3.6. Ovqatga ishlatiladigan yogʻlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish
Ovqatga ishlatiladigan yogʻlarni identifikatsiyalash. Ovqatga ishlatiladigan yogʻlar — tarkibida yogʻlar miqdori koʻpligi (40—99,7 %) bilan ajralib turadigan yuqori kaloriyali mahsulotlar.
Ana shu bir xil mahsulotlar guruhiga kiruvchi tovarlar tabiatiga qarab oʻsimlik moylari, hayvon yogʻlari, margarin mahsuloti va mayonezga boʻlinadi.
Har bir kichik guruh foydalanilgan xom ashyo turiga yoki bir necha turdagi xom ashyo aralashtirilganligiga qarab turlarga boʻlinadi. Turlarni kichik turlarga boʻlish,
qoida tariqasida, qanday texnologiya qoʻllanilganligiga qarab amalga oshiriladi. Masalan oʻsimlik moylarining turlari:
kungaboqar moyi,
zaytun moyi, makkajoʻxori moyi, soya moyi va shu kabilar tozalash usuliga qarab uchta kichik turga: oqlanmagan, gidratlangan va oqlangan moylarga ajraladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini va oziq-ovqat xom ashyosini sertifikatlashni amalga oshirish qoidalarida bir xil mahsulotning ayrim guruhlari uchun identifikatsiyalash koʻrsatkichlari nazarda tutilgan. Jadvalda sertifikatlash sinovlari uchun oʻsimlik moylarini va oʻsimlik moylarini qayta ishlash mahsulotlarini identifikatsiyalash vaqtida tasdiqlanishi kerak boʻlgan koʻrsatkichlar roʻyxati keltirilgan.
Jadval maʼlumotlaridan identifikatsiyaning asosiy koʻrsatkichlari organoleptik koʻrsatkichlar va oʻzgarish koʻrsatkichidan (oʻsimlik moylari uchun)
iborat ekanligi kelib chiqadi, qolgan koʻrsatkichlar faqat zarur boʻlganida aniqlanadi.
Turli kichik guruhlarga mansub ovqatga ishlatiladigan yogʻlar organoleptik va fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarga taʼsir etuvchi yogʻ-kislota tarkibi bilan jiddiy farqlanadi. Shu sababli mazkur kichik guruhlarga kiradigan mahsulot faqat shu kichik guruhlarning har biri uchun umumiy boʻlgan oʻziga xos belgilarga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: