O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «organik kimyo va og’ir organik sintez texnologiyasi»
Allil spirtini oksidlash bilan glitserin ishlab chiqarish
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
glitserin ishlab chiqarish texnologiyalari (1)
Allil spirtini oksidlash bilan glitserin ishlab chiqarish
Propilenni akroliengacha to’g’ridan-to’g’ri oksidlash, so’ngra hosil bo’luvchi allil spirtini gidrirlash va yana vodorod peroksid bilan oksidlash orqali glitserin olish texnologiyasi quyidagi 3-rasmda berilgan. Propilen fraktsyaisi ishlab chiqarish sexidan olinib 20 buferga beriladi, bundan kompressor yordamida 1-aralashtirgichga uzatiladi. Bunda suv bug’i blina arlashtriladi va 2-ta’sir qurilmasiga o’tkaziladi. Bu qurilmaga shuningdek kislorod ham yuboriladi. Suv yordamida sovitiluvchi quvir tipidagi ta’sir qurilmasida – katalizator yuqori issiqlik o’tkazuvchi o’zakka yuttirilgan mis zakisi to’ldiriladi. Reaktorda boruvchi asosiy reaktsiya quyidagicha: С 3 Н 6 + O 2 → СН 2 =СН–СH=O + Н 2 O. Reaktsiya mahsulotlari 15-sovutgichda sovitiladi. Ta’sirlashmay qolgan propilen va inert gazlar 17-gaz separatorlarida ajratiladi va sirkulyatsion kompressor yordamida 1-smesitelga yuttirish liniyasi orqali yuboriladi. sirkulyatsion gazlarda inert gazlar to’planishini oldini olish maqsadida propilenning bir qismi atmochferaga chiqariladi. Suyuq faza 17-gaz separatoridan 21 yig’gichga beriladi va bundan markazga intiluvchi nasoslar yordamida 3-rektifikatsion kolonnaga uzatiladi. Bu kolonnaning kub qismidan oksidlashning qatronili (smollali) mahsulotlari ajratilib, sistemadan chiqindi sifatida chiqariladi. Kolonnadan chiquvchi akrolien bug’lari, 4- deflegmatorda kondensatlanadi. Kondensatning bir qismi flegma bo’lib, kolonnaga qaytariladi. Qolgan qismi esa 5-gaz separatori orqali o’tkazilib, bunda gaz qismi akrolienni ajratilgandan so’ng (sxemada ko’rsatilmagan) atimosferaga chiqarib yuboriladi. Akrolien 6-sovitgichda sovitiladi va 22 yig’gich sig’imida yig’iladi. Bu yig’ich sig’imidan dozalash nasosi yordamida akrolien 16 issiqlik almashtirgich va 7 gidrirlash reaktorlari orqlai o’tkaziladi. Bunga gaz vodorodi ham beriladi. Bu reaktorda akrolien alli spirtiga quyidagi reaktsiya bo’yicha gidrilanadi: СН 2 = СН – СH = O + Н 2 → СН 2 = СН – СН 2 ОН Gidrirlash reaktorida chiquvchi reaktsiya mahsulotlari, 16 issiqlikalmashinish qurimasi orqali o’tkazilib, 18 gaz separatoriga yuboriladi. Asosan, ta’sirlashmagan vodorod saqlovchi gaz fazasi vodorod tozalash uchun o’tkazilib, so’ngra yana siklga qaytariladi. Allil spirti 23-yig’gichda yig’iladi. Alil spirtini oksidlash 9- va 12-quvirli ta’sir qurilmalarida suyuq fazada olib boriladi. 23 yig’gich sig’imidan chiquvchi allil spirti 9-ta’sir qurimlasiga beriladi va bunga 8-mernik orqlai katalizator – natriy volframat eritmasi va 10-mernikdan vodorod peroksid eritmasi yuboriladi. Reaktsiya mahsuloti nasos yordamida 11-rasshiritel orqali 9-qurimaga, qolgan qismi esa 12 qurilmaga qaytrailadi hamda bu yerda reaktsion suyuqlikning sirkulyatsiyasi olib boriladi. Ta’sir qurimalarida glitserin hosil bio’ilishini quyidagi reakutsiya bilan ifodalash mumkin: СН 2 = СН - СН 2 ОН + Н 2 O 2 → СН 2 ОН – СНОН - СН 2 ОН Katalizatorni WO 3 reaktsion aralshamadan ajratish uchun 24- ionalmashinuvchi smolalar bilan to’ldirilgan, uzluksiz regeneratsiya qilinuvchi fil- trdan o’tkaziladi. Glitserinning suvli eritmasi 25 yig’gichdan 13-vakuum bug’latgich qurilmaga o’tkaziladi, vakuum 14-barometrik kondensator va vakuum nasos yordamida hosil qilinadi. Bug’latgich kolonnada hosil bo’lgan glitserin 26 yig’ich sig’imiga tushadi va distillyatsiyaga yuboriladi. 13-bug’latgichni qizdirish 19-bug’latgich (kipyatilnik) yordamida amalga oshiriladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling