Donni identifikatsiyalash. Bular maydalanmagan va oqlanmagan butun donlar yoki donli ekinlar jumlasiga kiradigan oʻsimliklarning dukkaklaridir. Odatda odamning ovqatlanishi uchun ishlatiladigan donli ekinlar jumlasiga quyidagi botanik oilalar: boshoqli gʻalla oʻsimliklari (bugʻdoy, javdar, suli, arpa, tariq, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori); grechixa; dukkaklilar (noʻxat, loviya, yasmiq, soya) kiradi.
Donlar oʻziga xos belgilarga: xilma-xil rangga, tashqi koʻrinishga va oʻlchamlarga ega boʻladi. Bunda u yoki bu don turi uchun oʻlchamlar oʻziga xos boʻlib, ular odatda 1000 ta donning oʻrtacha ogʻirligi bilan ifodalanadi, bu ogʻirlik: bugʻdoy uchun — 30 – 40 g; javdar uchun – 20 – 25g; arpa uchun – 35 – 45g; suli uchun – 20 – 30g; grechixa uchun – 18 – 20g; tariq uchun – 4 – 7g.
Donni turlari va klasslari boʻyicha identifikatsiyalash. Bugʻdoy botanik va biologik xususiyatlariga qarab quyidagi turlar va kichik turlarga boʻlinadi:
I tur — qizil donli bahori (yumshoq) bugʻdoy;
1-kichik tur — toʻqqizil shishasimon, shishasimonligi kamida 75%;
2-kichik tur — qizil shishasimon, shishasimonligi kamida 60%;
3-kichik tur — ochqizil yarim shishasimon, shishasimonligi kamida 40%;
4-kichik tur — sariq-qizil (olachipor) yarim shishasimon, shishasimonligi kamida 40%;
5-kichik tur — sariq serun, shishasimonligi 40%dan kam.
II tur — qattiq bahori bugʻdoy (durum);
1-kichik tur — toʻq qaxrabo rangli;
2-kichik tur — och qaxrabo rangli.
III tur — oq donli bahori (yumshoq) bugʻdoy;
1-kichik tur — oq donli shishasimon, shishasimonligi kamida 60%;
2-kichik tur — oq donli (shishasimonligi kamida 60%).
IV tur — qizil donli kuzgi (yumshoq) bugʻdoy, I tur bugʻdoyga oʻxshab 5 ta kichik turga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |