashgan bo‘lar edi. Turistik xizmatlar ko‘rinmas tovarni o’ziga xos turi hisoblanib, uni joriy qilganda munosabatlar turli-tuman va o’ziga xosdir. Turfirmalar tomonidan sotiladigan xizmatlar qator farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlarga ega: sezilmaslik: sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotni ko‘rib bo‘lmaydi, iste’molchi uni harid qilishdan oldin tatib ko‘ra olmaydi va ushlab ko‘ra olmaydi; xizmatlarni jamg‘arib qo’yish mumkin emas; ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlari bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi; iste’molchi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Bo‘lardan shunday xulosa qilish mumkinki, ham sotish tizimi ham taqsimot kanallarini tanlash jismoniy tovarlarni moddiy taqsimotidan tubdan farq qiladi. Sotishni ikki xil usuli mavjud bevosita usul sotuvchi va haridor o’rtasida bevosita aloqalarni o‘rinatishni ko’zda tutsa, bilvosita usulda savdo vositachilik bo’g’inidan foydalanishni ko’zda tutadi. Shu sababli, turlarni joriy qilishdagi aloqalarning asosiy sxemasini ko’rib chiqamiz. Turoperator – Turist. Malakali turoperator turlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Uning xizmatlar xususiyati asosiy va qo’shimcha turxizmatlarni kombinastiyalash, tanlashdan, hamda ularni dastlabki rejalashtirish va standartlashdan tashkil topadi. Turlarni sotish shaxsan turistlarga turoperator funktsiyasi bo’lib hisoblanmaydi. Dasturlar paketi, ham alohida olingan turistik korxona xizmatlari kabi (mehmonxona, aviakompaniya va h.k.), chakana sotish bo’yicha faqatgina vositachilik xizmatlarini amalga oshiruvchi turagentlik funktsiyasi hisoblanadi. Turoperatorning shunga o’xshash startegiyasi 1980 yilda keng yoyildi va “to’g’ri marketing” strategiyasi nomini oldi. Uning mohiyati bevosita iste’molchilar, potenstail mijozlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishdan iborat. Bu turoperator zimmasiga qo’shimcha qator funktsiyalarni yuklaydi: sotish bo’yicha yo‘naltirilishi kerak bo’lgan potenstail iste’molchilarni aniqlash; sotish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiish; firma mijozlari bo’yicha axborot tizimini tashkil etish; iste’molchilardan tushayotgan ma’lumotlarni qayta ishlashni va unga tezda moslashishni samarali tizimlarini tashkil etish. Yangi shakllanayotgan sotish tarmog’i va yirik bo’lmagan turistik firmalar uchun bozorda birinchi qadamlar chakana va mayda ulgurji firmalar bilan hamkorlikni o‘rnatishdan boshlanishi lozim. Bunda turoperator tomonidan taklif etiladigan turmahsulotga mos kelishi kerak bo’lgan sotish tarmog’ini ixtisoslashuvini hisobga olish zarur. Xorijiy bozorlarga chiqadigan firmalar marketing strategiyasida sotishlar bo’yicha xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuvini albatta hisobga olish zarur, chunki bu sotish tarmog’i samaradorligining ahamiyati davlat (mintaqa) hududida sotish tarmog’ining keng tarqalishiga bog’liqdir va bunda shahardagi punktlar soni qishloqdagi punktlar soniga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi lozim. Hamkorlarni tanlashda uch omilni hisobga olish lozim: potenstial hamkorlarning huquq qobiliyati, kredit qobiliyati va faoliyat qobiliyati. Xulosa Turistik firmaning samaradorligini rejalashtirish, tahlil qilish va baholash maqsadida xo’jalik munosabatlarini ma’lum miqdoriy va sifat parametrlarini ixcham shaklda ifodalaydigan ko’rsatkichlardan foydalanadi. Bozorda firmaning barqaror mavqei bilan bog’liq bo’lgan eng muhim ko’rsatkichlarini tahlil qilish, biznes holatini raqobatchilar bilan taqqoslashda foydalaniladi. Turistik mahsulotni shakllantirish va uni amalga oshirish "turizm" tushunchasi, turizm turi va uni rivojlantirish kontseptsiyasi bilan chambarchas bog’liq. Agar biz turizmni faqat joylarni o’zgartirish zarurati deb tushunsak, zamonaviy turistik mahsulotning murakkabligi va xilma-xilligini ochib bo’lmaydi. Turizm tabiiy buyumlarni bepul ishlab chiqaradi va ularni boshqalar bilan birlashtirib, ularni moddiy va nomoddiy shaklda iste’mol qiladi. Turizm ishlab chiqarishining maqsadi odamlarning mehnat qobiliyatini tiklash va ularni tiklash doirasida aniq ehtiyojlarni qondirishdir. Turizmning asosiy vazifasi shu. Mehnatning takror ishlab chiqarilishi, bir tomondan, turli xil shaxsiy ehtiyojlar - fiziologik, ma’naviy, ijtimoiy va shu bilan birga, boshqa tomondan, bu ehtiyojlarni faqat ma’lum darajada qondirish jarayoni. Shaxsiy iste’mol asosan bo’sh vaqtlarda amalga oshiriladi, shuning uchun bo’sh vaqtni tuzish tabiati ko’p jihatdan milliy xususiyatga ega va odamlarning mehnat jarayonidagi ishtiroki, urf-odatlari, mentaliteti va boshqa ijtimoiy-demografik omillarga bog’liq. Sayyohlik tanlash uchun ko’plab alternativalardan biridir. Sayyohlik sayohati kundalik muhitni o’zgartirishga yordam beradi, bilimlar bilan boyitadi, tegishli iqlim sharoitida tananing qattiqlashishiga yordam beradi. Biroq, turizm insonning jismoniy va hissiy sog’lig’ini saqlashda kuchli omil bo’lsa ham, bu to’liq fiziologik ehtiyoj emas, aksincha u intellektual va ijtimoiy ehtiyojlarning xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Dam olishni afzal ko’rganlarni tanlash nisbatan erkin. Bu shaxsiy yoki oilaviy byudjet imkoniyatlari bilan tartibga solinadigan hordiq chiqarish ehtiyojlarini qondirishning iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqadi. Sayyohlik mahsulotlarini iste’molchilari uchun sayohatlardagi faoliyat hajmi bu davrda ularning ehtiyojlarini qondira oladigan tovarlar va xizmatlarning foydaliligi hisoblanadi. Bu tovarlar, tabiat in'omlari (dengiz, quyosh, tog’lar, o’simliklar va boshqalar), xizmatlarning foydaliligi, ulardan foydalanish qiymatini ifodalaydi. Download 52.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling