Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Parhez tovuq tuxumlarining identifikatsiya belgilari


Download 1.82 Mb.
bet68/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Parhez tovuq tuxumlarining identifikatsiya belgilari:
1) tuxum poʻchogʻiga yuvsa ketmaydigan qizil boʻyoq bilan tovuq tuxumni tuqqan sana yozilgan boʻladi;
2) havo kamerasi tuxumning toʻmtoq uchida joylashadi va balandligi koʻpi bilan 4 mm boʻladi;
3) zich oqsil tuxumning koʻpchilik qismini tashkil etadi va yaxlit boʻladi;
4) tuxumning sarigʻi markazda joylashgan, pardasi qattiq, egiluvchan boʻladi;
5) poʻchoq ustidagi poʻstloq poʻchoqning yuzasini jilosiz qiladi;
6) poʻchoqda yakkam-dukkam nuqtalar yoki kirlangan joylar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ovqatga ishlatiladigan tovuq tuxumlarining identifikatsiya belgilari:
1) tuxumlar poʻchogʻiga tamgʻa bosilmagan yoki koʻk boʻyoq bilan tovuq tuxumni tuqqan sana yozib qoʻyilgan boʻladi;
2) havo kamerasi tuxumlarning toʻmtoq uchida ham, yon tomonida ham joylashgan boʻlib, balandligi oddiy tuxumlar uchun koʻpi bilan 7 mm va sovutgichlarda saqlangan tuxumlar uchun koʻpi bilan 9 mm boʻlishi mumkin;
3) zich oqsil boʻladi, ammo u ayrim qismlardan tashkil topgan boʻlishi mumkin;
4) tuxum sarigʻi markazda joylashgan yoki bir oz siljigan boʻladi, tuxum sarigʻini oʻrab turgan parda kuchsiz boʻlib, tuxum sarigʻi quyib olinayotganida yorilib ketishi mumkin;
5) poʻchoq ustidagi poʻstloq boʻlmasligi yoki qatlam-qatlam boʻlib, koʻchib ketishi mumkin;
6) poʻchoqda umumiy yuzasi koʻpi bilan 1/8 kattalikda boʻlgan dogʻlar, nuqtalar yoki kir joylar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tuxumni saqlash muddati koʻp boʻlmaganligidan, muzlatilgan yoki quritilgan tuxum tovarlari ham ishlab chiqariladi.
Quyidagi muzlatilgan tuxum tovarlari ishlab chiqariladi:

  • melanj – tuxumlardagi tabiiy nisbati boʻyicha tuxumning oqi va sarigʻining muzlatilgan aralashmasi;

  • tuxumning oqi – tuxumning muzlatilgan oqsil massasi;

  • tuxumning sarigʻi – tuxumning muzlatilgan sariq massasi.

Quyidagi quritilgan tuxum kukunlari ishlab chiqariladi:

  • tuxum kukuni – tovuq tuxumlari oqi va sarigʻining tabiiy nisbatdagi quritilgan aralashmasi;

  • quruq tuxum oqi – tuxumning quritilgan oqsil qismi;

  • quruq tuxum sarigʻi – quritilgan tuxum sarigʻi;

  • quruq quymoq – tuxum oqi va sarigʻining hamda pasterizatsiya qilingan qaymogʻi olinmagan yoki yogʻsizlantirilgan sutning aralashmasi (1:1 nisbatda).

Haqiqiylikni ekspertiza qilish tuxumlarni va tuxum tovarlarini qalbakilashtirish usulini aniqlash maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin. Tuxum parranda tuqqan natural mahsulot ekanligiga qaramay, uni qalbakilashtirishning quyidagi usullari va turlari boʻlishi mumkin.
Tuxumlar va tuxum tovarlarining assortimentini qalbakilashtirish navlarni aralashtirish va bir xil tuxum tovarlarini boshqasi bilan almashtirish hisobiga yuz berishi mumkin.
Tovuq tuxumlarining navlarini aralashtirish keng tarqalgan boʻlib, koʻpincha ovqatga ishlatiladigan tuxumlar parhez tuxumlar sifatida sotiladi. Realizatsiya qilish muddati (koʻpi bilan 7 sutka) oʻtkazib yuborilgan, ovqatga ishlatiladigan tuxum sifatida realizatsiya qilinishi kerak boʻlgan parhez tuxumlarni sotish kabi qalbakilashtirish ham keng tarqalgan.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling