O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Moliya Instituti referat
Download 53.56 Kb.
|
Oraliq referat
Faqat bilim va ko‘nikmalarga
Faqat bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan odam, o‘z ishini umuman boshlashga erishgan holda ham, biznesda uzoq vaqt jon saqlashi juda ham shubhali. Masalan, ma’lum bir shaxsiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, odam biron-bir jiddiyroq muammoga duch kelgach, kam qat’iyatlilikni namoyish etishi mumkin yoki bunday odam ochilayotgan imkoniyatlarni ko‘rmasligi va ularni amalga oshira olmasligi mumkin yoki u mas’uliyatli ishtirokchi sifatida, qulay ishga kirishish tavakkalini (hatto hisoblangan bo‘lsa-da) o‘z zimmasiga olishni umuman rad etishi mumkin. Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga ega bo‘lgan shaxs agar texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, bu qobiliyatlarini qo‘llashga biron- bir yaxshiroq narsa topa olmasligi mumkin. Yoki u begonalarga qattiq bog‘liq bo‘lgani tufayli, ehtimol, juda zaif ekanligini aniqlashi mumkin. Bu muammoning yechimi, kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamkorni topish yoki odamlarni jalb etishda bo‘lishi mumkin. Faqat ko‘nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga Kerakli ko‘nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga ega bo‘lgan, ammo bilimlarga ega bo‘lmagan bo‘lajak tadbirkor, o‘z korxonasini tashkil etishi mumkin. Ammo raqobat muhitida, bilimlarning yo‘qligi yoki hech bo‘lmasa, masalan, iste’molchilarni, bozorni (shu jumladan, bozorda rivojlanayotgan an’analarni) bilmaslik, oxir-oqibat inqirozga olib kelishi mumkin. Axborot muvaffaqiyatli rivojlanishga intilayotgan har bir korxona uchun juda muhim. Tadbirkor bo‘lmoq uchun tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lish kerak, degan fikr ko‘p vaqtdan beri hukm surib keldi. Ammo endilikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim ham tadbirkor bo‘lishi mumkinligini ko‘plar tan olmoqda. Xo‘sh, buning uchun nima qilmoq kerak? Bu savolga to‘la-to‘kis javob berish qiyin. Ammo, bir qator olimlar, jumladan, Y. Abdullayev va F. Karimovning fikricha, hozirgi zamon tadbirkori quyida keltirilgan 10 fazilatga ega bo‘lishi lozim1. Halollik va rostgo‘ylik. Bu tushunchalar tadbirkorlikning asosi bo‘lib, halol foyda olish va ishda yaxshi munosabatlar o‘rnatishning birdan bir shartidir. Tadbirkor birinchi galda ishning ko‘zini biladigan, halol va haromni farqiga boradigan shaxs bo‘lishi kerak. Sababi, tadbirkor qanchalik halol ishlasa, mahsulotlari sifatli bo‘lsa, bozorda uning mavqeyi baland, mahsulotlari shuncha xaridorgir bo‘ladi. Chunki halol tadbirkorlarga hamma ishonadi. Majburiylik, so‘zsiz bajarishlik. Tadbirkor qachon o‘z so‘zining ustidan chiqsa, va’dasida tursa va berilgan topshiriqlarni bajarsagina ishi o‘ngidan keladi. So‘zini ustidan chiqish, kelishilgan shartnomada ko‘rsatilgan murakkab va oddiy og‘zaki vazifalarning (biron yerga aytilgan vaqtda borish) bajarilishini o‘z ichiga oladi. Berilgan va’da har qanday sharoitda bo‘lsa ham bajarilishi shart. Haqiqiy tadbirkor o‘z mijozi (raqibi)ni aldamasligi kerak. Vazifani o‘z vaqtidan kechikib bajarish ham subutsizlikka kiradi. Mas’uliyatli bo‘lish. Haqiqiy tadbirkor qilmishi uchun o‘z puli yoki mablag‘i bilan javob beradi. Agar u aybdor bo‘lsa, yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatishi, ko‘rilgan zararni qoplashi lozim. Boshqalar bilan munosabat chog‘ida ularga nisbatan hurmatda bo‘lish. Tadbirkor boshqalarga shunday munosabatda bo‘lishi kerakki, unga boshqalar ham shunday munosabat bilan javob qaytarishsin. Qonunga itoat qilish. Tadbirkor bo‘lish istagida yurgan har bir kishi qonun va boshqa huquqiy hujjatlarga itoat qilishi, ularni og‘ishmay bajarishi shart. Qonun talablaridan chekinish, qonunchilikni buzish, huquq-tartibotga, pirovardida esa davlat tomonidan qo‘riqlanadigan manfaatlar va o‘zaro munosabatlarga tajovuz qilish demakdir. Buyuk Sohibqiron Amir Temur ham o‘z tuzuklarida «...tegishli tartibga va qonunga amal etish mening taqdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo‘lib xizmat qiladi», deb yozgan edi. Download 53.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling