Tirik baliqning identifikatsiya belgilari. Tirik baliq hamma tiriklik belgilarini koʻrsatishi, orqasini yuqoriga qilib suzishi hamda oyquloq qopqoqlari normal ochilib-yopilishi, karaxt boʻlmasligi kerak.
Koʻllarda va boshqa xoʻjaliklarda yetishtirilgan tirik baliq ogʻirligi jihatidan standart normalariga mos boʻlishi kerak.
Tabiiy suv havzalaridan ovlangan tirik baliq standart normalariga mos boʻlishi kerak.
Karaxt baliq quyidagi alomatlarga ega boʻladi – suzmaydi yoki yonlamasiga, yo boʻlmasa chalqancha suzadi, oyquloq qopqoqlari onda-sonda ochilib-yopiladi, oʻlim talvasasida dum suzgichlari bilan uradi, usti shilimshiq bilan qoplanib, qoʻlga yopishadi.
Sovitilgan baliq barcha ovlanadigan yegulik baliq oilalarining vakillaridan tayyorlanadi, tanasining harorati -1 dan +5°C gacha boʻladi, maydalanmagan yoki maxsus texnologiya boʻyicha maydalangan boʻlishi mumkin.
Muzlatilgan baliq barcha ovlanadigan yegulik baliq oilalarining vakillaridan sunʼiy va tabiiy usullar bilan donalab yoki bloklab quruq muzlatish yoʻli bilan, maydalanmagan yoki maxsus texnologiya boʻyicha maydalangan holda tayyorlanadi. Bunda sunʼiy muzlatilganda baliq tanasidagi yoki blokdagi harorat -18°Cdan, tabiiy muzlatilganda -10°C dan va muz bilan tuz aralashtirib muzlatilganda -6°C dan yuqori boʻlmasligi kerak.
Muzlatilgan baliq muzli va muzsiz qilib tayyorlanadi. Muzning ogʻirligi muzli baliq yoki bloklar ogʻirligiga nisbatan 4%dan kam boʻlmasligi kerak.
Muzlatilgan baliq sifati boʻyicha ikki navga – birinchi va ikkinchi navlarga ajratiladi.
Ikkinchi nav muzlatilgan baliqning ajralib turuvchi xususiyatlari – usti xira tortganligi, oyqulogʻidagi achimsiq hid, baliq sirtidan oksidlangan yogʻ hidi kelib turishi, muzdan tushirilganidan keyin boʻshashgan, ammo shalviramagan, qontalashgan konsistensiya, bir dona baliqda 3ta tashqi buzilish alomatlari (teshiklar, kesilgan joylar, terining shilinganligi), baliqlarning koʻpi bilan 10%ida (hisobga koʻra) singan oyquloq qopqoqlari boʻlishi va hokazolar.
Haqiqiylikni ekspertiza qilish baliqni qalbakilashtirish usulini aniqlash maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda qalbakilashtirishning quyidagi usullari va yoʻllari boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |