Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari
Download 0.62 Mb.
|
Ortiqov Jaxongir Pul va Banklar
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi: to‘lov topshiriqnomalari; to‘lov talabnomalari; akkreditiv; inkasso topshiriqnomasi; hisob cheklari bilan hisob – kitoblar. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi tijorat banklari xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob – kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: – to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi; – to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi; – inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi; – akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi; – hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi; – memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling