Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti
Assortimentni qalbakilashtirishga
Download 1.82 Mb.
|
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- sifatini qalbakilash-tirish
- 7-jadval. Realizatsiya qilish taqiqlangan sifatsiz tuxumlarning identifikatsiya farqlari
- assortimentini qalbakilashtirish
Assortimentni qalbakilashtirishga saqlash muddati oʻtkazib yuborilgan yoki havo kamerasi 7 mm dan ortiq boʻlgan tovuq tuxumlarini realizatsiya qilish ham kiradi. 7 mm dan ortiq boʻlgan havo kamerasi tuxumlar ancha yuqori haroratda saqlanganida yoki quyosh nurlari taʼsirida paydo boʻladi.
Tuxumlarning yoki tuxum tovarlarining sifatini qalbakilash-tirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin: saqlash sharoitlarini buzish; begona qoʻshimchalarni kiritish; oshirilgan dozalarda antibiotiklar kiritish. Tuxumlar va tuxum tovarlarini saqlash sharoitlarini buzish ularning tarkibida sifat oʻzgarishlariga olib keladi. Notoʻgʻri saqlash vaqtida yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlar shakllanishi mumkin (7-jadvalga qarang). Bunday nuqsonlarga ega boʻlgan tuxumlar realizatsiya qilinmasligi kerak, basharti ular realizatsiya qilinsa, bu sifatni qalbakilashtirish boʻladi. 7-jadval. Realizatsiya qilish taqiqlangan sifatsiz tuxumlarning identifikatsiya farqlari
Goʻyo tuxumga hech qanday begona narsani kiritib boʻlmaydigandek, biroq chet eldagilarning quyidagilarni qilishga “aqli yetibdi”. Tuxum tugʻadigan tovuqlarning yemiga yoki suviga koʻp miqdorda antibiotiklar qoʻshiladi, natijada antibiotiklar tovuq organizmida toʻplanib, tuxumga ham oʻtadi. Buning natijasida tarkibida antibiotiklar koʻp boʻlgan tuxumlar mikroorganizmlar taʼsiriga kam uchraydi va uzoqroq saqlanadi. Tuxumlarni konservatsiyalashning bunday usuli past haroratda pasterizatsiyalash, deb ataladi. Ular uzoqroq saqlash muddatiga ega. Ammo ularni immun tizimi buzilgan bemorlar va bolalar isteʼmol qilishi mutlaqo mumkin emas. Muzlatilgan tuxum tovarlari ikki marta muzatilishi mumkin emas. Ikki marta muzlatilgan tuxum tovarlarini muzlatilgan mahsulot solingan idish markazida doʻnglik yoʻqligiga qarab bilib olish mumkin. Tuxumlarni miqdor jihatidan qalbakilashtirish (tarozidan urish, hisobdan urish) – bu tuxumlar parametrlari (ularning ogʻirligi) yoki soni ancha farq qilishi hisobiga isteʼmolchini aldashdir. Masalan, oʻn dona 1-toifali tovuq tuxumining netto ogʻirligi 560 gramm emas, balki kam boʻlsa, sizga 1-toifali tuxumlar bilan birga 2-toifali tuxumlar ham berilgan boʻladi. Bunday qalbakilashtirishni aniqlash ancha oson boʻlib, oʻn dona tuxumning netto ogʻirligini oldindan ishonchli oʻlchov asboblari bilan oʻlchash va shu tariqa sizni aldamaganliklariga ishonch hosil qilish mumkin. Tuxumlar va tuxum tovarlari haqidagi axborotni qalbakilashtirish – bu isteʼmolchini tovar haqidagi noaniq yoki buzilgan axborot yordamida aldashdir. Qalbakilashtirishning bu turi tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda, bosiladigan tamgʻada va reklamada axborotni buzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tuxum va tuxum tovarlari toʻgʻrisidagi axborot sohtalashtirilganida koʻpchilik hollarda quyidagi maʼlumotlar buziladi yoki noaniq koʻrsatiladi: tuxumning toifasi; tovarni ishlab chiqargan firma; tovarning miqdori; qoʻshilgan oziq qoʻshimchalar — antibiotiklar. Agar qarshingizda 1 oydan ortiq muddat davomida saqlangan va idishida antibiotik qoʻshimchalar qoʻshilganligi koʻrsatilmagan tovuq tuxumlari turgan boʻlsa, bu navbatdagi sohtalashtirilgan mahsulot boʻladi. Axborotni qalbakilashtirishga sifat sertifikatini, bojxona hujjatlarini, shtrix kodni, tuxum tugʻilgan sanani va boshqalarni qalbakilashtirish ham kiradi. Tuxumlarning assortimentini qalbakilashtirish parhez tuxumni roʻzgʻor tuxumiga almashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi, shu bilan birga tuxum xilini bunday oʻzgartirish tuxumlarni subyektiv sabablarga koʻra ham (aldash), saqlash muddatlariga rioya etilmasligi tufayli obyektiv sabablarga koʻra ham yuz berishi mumkin. Tovuq tuqqan kundan boshlab uzogʻi bilan 7 sutka saqlangan tuxum parhez tuxum hisoblanadi. 7 sutkadan keyin parhez tuxum boshqa toifaga – roʻzgʻor tuxumlari tofasiga oʻtkazilib, narxi tegishlicha oʻzgartirilishi va bu haqdagi axborot isteʼmolchiga yetkazilishi kerak. Hozirgi savdo amaliyotida quyidagilar kamdan-kam qilinadi. Tuxumlar qayta tamgʻalanmaydi, narxi pasaytirilmaydi, narxnomalar esa oʻzgartirilmaydi. Bunda sohtalashtiruvchilar uchun xatar uncha katta emas. Ular faqat majburiy talabni – axborotning haqiqiyligi talabini buzganlik uchun ozroq jarimaga tortilishi mumkin. Tuxum kukuni boʻyoqlar yordamida sariq rangga boʻyalgan kraxmal, un, boʻr, gipsga qisman yoki batamom almashtirish orqali sohtalashtirilishi mumkin. Qalbakilishtirishni yod-kraxmal namuna (kraxmal, un) hamda kislota yordamida (boʻr, gips) aniqlash mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling