O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 436.62 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XODIMLARNING FAOLIYATI
13
II. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ADABIYOTLAR BILAN MUSTAQIL ISHLASH USLUBIYOTI
Malumki, ijtimoiy fanlardan olingan bilimlarni puxta egallashda ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlash, nazariy-ilmiy anjumanlar, o‘zaro suhbatlar o‘tkazish, radio-televidenie orqali beriladigan ijtimoiy-siyosiy eshittirish va ko‘rsatuvlar, matbuotdan hamda internetdan keng foydalanish kabi turli yo‘nalish va uslubiyatlardan foydalanish mumkin. Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ikki, ya’ni keng va tor ma’noga ega bo‘lib, keng ma’noda deganda, umuman bilimlarni mustaqil o‘rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ustida yakka tartibda mustaqil o‘qish, ya’ni «aql-zakovat bilan ishlashga katiy kirishish» tushuniladi. Kitob ustida ishlash uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan o‘z tarixi, madaniyati, fan yutuqlarini keyingi avlodga asosan shu kitob orqali qoldirganlar. Demak, kitob ustida tinimsiz ishlagan kishigina o‘z bilimini oshirib, mustahkamlab boradi. Misol uchun Sharqning buyuk allomalaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy va boshqalar tinimsiz mehnat orqali o‘z bilimlarini oshirib borganlar va yangi-yangi muammolar echimini topishga harakat qilganlar. Demak, biron-bir fanni egallashda, uni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq uchun ko‘plab kitoblar bilan ishlash zarurdir. «Dinshunoslik» fanini o‘rganish jarayonida kitob bilan mustaqil ishlash eng avvalo o‘quvchiga juda katta tushuncha beradi, chunki kitob bir avlodning ikkinchi avlodga vasiyati. Biz ko‘p narsani kitobdan o‘rganamiz, o‘z dunyoqarashimizni, ongimizni, bilimimizni, manaviyatimizni boyitamiz. Adabiyot bilan mustaqil ishlashda fakat u yoki bu kitobdan olingan ma’lumot emas, balki ish jarayoni, uning usullari xam katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bilimni egallash ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: berilgan materialni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yodlab olish va faktlarni tanqidiy tahlil qilib, mustaqil fikrlash. Birinchi holda material passiv egallandi, faqat yodlanadi, ikkinchi holda esa turli manbalardan bilimlarni tanqidiy fikrlab va amalda ongli yondashib, aniq dalillar
14
asosida boyitish mumkin bo‘ladi. Haqiqatni to‘g‘ri anglab etishda bilimlarni qat’iy ishonch bilan izlanish natijasida egallash nihoyatda katta ahamiyatga ega. Mustaqil o‘qishda xech qachon birinchi manbani chuqur tahlil qilmasdan yoki mag‘zini tushunmasdan turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu tufayli, kitob ustida mustaqil ishlash bilan materialni og‘zaki bayon qilishni aralashtirib yubormaslik, o‘rganilayotgan mavzuning asosiy masalalarini, murakkab nazariy koidalarini egallab, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishga erishish zarur. Chunki ayrim talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari bilan chegaralanib qoladilar. Haqiqatdan ham ma’ruza qanchalik keng qamrovli, mukammal bo‘lishga qaramay unda u yoki bu muammo bo‘yicha asosiy qoidalar, ya’ni cheklangan material beriladi. Shuning uchun ham ma’ruza kimnidir qondiradi, boshqa birovni qondirmaydi, birov konspekt qilishga ulguradi, birov esa yo‘q. Demak, materialni o‘rganish uchun ko‘prok kitob bilan mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Mustaqil ishlashda har kim kitob, ya’ni manba bilan o‘z qobiliyati va ko‘nikmasiga qarab ishlaydi, birov bir vaqtning o‘zida bir necha kitobdan foydalanish, materialni puxta egallash uchun ularni qayta-qayta o‘qishi mumkin. To‘g‘ri, hamma talaba ham mustaqil ishga bir hilda tayyor bo‘la olmaydi, bu hol “Kadrlar tayyorlashning milliy dastur”ida takidlaganidek, “har bir o‘qituvchi-murabbiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi, talabani mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil etishga har tomonlama uslubiy yordam berish”ni talab etadi. Chunki, hozirgi zamon pedagogik texnologiyasi shuni taqozo etmoqda, yoki bu o‘qituvchi qanchalik talabani qiziqtira olishiga bog‘liq jarayondir. Malumki, inson ko‘p hollarda o‘zi qiziqqan ishga ishtiyoq bilan kirishadi. Shunday ekan, mustaqil o‘qish mahorati ham tinimsiz mehnat, izlanish, ko‘nikma va malum darajada chidam va tirishqoqlikni talab qiladi. Manba ustida mustaqil ishlash ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga ayrim so‘zlarni tagiga chizish, matniga, hoshiyaga belgilar qo‘yish, reja tuzish, konspekt qilish kabi turli usullarni qamrab oladi. Tabiiyki, bu usullarning biri oson bo‘lsa, biri murakkab yoki uzoq mehnat talab qiladi. Mustaqil ishlash jarayonida adabiyotlardan foydalanishning asosiy mezoni - maqsadli bo‘lishi kerak. Biror kitob to‘g‘risida umumiy tushunchaga ega bo‘lish
15
uchun so‘zboshi va mundarijasini ko‘zdan kechirish, yangi material bormi, qoida va xulosalar qanday yoritilganligini qarab chiqish kifoya qiladi. Agar maqsad uni chuqur o‘rganish bo‘lsa vazifa ham kengroq qo‘yiladi. Berilgan adabiyotlarni ayrimlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki to‘liq tavsiya etilgan kitoblar ustida mustaqil ishlash o‘z samarasini beradi. Bunda qiyinchiliklar va to‘siqlar bo‘lishi tabiiy. Chunki mustaqil ishlash ko‘nikmasi birdaniga shakllanmaydi. Shuning uchun undan cho‘chimasdan, ishtiyoq bilan mehnat qilish, intizomga rioya etish, qo‘yilgan maqsad sari tinmay intilish, to‘siqlarni enga bilish kerak. Yana bir uslubiy ko‘rsatma shuki, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy manbalarga oid kitobni birdaniga boshidan oxirigacha o‘qib chiqishga harakat qilmasdan turib, uni bo‘lib-bo‘lib o‘qish, o‘rganish, konspekt qilish, tezislar tuzish, belgilar qo‘yish, tsitatalar olish, ularning mag‘zini chaqish, fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy-siyosiy fanlardan olgan bilimlarni boyitish, to‘ldirish, ilmiy dunyoqarashni yanada rivojlantirish, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini yaxshiroq tushunish, mustaqil davlatimiz olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni aniq anglab etish va boshqalar uchun zaruriy holdir. II.1. Adabiyotlarni mustaqil o‘qishda etibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
Manbani, ya’ni kitobni mustaqil o‘rganish uchun o‘qish madaniyatini chuqur egallash kerak. O‘qish madaniyati nima? Bu avvalo ko‘plab kitoblar ichidan kerakli materialni topa bilish, ilg‘ab olish va kitobning mazmunini chuqur tushunish, uning qimmatli, tarixiy, ilmiy tomonlargiga etiborni qaratish, ustalik bilan ayrim yozuvlar qilish, reja asosida konspekt tuzish, referat yozish demakdir. Manbani o‘qishda faqat u yoki bu kitobni o‘qib, tor doiradagi bilimga ega bo‘lib qolish bilan kifoyalanmay, balki har bir ishda bo‘lganidek, bu erda ham qunt bilan aqliy mehnat qilish juda ham zarur. Manbalarni o‘rganishda uchraydigan nomalum ilmiy tushunchalar, siyosiy terminlar, chet el so‘zlarini tushunish uchun u yoki bu kitob yozilgan davr haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘lib, uni tahlil eta oladigan mustaqil fikrga ega bo‘lish talab etiladi.
16
Qanday qilib notanish kitobni o‘qish usuli va maqsadni oldindan aniqlash mumkin? Ko‘p hollarda talabani bu ishga ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini olib boruvchi o‘qituvchi yo‘naltiradi. Ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulot jarayonida tavsiya etilgan kitoblar yoki manbalar to‘g‘risida qisqa tushuncha beradi. Agar malum masala bo‘yicha kitobni mustaqil tanlab olish zarur bo‘lib qolsa, uni o‘qishdan oldin zarur yoki zarur emasligini muqovasi, so‘zboshi, so‘ngi so‘z, mundarija va qisqa annotatsiyasi bilan tanishish orqali bilish mumkin bo‘ladi. Mustaqil o‘qishda reja tuzish, tezis shaklida yozish yo‘llari ham bo‘lib, unda asosiy fikr nihoyatda qisqa shaklda beriladi yoki manbaning asosiy mazmuni ifoda etiladi. Konspekt qilish ham mustaqil ishlashning muhim usullaridan biridir. Konspekt qisqacha yoki keng bo‘lib, kitob butunlay o‘qib chiqilgan yoki uni bo‘limlar bo‘yicha o‘qish orqali tuzilishi mumkin. Konspektda hosil qilingan tushunchani yozib borgan ma’qul. Ayrim qoida, xulosa, raqam, nom, yillar bundan mustasno albatta. Shuni aytish kerakki, o‘qituvchi ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ishlarni tashkil qilish va uni nazorat etish jarayonida, ilg‘or, iqtidorli talabalar bilan ishlashni yuqori saviyaga ko‘tarmog‘i lozim. Kafedradagi navbatchilik kunlarida, talabalar bilan o‘tkaziladigan suhbat, maslahat darslarida har bir talabada mustaqil ishlash, erkin fikrlash tuyg‘usini shakllantirishi, ilmiy muloqotda, munozarada qatnashish, muayyan mavzu bo‘yicha mustaqil ishlash ko‘nikmalarini kamol toptirishi hozirgi zamon talabidir. Shundagina talabalarning mustaqil ishlash faoliyati ko‘zlangan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
17
III. MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA TURLI MALAKALARNING SHAKLLANTIRILISHI
Talabalar mustaqil ta’lim jarayonida quyidagi bir qator xususiyatlarni (malakalarni) o‘zlashtirishlari va o‘zlarining ilmiy-ijodiy faoliyatlarini shakllantirishlari ham ko‘zda tutiladi. Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida talabalar:
Topshirilgan vazifa (mavzu)ni o‘rganishda auditoriyada olgan bilimlari (yoki masalalar (muammolar)ning quyilishiga) asoslangan holda mustaqil yondashishi;
Topshirilgan vazifa (mavzu)ning maqsadini va kutilayotgan natijani oldindan ko‘ra bilishi (anglashi);
o‘zlashtirilmagan bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
Auditoriyada va mustaqil ta’lim jarayonida olgan ma’lumotlari va bilimini qayta ishlashi;
Mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida natijalar to‘g‘risida mustaqil fikrlay bilish malakasi va ehtiyojini shakllantira bilishi;
Topshirilgan vazifa (mavzu)ning natijasi (echimi)ni oldindan anglash va uni hal qilish yo‘llarini izlay bilishi;
jarayonida fanning metodologik uslublaridan foydalana olish malakasini shakllantira bilishi;
tushuntirish kabi qoiliyatlarini shakllantirishi;
Mustaqil tayyorgarlik vaqtida ma’lumotlarga tanqidiy yondashish va xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi; 18
Mustaqil ta’limni amalga oshirish (topshirilgan vazifa (mavzu)ni bajarish) jarayonida o‘zining mustaqil, shaxsiy nuqtai-nazarini (fazilatlari yoki malakalarini) shakllantira bilishi;
o‘rganishda ulardan ilmiy-metodologik asos sifatida foydalana bilish ko‘nikmasini shakllantirishi;
ishlash malakasini shakllantirishi;
Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash va ularni tahlil qila olish malakasini shakllantirishi;
manbalar bilan ishlash va xulosalar chiqarish malakasini shakllantirishi;
Adabiyotlar bilan ishlash malakasini shakllantirishi;
Manbalar bilan ishlash malakasini shakllantirishi;
Vaqtli matbuot materiallari bilan ishlash malakasini shakllantirishi;
INTERNET tarmog‘idan foydalangan holda ma’lumotlarni olish va ular bilan ishlash malakasini shakllantirish;
foydalangan holda jadvallar, chizmalar, diagrammalar, slaydlar va boshqalarni yaratish va ularni matnlarga joylashtirish malakasini shakllantirish;
O‘quv mehnati (vaqt, soat taqsimoti)ni to‘g‘ri tashkil etish malakasini shakllantira bilishi;
Bilim va malakani amalda qo‘llashga o‘rganishi;
Ilmiy ishlarni yoza olish malakasini shakllantirishga erishishi;
Referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalarini yozish, maqola, risola, qo‘llanmalar tayyorlay olish malakasining yuzaga kelishi va iqtidorning keng qamrovli bo‘lishiga erishishi;
Mustaqil ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalarni himoya eta olish malakasini shakllantirishi; 19
Auditoriyada, to‘garaklarda, ilmiy anjumanlarda o‘z fikrini bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishi;
Ilmiy-pedagogik mahoratni shakllantirishi;
Nutq madaniyati va mahoratini shakllantirishi;
Ilmiy (intellektual) mehnat va muomala madaniyatini shakllantirishi;
Topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish mas’uliyati hissini orttirishi;
o‘tmish, tarixiy jarayonlar va bugungi kun taraqqiyoti jarayonlarini bog‘lagan holda milliy g‘oya va uning mohiyatini to‘la anglash fazilatlariga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi. Albatta yuqorida keltirilgan xususiyatlar nisbiy bo‘lishi ham mumkin. Mustaqil ta’limni amalga oshirish chog‘ida har bir talaba o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yana boshqa bir qatorda ijobiy hususiyatlarni ham o‘zlarida shakllantirishlari tabiiydir. Bu esa ularning kelgusida etuk va har tomonlama malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlarida xizmat qiladi.
20
IV. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA PEDAGOG- XODIMLARNING FAOLIYATI Mustaqil ta’limni tashkil qilishda o‘qituvchining roli va kasbiy (professional) mahorati eng ahamiyatli mas’uliyat kasb etadi. Mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil qilish va talabalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli natijalarga ega bo‘lish o‘qituvchidan nafaqat o‘zi o‘qiyotgan fan yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki ayni vaqtda talabalar bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilish, har bir talabaning iqtidori va qobiliyatini imkon qadar hisobga olgan holda yondashishni ham talab qiladi. O‘qituvchi fan (kurs) yuzasidan ma’ruza va seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari jarayonida turli pedagogik texnologiyalar va interaktiv uslublarni qo‘llagan holda har bir talabaning o‘ziga xos hislatlarini aniqlashtirib, mustaqil ta’lim bo‘yicha maslahat darslarida talabalarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsata olsa, mustaqil ta’limni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadga erisha oladi. Ya’ni talabalarning mustaqil ta’lim yuzasidan o‘zlashtirishlari, ko‘zda tutilgan bilimlarga to‘liq ega bo‘lishlari, pirovard natijada kelgusida etuk va malakali mutaxassis bo‘lib etishishlariga zamin hozirlashi aniq. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda fan o‘qituvchisi:
har bir talabaning iqtidori va mustaqil ta’limni amalga oshirishga qobiliyatini aniqlashi;
echimini topilishi uchun yo‘nalishni aniqlashi) berishi;
mustaqil ta’lim uchun aniq va muammoviy mavzularni tavsiya etishi;
mustaqil ta’lim mavzularini belgilashda fan dasturi va ishchi dasturga qatiy rioya etishi;
o‘rgatishi;
qo‘yilgan masalani ochish uchun tavsiya qilinishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berishi; 21
adabiyotlar bilan ishlash yo‘llari haqida tushuncha berishi;
manbalardan foydalanish jarayonida etibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuncha berishi;
matbuot materiallaridan foydalanish chog‘ida ma’lumotlarni yig‘ish va ularni solishtirishi, taqqoslash va xulosalar chiqarish to‘g‘risida tushuncha berishi;
rahbarlik qilish, nazorat va tekshirishni to‘g‘ri amalga oshirishi;
mavzular yuzasidan malum vaqtlar oralig‘ida muloqot tarzida erkin suhbatlar uyushtirib borishi va talabalarning fikrlariga etiborli bo‘lishi mustaqil ta’limning samarali bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin.
Mustaqil ta’lim shakli talabalar tomonidan mustaqil tarzda, o‘qituvchining bevosita ta’sirisiz amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayon hisoblansada, biroq o‘qituvchi talabalarga mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularni topshirar ekan, mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda erishilishi lozim bo‘lgan natijalarning umumiy tavsifi, bu jarayonda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, tavsiflangan natijalarga erishish yo‘llarining taxminiy uslublari va tavsiya qilinayotgan adabiyotlar (manbalar) haqida umumiy tushuncha berib o‘tishi zarurdir. Bu tavsiyalar va maslahatlar talabalarning mustaqil holda o‘zlashtirishi belgilagan mavzularni batafsil o‘rganishlari va zaruriy darajadagi bilimga (ma’lumotga) ega bo‘lishlarini osonlashtiradi. Biroq bu jarayonda o‘qituvchi belgilangan mavzuni o‘zi tavsiflagan holda “aynan shunday bo‘lishi kerak” degan tushunchadan talabalarni holi qilishi zarur va ayni vaqtda talabalarga mavzu yuzasidan erkin tadqiqot olib borishlari uchun etarli sharoit yaratishi lozim. Bu holat o‘z navbatida talabalarga belgilangan mavzu yuzasidan o‘z dunyoqarashlari (yoki o‘zlari lozim deb hisoblagan tushunchalar) asosida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilishlariga imkon beradi. Bu jarayonda o‘qituvchi talabalarni doimiy ravishda maslahat darslarida, individual suhbatlar 22
vaqtida «O‘zbekiston tarixi» metodologiyasining asosiy jihatlari bilan tanishtirib borishi va bajarilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari yuzasidan to‘g‘ri xulosalar chiqarishga yo‘naltirib borishi lozim. Iqtidorli va ilmiy tadqiqot olib borish malakasiga ega, fan (kurs) yuzasidan aniq tadqiqot mavzusi ustida ish olib borayotgan talabalar bilan mavzu bo‘yicha individual (yoki kichik guruhlar tarzida) ish olib borish maqsadga muvofiqdir. IV.2. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: Auditoriyada amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi. Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari. Bunda o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib, kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k. Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslariga) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlar tashkil etish va h.k. usullarda asosan seminar darslarida nazorat qilinadi. Nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirishi va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi. Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirlishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan maslahat soatlarida amalga oshiriladi.
23
Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 14-avgustdagi 87-02-2642-son xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish maqsadida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimi to‘g‘risida Nizom” loyihasiga asosan baholab boriladi. Mustaqil ta’lim natijalari talabalar bilimini 5 ballik tizim asosida baholashga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, har bir talaba o‘zi bajarayotgan mustaqil ta’lim natijalarining qay tartibda baholanishi va qancha balga ega bo‘lishini oldindan bilishlari shart. Buni fan o‘qituvchisi fan bo‘yicha umumiy baholash jadvalini talabalarga etkazish chog‘ida aytib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayni vaqtda talabalar tomonidan tayyorlangan mustaqil ta’lim mavzularining natijalari baholanish jarayonida bir tomondan talabalarni rag‘batlantirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan talabalarga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil ta’limning amalga oshirilishida asosiy ishtirok etuvchilar - talabalardir. Mustaqil ta’limni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham talabalar bilimini boyitish va ularning kelgusida har tomonlama etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun zamin hozirlashdir. Shunday ekan, mustaqil ta’lim jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirish jarayonida har bir talaba o‘ziga topshirilgan mustaqil ta’lim mavzusini belgilangan tartibda o‘rganishi, tayyorlashi va bu jarayonda bevosita faol ishtirok etishi shartdir. Bu mustaqil ta’limni tashkil qilishdagi eng muhim omildir. Mustaqil ishlar natijalarini baholashda o‘qituvchiga quyidagi mezonlarni tavsiya etish mumkin:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling