Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Download 1.82 Mb.
bet70/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Kvalimetrik qalbakilashtirish — oliy toifali tuxumlarni past toifali tuxumlarga almashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi, bu esa tuxum sarigʻining holatini, havo kamerasini va boshqa koʻrsatkichlarni organoleptik baholash vaqtida (jadvalga qarang) maʼlum boʻldi. Shuningdek bunday qalbakilashtirish ogʻirlikni oʻzgartirish yoʻli bilan ham amalga oshirildi.
Toifani baholashning asosiy mezoni boʻlib tuxumlarning massasi xizmat qilganligidan, qalbakilashtirishning bu turi ayni bir vaqtning oʻzida miqdorni qalbakilashtirish ham boʻladi.
Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlarga ega boʻlgan tuxumlarni realizatsiyaga chiqarish ham kvalimetrik qalbakilashtirishga kiradi. Koʻrsatib oʻtilgan nuqsonlar poʻchoq, tuxum sarigʻi va tuxum oqining holatini koʻzdan kechirgan vaqtda ham maʼlum boʻladi.
Axborotni qalbakilashtirish tamgʻaga yoki narxnomalarga tuxumlarning turi va toifasi haqida notoʻgʻri axborot yozilganida, yo boʻlmasa, tuxumlar 7 sutka yoki undan ortiq saqlanganidan keyin qayta tamgʻalanmaganida vujudga keladi. Tuxumning turi va toifasi toʻgʻrisidagi axborotni toʻgʻri yozish, tuxumni qayta tamgʻalash esa tuxumning turini oʻzgartirib, parhez tuxumni roʻzgʻor tuxumiga aylantirishga yoki tuxumning narxini pasaytirishga olib keladi.
Masalan, parhez tuxumlarda ularning turi (P), toifasi va saralash sanasi (oy va kun), roʻzgʻor tuxumlarida esa faqat turi (R) va toifasi koʻrsatiladi. Biroq, meʼyoriy hujjatlarda tuxumlar poʻchogʻidagi tamgʻalarni oʻzgartirish yoki oʻchirish, shuningdek narxnomalarga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish talabi nazarda tutilmagan boʻlib, bu hol assortimentni qalbakilashtirishga, kvalimetrik qalbakilashtirishga va axborotni qalbakilashtirishga asos boʻladi.
Test savollari:



1. Parhez tuxumlarining yaroqlilik muddati

  1. 7 kundan oshmasligi kerak

  2. 12 kun

  3. 14 kundan oshmasligi kerak

  4. 25 kundan oshmasligi kerak


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling