Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-jadval. Ayrim bugʻdoy uni navlarining identifikatsiyalash koʻrsatkichlari


Download 1.82 Mb.
bet20/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

1-jadval.
Ayrim bugʻdoy uni navlarining identifikatsiyalash koʻrsatkichlari

Unning navi

Unning rangi

Kul miqdori

Miqdori, mg/%

kalsiy

fosfor

Pentozan-lar

Krupchatka

Oq yoki sargʻishga yaqin oq-sariq

0,5-0,6

10

100

1,6-1,8

Oliy

Oq yoki sargʻishga yaqin oq-sariq

0,4-0,55

10

70

1,4-1,7

1-nav

Oq yoki sargʻishga yaqin

0,55-0,74

30

200

1,7-2,2

2-nav

Sargʻishroq yoki kulrangroq oq

1,0-1,24

60

440

3,0-3,5

Chori un

Sargʻishroq yoki kulrangnamo tusli, don qobigʻining zarralari sezilarli darajada boʻlgan oq

1,6-2,0

70

950

6,0-8,0



2-jadval.
Javdar uni ayrim navlarining identifikatsiyalash koʻrsatkichlari

Unning navi

Unning rangi

Kul miqdori

Miqdori:

Kalsiy, %da kalsiy, mg/%da

kletchatka %

Pentozan-lar,
%

Elangan

Oq-sariq yoki kulrang tusli oq

0,65-0,75

40

0,3-0,4

4,0-4,5

Chori un

Don poʻsti zarralari sochilgan kulrang oq yoki kulrang oq-sariq

1,30-1,45

60

1,1-1,3

5,5-5,6

Chori un

Don poʻsti zarralari sochilgan kulrang

1,80-1,90

80

2,05-2,30

6,2-6,8

Uning miqdorini qalbakilashtirish (kam tortib berish) – bu tovar parametrlari (massasi) yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori normalardan ortiq darajada ancha farq qilishi hisobiga isteʼmolchini aldashdir. Bunday qalbakilashtirishni aniqlash ancha oson boʻlib, dastlabki massani ishonchli ogʻirlikni oʻlchash vositalarida tortib koʻrish kifoya. Unga doir axborotni qalbakilashtirish – bu isteʼmolchini tovar toʻgʻrisidagi noaniq yoki buzilgan axborot yordamida aldashdir. Qalbakilashtirishning bu turi tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda, tovarning tamgʻasida axborotni buzib koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Un toʻgʻrisidagi axborot sohtalashtirilganida quyidagi maʼlumotlar xiyla tez-tez buziladi yoki noaniq koʻrsatiladi:


- Tovarning nomi;
- Unning navi;
- Unning miqdori.
Unni identifikatsiyalash uning tashqi koʻrinishini – rangini aniqlashdan boshlanadi. Shundan keyin un tarkibidagi kulni va xom kleykovinaning miqdorini aniqlash (kleykovinani yuvish) amalga oshiriladi. Soʻngra nooziq-ovqat qoʻshimchalarning mavjudligi aniqlanadi.


Don
Donning haqiqiyligini ekspertiza qilganda quyidagi tadqiqot maqsadlari paydo boʻlishi mumkin:

  • Donning koʻrinishini identifikatsiyalash;

  • Donning turi va klassini identifikatsiyalash;

  • Donni qalbakilashtirish usullari va ularni aniqlash yoʻllari.

Donning koʻrinishini identifikatsiyalash maqsadida uning haqiqiyligini ekspertiza qilganda ekspert oʻzi uchun hal qilinadigan vazifalar doirasini hamda hozirgi vaqtda oʻziga maʼlum boʻlgan va oʻzi biladigan usullar mavjudligini aniqlab olishi kerak.
Hozirning oʻzida ayrim don turlarini identifikatsiyalash uchun foydalanilayotgan va ekspert shu maqsadga erishish uchun qoʻllashi mumkin boʻlgan vazifalar doirasini koʻrib chiqamiz.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling