Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Kolbasa ishlab chiqarish sanoatida qaysi xom ashyo anʼanaviy hisoblanadi?


Download 1.82 Mb.
bet45/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

39. Kolbasa ishlab chiqarish sanoatida qaysi xom ashyo anʼanaviy hisoblanadi?

  1. nitrit

  2. sut oqsili

  3. soya oqsili

  4. soyaizolyati

40. Buzoq goʻshti qanday shaklda ishlab chiqariladi?

  1. faqat muzlatgichda

  2. faqat sovutilgan holda

  3. faqat muzlatilgan

  4. faqat ozgina muzlatilgan

41. Umumiy ovqatlanish korxonalari va savdoga yetkazib beriladigan mol, qoʻzichoq va choʻchqa goʻshti qaysi ranglarda boʻlishi belgilangan?

  1. siyohrang

  2. qizil

  3. koʻk

  4. yashil

3.4. Baliq tovarlarini identifikatsiyalash va qalbakilashtirish





Oxirgi yillarda Oʻzbekistonda baliq tovarlarining assortimenti va ularni sotish hajmi ancha oshdi. Isteʼmolchi tomonidan doimiy talab mavjud boʻlib turgan baliq tovarlari bozorida uning har-xil turlari mavjud boʻlib, xaridor baʼzan ana shu xilma-xil mahsulotdan sifatlisini tanlab olishga qiynaladi. Agar avvallari oddiy isteʼmolchi baliq mahsulotlaridan faqat treska, xek, “ivasi” seldini va tomat sousidagi kilkani sotib olish imkoniga ega boʻlgan boʻlsa, hozir turli baliq tovarlarini tanlash imkoniyati ancha katta boʻlib, hamma narsani – osyotr baligʻidan tortib qizil va qora ikrani ham sotib olishi mumkin. Shu sababli hozir baliq tovarlarini sotuvchida baliqning assortimentini, sifatini, miqdorini qalbakilashtirish yoki oʻzi sotayotgan baliq hajmini oshirish vasvasasi paydo boʻladi.
Lososlar oilasining vakillari quyidagi identifikatsiya belgilariga ega:
1) tanasi choʻzinchoqrogʻ, seldning tanasiga oʻxshab ketadi, zich joylashgan tangachalar bilan qoplangan, boshida tangachalar yoʻq;
2) tanasi boʻylab biqin chizigʻi oʻtgan, och rangda yoki boʻyalgan;
3) boshi kichkina;
4) ogʻzi katta, qattiq suyaklar va oʻtkir tishlardan iborat;
5) ikkita orqa suzgichi bor: bittasi suyakli yoylardan, ikkinchisi esa yogʻ toʻqimalaridan iborat boʻlib, dum tomonidagi suzgich yaqinida joylshgan;
6) dum tomondagi suzgich boʻlinmagan, toʻgʻri yoki bir oz oʻyiqli boʻladi;
7) koʻkrak suzgichlari boshning tugash joyida, qorin suzgichlari esa deyarli orqa suzgichning qarshisida boʻladi;
8) juftlashish davrida erkaklari shaklini, tana rangini va ogʻiz suyaklarini oʻzgrtiradi.
Baliq tovarlariga suv, baliq oʻrnini bosuvchi sunʼiy mahsulotlar va shu kabilarni qoʻshish yoʻli bilan oʻzining realizatsiya hajmini yaratish yoki koʻpaytirish. Shu sababli Oʻzbekiston bozorlariga kelayotgan hamma turdagi baliq tovarlarining haqiqiyligini har tomonlama ekspertiza qilishda muammolar paydo boʻlmoqda.
Baliqning haqiqiyligini ekspertiza qilish vaqtida quyidagi tadqiqot maqsadlariga erishiladi:

Baliq turini identifikatsiyalash maqsadida uning haqiqiyligini ekspertiza qilganda ekspert oʻzi uchun bunda hal qilinadigan vazifalar doirasini va yoʻllarini aniqlab olishi hamda oʻz ixtiyorida ovlanadigan baliqlar atlaslariga ega boʻlishi kerak. Hozirgi vaqtda mazkur maqsadga erishish uchun ekspert oldida turishi mumkin boʻlgan vazifalar doirasini koʻrib chiqamiz.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling