3.5. Ichimliklarni (alkogolli va alkogolsiz) identifikatsiyalash va qalbakilashtirish
Oxirgi yillarda Oʻzbekistonda alkogolli ichimliklar, ayniqsa vino assortimenti va ularni ishlab chiqarish ancha koʻpaydi. Alkogolli mahsulot
bozorida yuzlab nomda aroq, achchiq nastoykalar, vinolar bor. Bu
bozor ishlab chiqaruvchiga ham, ushbu mahsulotlarni realizatsiya qiluvchiga ham juda katta daromad keltiradi, shu sababli alkogolli mahsulotni
realizatsiya qiluvchi ham, uni ishlab chiqaruvchi ham doimo alkogolli mahsulotlarni qalbakilashtirish yoki suv yo boʻlmasa arzonroq texnik spirt aralashtirish yoʻli bilan hajmini oshirishga qiziqadilar.
Bozorlarga kelayotgan alkogolli ichimliklarning, ayniqsa aroq va vinolarning haqiqiyligini har tomonlama ekspertiza qilish muammosi juda dolzarbdir. Mutaxassis boʻlmagan koʻpgina odamlar u yoki bu nazorat idoralarida alkogolli mahsulot sifati ustidan nazorat tizimini tashkil
etishga harakat qiladilar, lekin bu sohada yuqori malakali mutaxassislarning yoʻqligi ularning hamma harakatini ommaga yoqish maqsadidagi safsatabozlikka aylantirib qoʻyadi, xolos.
Alkogolli ichimliklarning haqiqiyligini ekspertiza qilganda quyidagi tadqiqot maqsadlariga erishish mumkin:
♦ alkogolli mahsulot turini identifikatsiyalash;
♦ qalbakilashtirish usullari va ularni aniqlash yoʻllari.
Alkogolli ichimlik turini identifikatsiyalash maqsadida haqiqiylikni ekspertiza qilgan vaqtda ekspert oʻzi uchun bunda hal qilinadigan vazifalar hamda oʻz ixtiyoridagi usullar doirasini belgilab olishi kerak. Muayyan maqsadga erishish uchun ekspert hal qilishi mumkin boʻlgan vazifalar doirasini koʻrib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: