Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Turli hayvonlarning goʻshtini mushak toʻqimasining rangiga qarab bilib olish


Download 1.82 Mb.
bet39/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

1. Turli hayvonlarning goʻshtini mushak toʻqimasining rangiga qarab bilib olish. Yuqorida biz turli hayvonlarning yangi goʻshti garchi rangi boʻyicha bir-biridan ajralib tursa-da, lekin bu belgi ancha noaniqligini, shunday ekan, biron-bir qatʼiy xulosaga kelish uchun bu usulga asoslanib boʻlmasligini bilib oldik. Suvda qaynatilgan goʻshtning rangi ikki xil: oq va kulrang boʻladi. Albatta bu rang oʻzining tuslari boʻyicha oʻzgarib turadi, va garchi amaliyotda u farqlash uchun uncha katta ahamiyatga ega boʻlmasa-da, biroq har holda hayvonlar goʻshtini keskin ravishda ikki xilga: oq va kulrangga ajratish imkonini beradi.
Odatdagi oq rangni choʻchqalar, buzoqlar va baliq; shundan keyin parrandalarning koʻpgina turlari (tovuqlar, asosan – koʻkrak qismida) beradi.
Kulrang goʻshtni qoramol, otlar va boshqa hayvonlar beradi, yovvoyi qushlar ham bundan mustasno emas. Shunday qilib biz qaynatilgan goʻshtning rangi hayvonlarni guruhlarga (guruh boʻyicha belgi) ajratish imkonini berishini, lekin ayrim turdagi hayvonlarning goʻshtini bir-biridan ajratish imkonini aslo bermasligini koʻrib turibmiz.
2. Skelet va aʼzolarning xususiyatlariga qarab bilib olish. Shubhasiz, bu usul eng toʻgʻri natijalarni berishi mumkin. Unga turli xil hayvonlar suyaklari va aʼzolari qiyosiy-anatomik tuzilishining detallari oʻrtasidagi farq asos boʻladi. Bu farq baʼzan shu qadar yaqqol bilinib turadiki, uni asos qilib olinsa, goʻshtning kelib chiqishi masalasi tez va uzil-kesil hal qilinadi. Afsuski, ekspertga koʻzdan kechirish uchun hamma vaqt ham ichki aʼzolar taqdim etilavermaydi, shu sababli suyaklarni tekshirish bilan chegaralanishga toʻgʻri keladi. Tushunarliki, suyaklarni tekshirish hollarida goʻsht boʻlaklari qanchalik katta boʻlsa, ularda suyaklar qancha koʻp boʻlsa va bu suyaklar nimtani boʻlish vaqtida bolta bilan qanchalik kam maydalangan boʻlsa, natija shu qadar yaxshi boʻladi. Ammo hayotda koʻpincha nizoli masalani nisbatan mayda boʻlgan, butun suyaklari boʻlmagan, faqat suyak qismlarigina boʻlgan goʻsht boʻlaklariga qarab hal qilishga toʻgʻri keladigan hollar uchraydi. Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, bunday kesib olingan joylarga qarab ham faqat butun suyaklarni emas, hatto shubhali suyaklarning qismlarini, demak goʻshtning kelib chiqishini ham osongina aniqlash mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling